31. Odam vertikal joylashgan yassi ko'zgu tekisligidan 3 m uzoqlashsa, u bilan uning tasviri orasidagi masofa qanday o'zgaradi?
6 m kattalashadi.
32. Fotonning tinch holatdagi massasi nimaga teng?
nolga.
33. Yorug'likning to'lqin uzunligi 2 marta oshsa, uning fotoni energiyasi qanday o'zgaradi? 2 marta kamayadi.
34. v chastotali fotonning impulsi qanday?
hv/c.
35. Fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasi nimani bildiradi?
energiyaning saqlanishi
36. Yorug'lik intensivligi kvant nazariyasi bo'yicha nimaga bog'liq?
fotonlar soniga va energiyasiga
37. Fotoelement bu ... asbobdir.
yorug'lik energiyasini elektr energiyaga aylantiruvchi.
38. Fotoeffekt hodisasida fotoelektronlar kinetik energiyasining eng katta qiymati nimaga bog'liq?
chiqish ishi va yorug'lik chastotasiga.
39. Rezerford tajribasida alfa-zarralar nima bilan ta’sirlashuv natijasida sochiladilar?
yadroning elektrostatik maydoni bilan.
40. Atom E2 energiyali holatdan E1 energiyali holatga o'tganida nurlagan fotonining energiyasi qanday bo'ladi?
E2-E1.
41. Radioaktiv yemirilish natijasida yadro qanday o'zgaradi?
boshqa yadroga aylanadi yoki energiyasi kamayadi.
42. Alfa-zarrachaning massasi nimaga teng?
2 ta proton va 2 ta neytron massasiga.
43. Izotoplar deb nimaga aytiladi?
protonlar soni bir xil, neytronlar soni har xil bo'lgan yadrolarga.
44. Yarim yemirilish davri 1 yil bo'lgan radioaktiv moddaning to'rtdan uch qismi necha yilda yemiriladi?
2
45. Atom yadrosi qanday zarralardan tashkil topgan?
neytron va protonlardan.
46. Atom yadrosida 30 ta proton, 37 ta neytron bor. Yadro nechta elementar zaryadga ega?
30.
47. Erkin proton va neytronlardan atom yadrosi hosil bo‘Iish jarayonida energiya ajraladimi yoki yutiladimi?
ajraladi.
48. Quyidagi zarrachalarning qaysi biri yadroga oson kira oladi va yadro reaksiyasini yuzaga chiqaradi?
neytron.
49. Mexanik tebranishlar kvanti nima deb ataladi?
fonon
50. Agar radioaktiv izotop yadrosidan pozitron ajralib chiqsa, uning tartib raqami qanday o’zgaradi?
bittaga kamayadi
Do'stlaringiz bilan baham: |