1- ma’ruza: Asosiy issiqlik energiya manbalari, yoqilg’ilarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Yoqilg’ilarni kelib chiqishi. Reja
Download 0.86 Mb.
|
1-mavzuga
1- Ma’ruza: Asosiy issiqlik energiya manbalari, yoqilg’ilarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Yoqilg’ilarni kelib chiqishi.REJA:
So’nggi yillarda issiqlik manbai sifatida atom ichki yadro energiyasidan keng foydalanilmoqda. Bu yerda issiqlik ajralib chiqishi og’ir elementlarning ba’zi izotoplari yadrosining parchalanish reaksiyasi natijasida vujudga keladi. Masalan: issiqlik energiya tabiiy U235 uran, Pu239 plutoniy va U232 uranning sun’iy izotoplaridan olinadi. U235, Pu239, U232 yadroli yoqilg’ilar deb aytiladi. Termoyadro reaksiyasi natijasida yuqorida keltirilgan izotoplarni yadrosi parchalanadi va ajralib chiqqan issiqlik energiyasi oddiy yoqilg’ining yonishidan ajralib chiqadigan energiyasidan bir necha baravar ko’p bo’ladi. Masalan: 1 kg yadroli yoqilg’ining parchalanishidan taxminan 80 milliyard kJ issiqlik energiyasi ajralib chiqsa, 1 kg yuqori sifatli toshko’mirning yonishidan atigi 30 ming kJ issiqlik ajralib chiqadi. Parchalanib ketadigan yadroli moddalarning umumiy zahirasi tabiiy qazilma organik yoqilg’idan bir necha baravar ko’pdir. Termoyadro reaksiyasi natijasida yoki yengil atom yadrolari sintezida juda ko’p miqdorda energiya ajralib chiqadi. Shunday sintez uchun eng qulay materiallardan biri bu suvda uchraydigan deyteriy - vodorodning tabiiy izotopidir. 1 kg tabiiy suvdan ajralib chiqadigan deyteriy yadrosini termoyadro reaksiyasining sintezida 1 kg neftni yoqilishidan ajralib chiqadigan issiqlikdan bir necha barobar ko’p energiya hosil bo’ladi. Boshqaruv termoyadro reaksiyalari murakkab ilmiy-texnik muammosi bo’lib turibdi, bu muammoni yechish uchun dunyodagi barcha olimlar qator izlanishlar olib bormoqdalar. Bu muammoning yechilishi tugamas miqdorda energiyani olishga olib keladi va xom ashyo energiya manbalari hech qachon tugab qolmaydi. Turli energetik manbalariga qaramasdan hozirgi paytda asosiy issiqlik manbai bo’lib tabiiy organik qazilma yoqilg’ilar hisoblanadi. Yoqilg’ining yerdagi zaxirasi juda ham katta. Zamonaviy energetika barcha yoqilg’i turlarini kazib olish xajmiga ko’ra - dunyo industriyasining eng ko’p materiallarni jalb qiladigan soxalaridan hisoblanadi. 1995 yilda qazib olingan va foydalangan tijorat yoqilg’i turlarining umumiy miqdori 12 mlrd.t. shartli yoqilg’ini (sh.yo.) tashkil etdi va uning hajmi 1950 yilga nisbatan taxminan 5 baravar oshdi. Ko’mir va neftning umumiy fizikaviy og’irligi 8 mlrd.t. ga yetdi.
Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling