Lyuminessensiya
Download 408.77 Kb.
|
Eshmamatova Umida
Lyuminessensiyaning ta’rifi va davom etish vaqtining mezoni
Lyuminessensiyaning davom etish vaqtini ko’rsatuvchi t vaqtining qiymatlari xilma-xil (t ≈ 10−9 𝑑𝑎𝑛 t ≈ 106 𝑠 𝑔𝑎𝑐ℎ𝑎) bo’lishiga qaramay bu vaqtning qiymati lyuminessensiyaning barcha prosesslari uchun nurlanayotgan molekulaning xususiy tebranishlari davridan ancha katta ekanligi xosdir. S.I. Vavilov bu holga alohida e’tibor berib ,davom etish vaqtining shu mezoni lyuminessensiyaning yorug’lanishning boshqa turlaridan ajratish imkoniyatini beradigan yagona xarakterli mezon ekanligini ko’rsatdi. Biz issiqlik nurlanishini Kirxgof qonuniga bo’ysunuvchi muvozanatli nurlanish sifatida ta’riflagan edik. Shu bilan biz issiqlik nurlanishini yoruglanishning muvozanatda bo’lmaydigan boshqa turlaridan farq qilgan edik. Biroq taynli bir temperaturada intensivligi issiqlik nurlanishidan katta bo’lishi mumkin bo’lgan muvozanatda bo’lmagan yorug’lanishlar qatorida har xil turlar uchraydi. Shular qatoriga lyuminessensiya ham kiradi ,albatta lekin sochilgan yorug’lik ham qaytgan yorug’lik ham issiqlik nurlanishidan xuddi shunday farq qiladi. Lekin yorug’lanishlarning lyuminessensiyadan boshqa turlarining hammasini majburiy yorug’lik tebranishlari sifatida xarakterlash mumkin. Bu tebranishlar majbur etuvchi yorug’lanish mavjud vaqtda davom etadi va amalda majbur etuvchi yorug’lik tebranishlarining davri bilan bir o'lchamli bo'lgan vaqt davomida , ya'ni taxminan t = 10−14 s davomida yo’qoladi. Lyuminessensiyaning so’ng nurlanish vaqti juda katta bo’ladi. Shunga mos ravishda Vavilov lyuminessensiyani temperaturali nurlanishdan ortiqcha nurlanish deb ta’riflashni va bunday ortiqcha nurlanishning davom etish vaqti yorug’lik tebranishlarining davridan ancha katta bo’lish sharti bajarilishi kerakligini taklif qildi. Bu ta’rif lyuminessensiyani yorug’lanishning boshqa turlaridan bir ma’noli ajratadi va yorug’lanishning lyuminessent xarakterini tajribada katta ishonch bilan aniqlash imkoniyatini beradi. Buning uchun yorug’lanish vaqtini murakkab usullar bilan aniqlash talab qilinmaydi. Bu vaqtning juda qisqa emas ekanligiga ishonch xosil qilish yetarlidir. Buning uchun esa faraz qilinayotgan lyuminessensiyani mos so’ndirgich yordamida so’ndirishga doir tajriba o’tkazish kifoya. Yorug’lanish so’nishi uchun uyg’ongan holatning davom etish vaqti so’ndirgich molekulalari bilan bo’ladigan to’qnashishlar o’rtasidagi o’rtacha vaqtdan katta bo’lishi kerak. Uyg’ongan molekulalar va so’ndirgich moddaning konsentrasiyasi juda kam bo’lmaganda bu vaqt 10−11 -10−12 s dank am emas. Shuning uchun lyumiessent bo’lmagan ,ya’ni juda tez tugaydigan (t<10−14s) yorug’lanishlar so’nishga ulgurmaydi. Vavilovning o’zi bu mezon yordamida bir necha muhim hollarda yorug’lanishning lyuminessent yoki lyuminessent emasligi xaqidagi masalani hal qilishga muvaffaq bo’ldi. Download 408.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling