1 Elеktr tоkining mаgnit tа’siri tоk qаysi muhitlаrdаn o‘tgаndа kuzаtilаdi?
Download 413.97 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liqFizika oraliq savollari
Fizika oraliq mazorat 1)Elеktr tоkining mаgnit tа’siri tоk qаysi muhitlаrdаn o‘tgаndа kuzаtilаdi? A)istalgan muhitdan 2)Tok kuchi 0,8 A bo‘lganda g‘altakda yuzaga kelgan magnit oqimi 240 mWb ga teng. G‘altak induktivligi nimaga teng (h)? A)0.3 3)G‘altakka kiritilgan ferromagnit o‘zagi qanday vazifani bajaradi? A)magnit maydonni kuchaytiradi; 4)Agar solenoidga temir o’zak kiritilsa, undagi magnit maydon kuchlanganligi va induksiyasi qanday o’zgaradi? (temir – ferromagnit). A) o'zgarmaydi, ortadi, 5)Magnit induksiy chiziqlari qanday chiziqlar ko'rinishda bo'ladi. A) Magnit induksiya chiziqlari uni hosil qiluvch tokli o'tkazgich shaklidan qatiy nazar berk chiziqlardir 6)Doimiy magnitlarda magnit maydon qanday hosil bo'ladi. A) Amper gepotezasiga asosan modda ichidagi aylanma toklar yuzaga keltiradi 7)Magnit maydon induksiya vektorining yunalishi qanday topiladi. A) o'ng vint qoidasi opqali 8) G‘altakdagi o‘ramlar soni 4 marta ortsa, undagi induksion EYuK qanday o‘zgaradi? A) 4 marta ortadi; 9) Kоnturdаn о‘tаyotgаn mаgnit оqimi 0,3 s dаvоmidа 15 dаn 12 Wb gаchа tеkis kаmаygаn bo‘lsа, kоnturdа hоsil bo‘lgаn induksiya ЕYuKni toping (V). A) 10 10) Mаgnit mаydоn induksiya chiziqlаrigа tik yo‘nаlishdа elеktrоn vа prоtоn uchib kirmоqdа. Prоtonning mаssаsi elеktrоnning mаssаsidаn 1800 mаrtа kаttа. Zаrrаlаrning qаysi birigа tа’sir ko‘rsаtgаn lоrеns kuchi kаttа bo‘lаdi? A) ikkalasiga bir xil 11) Lоrеns kuchi hаrаkаtdаgi zаryadli zаrrаning tеzligini qаndаy o‘zgаrtirаdi? A) Tеzlik yo‘nаlishini o‘zgаrtirаdi. 12) Ideal tebranish konturida kondensator sig‘imini 9 marta kamaytirilsa, konturning tebranish chastotasi qanday o‘zgaradi? A) 3 marta ortadi 13) Rezistor, induktiv g‘altak va sig‘im ketma-ket ulangan zanjirning to‘la qarshiligi rezonans davrida qanday bo‘ladi? A) aktiv qarshilikka teng bo‘ladi; 14) Amper kuchini yo'nalishi qanday topiladi? A) Agar chap qo’l kaftiga magnit induksiya vektori kiradigan qilib, to’rttala barmoqni tokning yo’nalishi bilan mos tushadigan qilib joylashtirilsa, bosh barmog’imiz Amper kuchining yo’nalishini ko’rsatadi 15) Magnit maydon induksiyasi 4 marta oshirilganda magnit maydonda harakatlanayotganda protonga ta`sir etuvchi kuch o`zgarmay qolishi uchun protonning tezligi qanday bo`lishi kerak? A) 4marta kamayadi 16) Manfiy zaryatga ega bo`lgan zarra magnit maydonda tinch holatda turibdi. shu zaryatga maydon tomonidan ta`sir etayotgan kuch yo`nalishi qanday bo`ladi ? A) Kuch ta`sir etmaydi 17) Tokli berk kontur bir jinsli magnit maydonda o`zini qanday tutadi? A) Massa markazidan o`tuvchi o`q atrofida buriladi 18) Bir jinsli magnit maydonga induksiya chiziqlariga parallel yo`nalishda uchib kirgan zaryadlangan zarrachaning traektoriyasi qanday chiziq? A) To`g`ri chiziq 19) Induksiya chiziqlari 90 va 0 dan farqli burchak ostida tezlik bilan bir jinsli magnit maydon ga kirgan zaryadli zarra qanday harakat qiladi ? A) Vintsimon 20) Magnit maydoniga kiritilgan diamagnit magnit maydonga qanday ta’sir ko’rsatadi? A) Magnit maydonni susaytiradi 21) Paramagnitiklarga misol keltiring A) Alyuminiy ,xrom, marganes ,kislorod 22) Tokli berk kontur bir jinsli magnit maydonda o`zini qanday tutadi? A) Massa markazidan o`tuvchi o`q atrofida buriladi 23) G’altakdan 2 A tok o’tganda uning magnit maydon energiyasi 40 mJ ga teng bo’lsa, g’altak induktivligi nimaga teng?[mH] A) 20 24) Magnit maydoniga kiritilgan diamagnit magnit maydonga qanday ta’sir ko’rsatadi? A) Magnit maydonni susaytiradi 25) Radiusi 4 sm bo’lgan halqa induksiyasi 0.5 T bo’lgan bir jinsli magnit maydon induksiya ciziqlariga tik joylashtirilgan.Halqadan o’tayotgan magnit oqimi qanday? A) 2,5 mWb 26) Magnit maydonida harakatlanuvchi zaryadli zarrachalarga ta’sir etuvchi kuch qanday kuch? A) Lorens kuchi 27) Xoll effekti nima A) Magnit maydoniga joylashtirilgan yaxlit tokli o’tkazgichda magnit induksiyasi va tok zichligi vektoriga perpendikulyar yo’nalishda potensiallar ayirmasi vujudga kelishi 28) Vakuumda magnit Induksiya vektorining sirkulyatsiyasi deb nimaga aytiladi? A) Magnit induksiya vektorining kontur elementiga proyeksiyasini shu kontur bo’yicha olingan algebraik yig’indisidan iborat kattaligiga 29) Moddalar magnit singdiruvchanlik katta-kichikligi va ishorasiga qarab turlarining nomlar keltirilgan javobni belgilang A) paramagnitiklar,diamagnitiklar,ferromagnitiklar 30) Elektr tebranishlari deb nimaga aytiladi A) Elektr kattaliklari, zaryad miqdori, tok kuchi, kuchlanish shuningdek elektr va magnit maydon energiyasining vaqt o’tishi bilan davriy o’zgarishidan iborat jarayon elektr tebranishlari deb yuritiladi. 31) O`ng parma qoidasi ta`rifi A) Parma dastasining aylanma harakati magnit induksiya yo`nalishi bilan mos tushsa parma uchining ilgarilanma harakat yo`nalishi tokning yo`nalishini ko`rsatadi 32) Tokli konturning magnit xossalarini xarakterlovchi va uni tashqi maydonda o`zini qanday tutishini belgilovchi kattalikka nima deyiladi? A) Konturning magnit momenti 33) Magnit maydonni zaiflashtiruvchi moddalarga nima deyiladi? A) diamagnit moddalar 34) Magnit maydonni juda ham kuchaytirib yuboradigan moddalarga nima deyiladi? A) ferromagnit moddalar 35) diamagnit moddalarning magnit momenti tashqi maydon bo`lmasa nimaga teng bo`ladi? A) nolga 36) suv,oltin,kumush moddalari qaysi moddalarga kiradi? A) diamagnit moddalar 37) alyuminiy,qalay,volfram moddalari qaysi moddalarga kiradi? A) paramagnit moddalar 38) elektromagnitt induksiya jarayonida yuzaga keluvchi induksion tokning yo`nalishi qaysi qoida asosida aniqlanadi? A) Lens 39) Induktivlik nimalarga bog`liq A) konturning geometrik shakli, o`lchamilari va unga kiritilgan moddalaning magnit singdiruvchanligiga 40) reaktiv qarshiliklar deb nimaga aytiladi? A) o'garuvchan tok zanjiriga ulangan kondensator va g`altak qarshiligiga 41) Magnitning janubiy qutbi berk konturga yaqinlashtirilsa berk kontur magnitdan nima qiladi? A) qochadi 42) Magnit shimoliy qutbi o‘tkazgich xalqaga kiritilayotganda, halqa magnitga ortiladimi, itariladimi? A) itarshadi 43) Holl effektida hosil boladigan potensiallar farqi qanday shaklda hosil bo'ladi. A) magnit induksiya vektori kuch chiziqlariga va tok zichligi yo'nalishiga perpendikulyar ravishda 44) Holl effektida hosil bo'ladigan potensiallar ayirmasi formulasini toping A) 45) Siljish toki deb nimaga aytiladi? A) toklar singari , o’zgaruvchan elektr maydoni o’zgaruvchan magnit maydoni hosil qilishi 46) magnitlanish vektori deb nimaga aytiladi A) Modda ichida mikroskopik toklar hosil qilgan birlik hajimdagi magnit momentlarining algebraik yig'indisiga teng bo'lgan kattalikka 47) Magnit induksiya vektorining oqimi uchun Gauus teoremasi ta'rifi qanday A) istalgan yopiq sirt orqali magnit induksiya vektorining oqimi nolga teng bo'ladi 48) Elektrodinamikaning I-asosiy qonuni ifodasini ko’rsating? A) 49) Elektrodinamikaning II-asosiy qonuni ifodasini ko’rsating? A) 50) Siljish toki zichligining ifodasini ko’rsating A) 51) So`nuvchi elektr tebranishlarining differensial tenglamasini ko’rsating A) 52) G’altakning o’lchamlari uning induktivligi 4 marta ortadigan qilib o’zgartirildi. G’altakdan o’tayotgan tok 2 marta kamaytirildi. G’altakning magnit maydon energiyasi qanday o’zgardi? A) o'zgarmaydi 53) Magnitlanish vektori ifodasini ko’rsating. A) 54) O'zinduksiya hodisasini ta'rifini keltiring A) istalgan konturda oqayotgan tok shu konturni kesib utuvchi magnit oqimini yuzaga keltiradfi, agar tok o'zgarsa magnit oqimi ham o'zgaradi va induksion elektr yrituvchi kuch hosil bo;lishuiga o'zinduksiya hodisasi deyiladi 55) Lorens kuchi nima uchun ish bajarmaydi A) Lorens kuchi zaryad tezligi vektorini faqat yo'nalishini o'zgartirib, modulini o'zgartirmaydi. 56) Zaryadlangan zarraning magnit maydondagi aylanish davri zarraning tezligi 4 marta oshsa qanday o'zgaradi. A) o'zgarmaydi 57) O'zgaruvchan tok zanjiriga aktiv qarshilik qarshilik ulanganda tok kuchi va kuchlanish orasidagi fazalar nimaga teng bo'ladi A) 0 ga teng 58) O'zgaruvchan tok zanjiriga sigim qarshilik qarshilik ulanganda tok kuchi va kuchlanish orasidagi fazalar nimaga teng bo'ladi A) 90 0 ga teng 59) O'zgaruvchan tok zanjiriga induktiv qarshilik qarshilik ulanganda tok kuchi va kuchlanish orasidagi fazalar nimaga teng bo'ladi A) 90 0 ga teng 60) So'nishning logorimimik dekrementi deb nimaga aytiladi. A) Tebranishlar amplitudasi e marta kamaygunch ketgan vaqt davomida tebranishlar soniga teskari bo'lgan kattalikka aytiladi 61) Elektr tebranish konturininmg asilligi deb nimaga aytiladi. A) So'nishning logorifimik dekrementiga teskari bo'lgan kattalikka 62) Maksvellning ikkinchi tenglamasini ta'rifini keltiring A) o’zgaruvchan magnit maydoni fazoning ixtiyoriy nuqtasida siljish toki va u bilan bog’liq uyurmali elektr maydon vujudga kelishini ko’rsatadi 63) Maksvellning birinchi tenglamasini ta'rifini keltiring A) Nafaqat elektr zaryadi, balki o’zgaruvchan magnit maydoni ham elektr maydonining manbai bo’la oladi. 64) Maksvellning uchunchi tenglamasini ta'rifini keltiring A) Elektr induksiya (siljish) vektorining har qanday berk sirt orqali oqimi, shu sirt ichidagi zaryad miqdorlarining algebraik yig’indisiga teng. 65) Maksvellning to'rtinchi tenglamasini ta'rifini keltiring A) Har qanday berk sirt orqali o’tgan magnit induksiya vektorining oqimi nolga teng. 66) Elektr tebranish konturi uchun energiyaning saqlanish qonunini formulasini ko'rsatingi. A) 67) Majburiy elektr tebranishlar deb nimaga aytiladi. A) Davriy ta’sir etuvchi kuch tufayli vujudga keladigan tebranishlar majburiy tebranishlar deyiladi. 68) Magnitlanish vektori deb nimaga aytiladi. A) Magnitlanish vektori deb moddaning hajm birligidagi magnit momentlarining algebraik yig’indisi son jihatidan teng kattalikka aytiladi: 69) Magnitlanish vektori formulasini ko'rsating A) 70) Diamagnit moddalarning magnit kirituvchanligi (x) va magnit sindiruvchanligi (µ) qanday bo'ladii: A) x<0, µ≤1 71) Paramagnitl moddalarning magnit kirituvchanligi (x) va magnit sindiruvchanligi (µ) qanday bo'ladii: A) x> 0, µ≥1 72) Ferromagnit moddalarning magnit kirituvchanligi (x) va magnit sindiruvchanligi (µ) qanday bo'ladii: A) x>0, µ>>1 73) Induktivlik yoki o'zinduksiya koeffitsenti deb nimaga aytiladi. A) Berk konturda tok kuchi 1 sekundda 1 A ga o’zgarganda kontur uchlarida hosil bo'ladigan induksiya E.Yu.K.ga teng bo'lgan kattalikka kontur induktivligi deb ataladi.. 74) O'zaroinduksiya deb nimaga aytiladi. A) Yonma-yon turgan konturlarning birida tok kuchining o’zgarishi, ikkinchisida induksiya E.Yu.K.-ni vujudga keltirishi o’zaro induksiya hodisasi deb yuritiladi. 75) Magnit maydon energiyasimimg zichligi ifodasini ko'rsating A) 76) Gisterezis hodisasi deb nimaga aytiladi. A) Ferromagnitlarning magnitlanish vektori magnit maydon kuchlanganligiga bog’liq holda o’zgarib, magnitlanish vektori dastlab maydon kuchlanganligiga proporsional ravishda chiziqli ortadi va to’yinish darajasiga erishadi, so’ng qoldiq magnitlanishga ega bo’lib Gisterezis halqasini tashkil qiladi. 77) So`nuvch tebranishlarning so`nishning logarifmik dekrementi formulasini ko'rsatingi. A) 78) Bir jinsli magnit maydon induksiya chiziqlariga parallel yoʼnalishda uchib kirgan zaryadlangan zarracha qanday traektoriya boʼylab harakatlanishini aniqlang. A) toʼgʼri chiziq boʼylab 79) Zaryadlangan zarrachaning tezligi 9 marta ortsa, uning siklotrondagi aylanma harakatining aylanish davri necha marta oʼzgaradi? A) 9 marta kamayadi 80) Zaryadlangan zarrachaning tezligi 9 marta ortsa, uning siklotrondagi aylanma harakatining aylanish davri necha marta oʼzgaradi? A) 10 81) Magnit induksiya chizikdariga tik ravishda magnit maydonga uchib kiradigan protonni tezlatuvchi potensiallar farki 4 marta oshiripsa proton traektoriyasining radiusi necha marta oʼzgaradi? A) 2 marta ortadi 82) Agar bir jinsli magnit maydonga uchib kiruvchi protonni tezlatuvchi potensiallar farqi 9 marta oshirilsa, proton maydonda harakatlanadigan aylananing radiusi qanday oʼzgaradi? A) 3 marta ortadi 83) Ideal tebranish konturidagi kondensatorda elektr maydonning maksimal energiyasi 10 J bo’isa, konturdagi elektromagnit tebranishlar energiyasi vaqt o’tishi bilan qanday o’zgaradi? A) O'zgarmaydi 10 J ga teng bo'ladi. 84) Induktivligi 2 H bo‘lgan g‘altakning magnit maydon energiyasi 100 J bo‘lsa, g‘altakdan o‘tayotgan tok kuchini aniqlang (A). A) 10 85) Elektron va proton bir jinsli magnit maydonga, kuch chiziqlariga perpendikulyar ravishda, bir xil tezlik bilan uchib kirsa… A) ularga modullari teng, yo‘nalishlari qarama – qarshi bo‘lgan kuchlar ta’sir etadi 86) O’zgaruvchan tok generatorining aylanish tezligini ikki marta kamaytirib. juft qutblar soni ikki marta orttirilsa, tokning chastotasi qanday o’zgarishini toping. A) O'zgarmaydi 87) Mangnit induksiya vektori 1 Tl bo'lgan magnit maydon energiyasi zichligini toping A) 4*10 5 J/m 3 88) Radiusi R bo'lgan simli halqa induksiyasi vaqtga proporsional B=ktqonun bo'yicha o'zgaruvchi magnit maydonga joylashgan. Magnit maydon induksiya chiziqlari halqa tekisligiga perpendikulyar. Halqadagi elektr maydon kuchlanganligi aniqlansin A) kR 89) Bio-Savar-Laplas qonunini ta'rifini keltiring. A) Har qanday tokli o’tkazgich magnit maydonining ixtiyoriy nuqtasidagi magnit induksiyasi, tok kuchi va tok elementi uzunligi, tok elementi bilan kuzatish yo’nalishi orasidagi burchak sinusiga to’g’ri proporsional bo’lib, radius – vektor kvadratiga esa teskari proporsionaldir. 90) Lorens kuchi nima uchun ish bajarmaydi. A) Lorens kuchi hamma vaqt zarrachaning tezlik vektoriga perpendikulyar bo'lib, faqat zaryad tezligi vektorini yo'nalishini o'zgartirib, modulini o'zgartirmaydi, shuning uchun zaryadli zarracha kinetik energiyasi ham o'zgarmaydi. 91) Magnit maydon induksiya vektori sirkulyatsiyasi A) Magnit maydon induksiya vektori ixtiyoriy berk kontur bo'yicha sirkulyatsiyasi shu kontur o'rab olgan toklarning algebiraik yig'indisini magnit doimiysiga ko;payitmasiga teng bo'ladi. 92) Magnit maydon kuchlanganlik vektori sirkulyatsiyasi A) Istalgan berk kontur bo'yicha magnit maydon kuchlanganlik vektori sirkulyatsiyasi shu kontur o'rab olgan toklarning algebiraik yig'indisiga teng bo'ladi. 93) Lens qoidasini ta'rifini keltiring. A) berk konturda hosil boʻluvchi induksion tok oʻzining magnit maydoni bilan uni hosil qiluvchi magnit maydon oqimining oʻzgarishiga qarshilik koʻrsatadi. 94) Magnit maydoni induksiyasi vektoriga 45º burchak ostida kirib kelgan protonning harakat trayektoriyasi qanday bo‘ladi. Maydon bir jinsli. A) vintsimon 95) .Vaqtga bog‘liq bo‘lmagan magnit maydoni zaryadlangan zarralarning tezligini qanday o‘zgartirishini aniqlang. A) o‘zgartirmaydi 96) Elektr tebranishlari deb nimaga aytiladi A) Elektr kattaliklari, zaryad miqdori, tok kuchi, kuchlanish shuningdek elektr va magnit maydon energiyasining vaqt o’tishi bilan davriy o’zgarishidan iborat jarayon elektr tebranishlari deb yuritiladi. 97) O`ng parma qoidasi ta`rifi A) Parma dastasining aylanma harakati magnit induksiya yo`nalishi bilan mos tushsa parma uchining ilgarilanma harakat yo`nalishi tokning yo`nalishini ko`rsatadi 98) Tokli konturning magnit xossalarini xarakterlovchi va uni tashqi maydonda o`zini qanday tutishini belgilovchi kattalikka nima deyiladi? A) Konturning magnit momenti 99) Induktivlik nimalarga bog`liq A) konturning geometrik shakli, o`lchamilari va unga kiritilgan moddalaning magnit singdiruvchanligiga 100) Agar solenoidga temir o’zak kiritilsa, undagi magnit maydon kuchlanganligi va induksiyasi qanday o’zgaradi? (temir – ferromagnit). A) o'zgarmaydi, ortadi, 101) Magnit induksiy chiziqlari qanday chiziqlar ko'rinishda bo'ladi. A) Magnit induksiya chiziqlari uni hosil qiluvch tokli o'tkazgich shaklidan qatiy nazar berk chiziqlardir 102) Doimiy magnitlarda magnit maydon qanday hosil bo'ladi. A) Amper gepotezasiga asosan modda ichidagi aylanma toklar yuzaga keltiradi 103) Magnit maydon induksiya vektorining yo'nalishi qanday topiladi. A) o'ng vint qoidasi opqali 104) R radiusli aylanma tokli o'tkazgich markazidan unga perpendikulyar ravishda o'tgan o'qda, markazdan a masofadagi magnit maydon Induksiya vektori ifodasini toping A) 105) Fuko toklari deb nimaga aytiladi. A) Yxlit massiv o'tkazgichlar magnit maydonida harakatlanganda hosil bo'ladigan induksion toklarga Fuko toklari dieyiladi. 106) Magnit maydon induksiya chiziqlariga a'lfa burchak ostida uchib kirgan zaryadli zarrachaning vint qadami uzunligini topish formulasini toping A) 107) Maksvell gipotezasini ma'nosi nimadan iborat. A) Maksvell o’zgaruvchan magnit maydoni fazoning ixtiyoriy nuqtasida moddaning bor yoki yo’qligidan qat`iy nazar uyurmali elektr maydoni hosil qiladi degan gipotezani ilgari surdi 108) Siljish toki deb nimaga aytiladi. A) Toklar singari o'zgaruvchan elektr maydon magnit maydonni hosil qilioshiga siljish toki deyiladi 109) Magnit maydonning ixtiyoriy no'tasidagi magnit induksiya vektori deb nimaga aytiladi A) Magnit maydonini biror no'qtasidagi magnit maydon induksiyasi vektori shu no'qtada hosil bo'lgan kuch momentini magnit momentiga nisbatiga teng bo'lgan kattalikka aytiladii: 110) 1. Magnit maydonining asosiy xossalari to'g'ri ko'rsatilgan javobni yoping 2 3 2 2 2 0 ) ( 2 Download 413.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling