1. Elektr tokning inson organizmiga ta’siri


Download 97.51 Kb.
bet1/9
Sana03.12.2023
Hajmi97.51 Kb.
#1801409
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1. Elektr tokning inson organizmiga ta’siri


ELEKTR BILAN BAJARILADIGAN TAJRIBALARDA XAVFSIZLIK TEXNIKASI VA FAVQULODDA KO`RILADIGAN CHORA-TADBIRLAR
Reja:


1. Elektr tokning inson organizmiga ta’siri.
2. Ellektr tokidan saqlanish.
3. Statik elektrdan saqlanish choralari.
4. Bino va inshootlarni yashindan himoyalash.
5. Korxonalarida elektr kurilmalarini ishlatishda rioya qilinadigan xavfsizlik yo’llarining asosiy koidalari hamda talablari.
6. Elektr kurilmalarida qo’llaniladigan himoya vositalari.


Elektr tokning inson organizmiga ta’siri.
Elektr toki organizm orqali o’tganda issiklik, elektrolitik va biologik ta’sir ko’rsatadi.
Issiklik ta’siri badanning ayrim joylarining kuyishi, kon tomirlari, asab va boshka to’qimalarning kizishi bilan xarakterlanadi.
Elektrolitik ta’sir konning va boshka organiq suyukliklarning ko’rinishiga va ularning fizik-ximik tarkibining buzilishiga olib keladi.
Elektr tokidan olingan jaroxatlarini shartli ravishda maxaliy va umumiy turlarga bo’lish mumkin. Umumiy to’rini odatda tok urishi deyiladi. Maxaliy turlari organizmining ma’lum qismini elektr toki yoki elektr yoyi ta’sirida shikastlanishidir.
Elektr tokidan kuyish balandan tok o’tganda hamda elektr yoyi ta’sirida bo’lishi mumkin. Birinchi xolatda jaroxat nisbatan yengil o’tadi. Bunda terining kizarishi, pufakchalar paydo bo’lishi kuzatiladi. Elektr yoyi ta’sirida bo’lgan kuyish odatda ancha ogir xarakterga ega bo’ladi.
Elektroftalmiya-elektr yoyidan chiqadigan kuchli ultrabinafsha nurlar okimining kuzga ta’siri natijasida tashki pardasining yallaglanishdir. Odatda kasallik bir necha kun davom etadi. Kuzning muguz pardasi jaroxatlaganda davolash murakkablashadi va uzoq davom etadi.
Tokining biologik ta’siri organizmining tirik to’qimalari yalliglanishi va asabiylash ishida namoyon bo’ladi. Bunda mushaklar, shu jumladan, yurak va upka mushaklari ixtiyorsiz ravishda tortishib koladi. Natijada organizmda xar xil buzilishlar ruy berishi, masalan, nafas olish va kon aylanish organlarining ishi buzilishi yoki xatto batamom tuxtab kolishi mumkin.
Elektr toki ta’sirining bu turlari shikastlanishning ikki to’rini keltirib chiqaradi: elektr toki shikastlanishi va elektr toki urishi.
Elektr toki shikastlanishi - bu, elektr toki yoyi ta’sir etishi natijasida organizmining ayrim joylaridagi to’qimalarning yakkol shikastlanishiir. Elektr toki shikastlanishning kuyidagi turlari bilan farklanadi: elektr tokidan kuyish, elektr izlari, terining metallanishi va mexaniq shikastlanishlar.
Elektr izlari tok ta’sir etgan odamning tanasi sirtida aniq ko’rinib turadigan kulrang yoki och sarik rangdagi doglardir. Izlar, tirnalishlar, kichik jaroxatlar, kesiklar yoki latlar ko’rinishida bo’ladi. Terining shikastlangan qismi kadok singari kattiklashib koladi. Terining metallanishi - elektr yoyi ta’sirida erigan metall mayda zarralari terining ustki katlamiga kirib kolishidir.
Bu xodisa, masalan, kiska to’tashuvlarda, kuchlanish ostida bo’lgan ajratgich va rubilniklarni tarmokdan uzayotganda ruy beradi.
Mexaniq shikastlanishlar odam orqali o’tayotgan tok ta’sirida mushaklarning ixtiyorsiz ravishda keskin tortishib kolishi okibatida yuz beradi. Natijada teri, kon tomirlari va asab to’qimalari uzilishi, shuningdek, buginlar chiqishi va xatto suyaklar sinishi mumkin.
Elektr toki o’rinishi deganda, organizm orqali elektr toki o’tganida tirik to’qimalarning asabiylashishi natijasida mushaklarning ixtiyorsiz ravishda tortishib kolishi tushiniladi.
Odam organizmiga elektr tokining ta’siri kanday okibatlarga olib kelishiga karab, elektr toki o’rinishi shartli ravishda kuyidagi turt darajaga ajratish mumkin:
I daraja - odamning mushaklari tortishib koladi, ammo u xushidan ketmaydi;
II daraja - odamning mushaklari tortishib koladi, u xushidan ketadi, lekin u nafas oladi a yuragi ishlaydi;
III daraja - odamning mushaklari tortishib, yuragining ishlashi yoki nafas olishi buziladi (yoki ikkalovi barvar ruy beradi);
IV daraja - klinik ulim yuz beradi, ya’ni nafas olish va kon aylanishi tuxtaydi.
Klinik (o’tkinchi) ulim xayot bilan ulim urtasidagi xolat bulib, yurak va upka ishlashdan tuxtagan paytdan boshlanadi. Klinik ulim xolatida bo’lgan odamda xech kanday belgilari bo’lmaydi: u nafas olmaydi, yuragi ishlamayli, ogrikni sezmaydi, kuz korachigi kengayadi va yorug’likni sezmaydi. Ammo bu davrda organizmda xayot xali bo’tunlay sunmagan bo’ladi, chunki uning to’qimalari darrov ulmaydi va turli a’zolar xali ishlab turadi. Garchi bu jarayon endi juda sust, odatdagi ravishda kechsa-da, ammo eng kichik xayot faoliyati uchun yetarli bo’ladi.
Birinchi navbatda kislorod yetishmasligiga juda sezgir bo’lgan bosh miya kobigining xujayralari ula boshlaydi. Ong va taffakur ana shu xujjayralarning faoliyatiga boglik. Shu sababli klinik ulimning davom etish vaqti yurakning ishlashi va nafas olish tuxtagan paytdan to bosh miya xujayralari ula boshlaydigan paytga kadar o’tadigan vaqt bilan aniqlanadi. Kup xollarda bu vaqt 4-6 mino’t, soglom kishilarda tosodifan elektr toki urishi natijasida ulganda esa 7-8 mino’tni tashkil etadi.
Biologik (xakikiy) ulim kaytarib bo’lmaydigan xodisa bulib,bunda organizm xujayralari va to’qimalarida biologik jarayonlar tuxtaydi.

Download 97.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling