Lyuminessensiya


Download 408.77 Kb.
bet6/9
Sana18.06.2023
Hajmi408.77 Kb.
#1586345
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Eshmamatova Umida

Molekulalarning fluoressensiyasi
Biz yuqorida atomlarning yorug'lik ta'sirida uyg’onishini ko’rib o’tgan edik. Bu holda kuzatiladigan rezonans yorug’lanish fotolyuminessensiuyaning sodda ,lekin nazariy jihatdan aniq izohlanadigan shaklidir. Shunga o’xshash xodisa molekulalarning
yoritganda ham kuzatilib ,molekulaning energetik sathlari sistemasining juda murakkab bo’lganligi natijasida kuzatilgan nurlanish ham juda murakkab ko’rinishga ega bo’ladi. Masalan Vud I2 molekulalaridan tashkil topgan yod bug’larini simob lampaning monoxramatik nurlanish bilan yoritib ,to’lqin uzunliklari taxminan 2 A° qadar farq qiladigan ko’p ayrim chiziqlardan ,aniqrog’I chiziqlar juftlaridan iborat juda murakkab spektr chiqishini ko’rgan. Bu juftlar qoidaga muvofiq to’plamni tashkil qilib, bu juftlar orasidagi masofalar to’lqin uzunliklarining bir necha o’n angstremga teng farqiga tog’ri keladi. Shunday hosil qilingan struktura polosali spektrga xos bo’lgan polosalar sistemasiga juda o’xshaydi, bunda bir polosa ikkita chiziqdan tashkil topadi. Shunisi qiziq-ki boshqa to’lqin uzunlikka ega bo’lgan. Monoxramatik yorug’lik bilan yoritganda yuqorida aytilgandek murakkab spektr hosil bo’ldi, lekin bu spektrning hamma to’lqin uzunliklari bir oz o’zgargan edi. Agar monoxramatik nurlanish bilan emas, balki spektrning kengroq soxasi bilan yoritilsa ,chiqarish spektri yanada murakkabroq bo’ladi. Kuzatilgan faktlarning butun murakkab to’plami polosali spektr nazariyasi nuqtai nazaridan-muxokama qilinganda juda ravshan talqin etildi.

6-rasm.
Rasmning pastidagi gruppa molekulaning birinchi elektron xolatiga mos keladi va molekulaning turli tebranish xolatlariga to’g’ri keladigan hamda V”= 0, 1, 2, … raqamlar bilan berilgan sathlar qatoridan iborat bo’ladi , shunday sathlarning xar biri yonida turli aylanma xolatlarga to’g’ri keladigan bir necha sathlar ko’rsatilgan. Sathlarning yuqori gruppasi elektron konfigurasiya o’zgargan molekulaga taaluqli.


Ayrim sathlarning soni shunchalik ko’pki , pastdagi gruppadagi sathlarning biridan yuqori gruppadagi sathlarga o’tish prosseslari turli-tuman bo’lishi mumkin. Bu esa yodning molekulasi turli yorug’lik kvantlarini, ya’ni turli chastotali monoxramatik

yorug’likni yutishi mumkinligini bildiradi. Boshqa so’z bilan aytganda ,bunday molekulaning absorbsiya spektrida chiziqlar juda ko’p bo’ladi. Bunday absorbsiyaning ikki xoli 6-rasmda pastdan yuqoriga yo’nalgan strelkalar sifatida ko’rsatilgan. Strelkalarning uzunligi yutilgan hV energiyasini ifodalaydi. Shu usulda uyg’otilgan molekula pastki holatlardan biriga mos kvantlar chiqarib ,o’sha xolatga qaytishi mumkin(chizma bu hol yuqoridan pastga qarab yo’nalgan strelkalar bilan ko’rsatilgan). Har bir molekulada ko’rsatilgan o’tishlardan biri yuz beradi. Yoritilgan bug’larning yaxlit buluti shunday o’tishlarning to’plamini beradi, ya’ni chiziqlarning butun bir sistemasini nurlantiradi. Bir –biriga yaqin turgan chiziqlarning har bir jufti qandaydir ikkita aylanma holatga o’tishga mos bo’ladi. Ayrim juftlar turli tebranma holatlarga o’tishga mos bo’ladi. Har bir polosa faqat ikki aylanma holatga o’tishga mos chiziqdan tashkil bo’lishi ,ya’ni xayolga kelgan barcha o’tishlarning amalga oshmasligi kvant qonunlaridan kelib chiqqan va murakkab atom xaqida molekulalarning nurlanish prosesslarida doimo bajariladigan tanlash qoidalari yordamida izohlanadi.


Shunday qilib monoxramatik yorug’lik tomonidan uyg’otilgan molekulaning
birinchi qarashda serxasham bo’lib ko’ringan spektri aniq talqin etildi va molekulalar sathlarning sxemasini tuzishda qo’llanilishi mumkin. Hozirgi vaqtda molekulalarning fluoressensiya hodisasi ko’pchilik ikki atomli molekulalar uchun o’rganilgan va molekulyar spektrlarning umumiy nazaryasiga moslashtirilgan. Ko’p atomli molekulalarning fluoressensiya spektrlarini tekshirish shu molekulalarning tuzilishini tushunishda yordam beradi, lekin bu spektrlar juda murakkab bo’lib ,ularni tushuntirish juda qiyin bo’ladi.

Download 408.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling