Lyuminessensiya


Download 408.77 Kb.
bet1/9
Sana18.06.2023
Hajmi408.77 Kb.
#1586345
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Eshmamatova Umida



REJA
Kirish.
Lyuminessensiya hodisasi
Lyuminessensiyaning ta’rifi va davom etish vaqtining mezoni
Lyuminessensiyaning turlari va qo’llanilishi
Biolyuminessensiya
Molekulalarning fluoressensiyasi
Suyuqlik va qattiq jismlarning fotolyuminessensiyasi
Fotolyuminessensiyaning davom etish vaqti
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Yerda yorug’likning asosiy manbalari kuchli cho’g’langan jismlardir. Yorug’likning bunday manbalari issiq manbalar deyiladi. Ammo yorug’likning issiq manbalaridan tashqari ,sovuq manbalari ham bor, ularda energiyaning boshqa turlari (masalan, kimyoviy energiya ) yorug’lik energiyasiga aylanadi.
Sovuq yorug’lik beruvchi xilma-xil hodisalar lyuminessensiya deb ataladi. Lyuminessensiya – lotincha Lyumen, ya’ni yorug’lik so’zidan olingan. Lyuminessensiyani vujudga keltiruvchi sabablar ham turli tumandir.
Hasharotlarning (masalan ,yaltiroq qurtlar),daraxt chirindilari, chiriyotgan go’sht va hakazolarning shu’lalanishi odamzotga qadimdan ma’lum , bu hodisalar sovuq holda shu’lalanishning misoli bo’la oladi. Bu yerda shu’lalanish kimyoviy prosesslar natijasida,asosan,oksidlanish natijasida paydo bo’ladi.
Kurs ishining maqsadi:
-Men o’z kurs ishimda Lyuminessensiya haqida tushuncha berishni va ularning turlari hamda qanday qo’llanilishini o’rganishni o’z oldimga maqsad qilib qo’yaman.
Kurs ishining vazifasi:
-Lyuminessensiya haqidagi bilimlarimni rivojlantirish, mustahkamlash.
Lyuminessensiya hodisasi
Agar uran nitratining sariq kristallaridan ozrog’ini sandonga qo’yib, qorong’u joyda bolg’acha bilan ursak, urilganda chiroyli yashil tusda chaqnashini ko’ramiz. Bunda kristallning sovuq holda yorug’lik chiqarishiga mexanik ta’sir sabab bo’ladi. Kristallning bolg’acha urilganda atrofga sachrab ketgan parchalari yana bir oz vaqt nur sochib turadi, bu narsa lyuminessensiya xodisasiga juda xarakterlidir.
Bu hol oldin juda sirli bo’lib tuyulgan. Hozirgi zamon fanigina bunday yorug’lanishning sababini yechib berdi. U lyuminessensiya deb ataladigan hodisaga bog’liq. Lyuminessent ko’p bo’lmagan lyuminessensiya markazlari- atomlar , molekulalar yoki ionlardan chiqadi. Tashqi sabablar ta’sirida ular uyg’ongan holatga o’tadilar ,so’ngra uyg’ongan markaz pastroq energiya sathiga o’tishida lyuminessent nurlanish kvantini chiqaradilar (1-rasm) .

1-rasm
Lyuminessensiyaning hosil bo’lishi. Yorug’lik manbai fotoni kristallning lyuminessensiya markazini uning yutish polosasi-sathlar bilan zich to’lgan interval sathlaridan biriga o’tkazadi. 10−8 s vaqt ichida lyuminessensiya markazi AA sathga o’tib ,energiyani kristall panjaraga beradi. Asosiy holat sathi VV ga o’tishda bu sathdan kvant chiqadi. Lyuminessensiya yuz beradigan moddalar lyuminor moddalar deb ataladi. Lyuminessensiya markazi uyg'ongan holatdan pastroq energiya sathiga o'tishida o'rtacha sarflanadigan vaqt lyumionessensiya jarayonining asosiy xarakteristikalaridan biri hisoblanadi. Lyuminessent nurlanish to’xtatilgandan keyin,agar u tez ,taxminan sekundiga sekendning o’n milliondan bir ulushi da so’nsa ,lyuminessensiyaning bunday xili fluoressensiya deb ataladi. 10−8s –uyg’ongan atomning o’ziga xos yashash davridir.


Agar tashqi elektron qobiqning sathlari uyg’ongan bo’lsa, odatda ,atom asosiy holatga o’tgunga qadar shuncha vaqt uyg’ongan holatda bo’ladi.

Download 408.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling