1- ma’ruza: Asosiy issiqlik energiya manbalari, yoqilg’ilarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati. Yoqilg’ilarni kelib chiqishi. Reja
Download 0.86 Mb.
|
1-mavzuga
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olinishiga ko’ra yoqilg’ining tasnifi
- DARS TUGADI! SAVOLLAR BO’LSA MARHAMAT
Olinishiga ko’ra yoqilg’ining tasnifi Energetik yoqilg’i sifatida ko’p miqdorda antratsit, tosh ko’mir va qo’ng’ir ko’mirlar, yonuvchi slanestlar, tabiiy gaz hamda neftni qayta ishlashdan qolgan mahsulot - mazutdan foydalaniladi. So‘ngi yillarda yoqilg’i energiyasidan texnologik foydalanishning kompleks usuli keng ko’lamda qo’llanib kelmoqda, unga ko’ra, yoqilg’i dastlab, texnologik ishlanib, kimyo sanoati uchun xom ashyo sifatida, qimmatbaho moddalari olish maqsadida ishlov beriladi, ishlangan maxsulotdan qolgan qoldik esa energetikaviy yoqilg’i sifatida foydalaniladi. Misol uchun chala kokslash jarayoni, yonuvchi slanesning qayta ishlashini keltirish mumkin. Yoqilg’i qizdirilishiga ko’ra ular issiqlikga chidamli va chidamsizligiga bo’linadi. Issiqlikka chidamli yoqilg’ilar qizdirilganda o’zining kimyoviy tarkibini o’zgartirmaydi. Bunday yoqilg’ilarga koks, benzin, kerosin va boshqalar kiradi. Issiqlikka chidamsiz yoqilg’ilar qizdirilganda yangi birikmalarni hosil qilinishi bilan parchalanadi. Bunday yoqilg’ilarga o’tinlar, torf, qo’ng’ir va tosh ko’mirlar, yonuvchi slanestlar va antrasitlar kiradi. Tiklanishiga ko’ra qayta tiklanadigan o’simliklardan hosil bo’lgan yoqilg‘ilar (o’tinlar, torf) va qayta tiklanmaydigan (qazilma ko’mirlar, neft va tabiiy tazlar) kiradi. Undan tashqari, qattiq yoqilg’ilar ba’zi bir xossalariga peosan: uchuvchap moddalarish chiqishi, koks qoldiginish tavsif- lari, vamchiq miqdori, kul chiqishi ga va boshqa xossalariga ko’ra tasnifdanadi. Bunday yoqilg’ilarning shartli tasniflanishi yoqilg’ilarning xossalari keng oraliqda o’zgarishi bilan tushuntiriladi. Misol uchun bitta shaxtadan olingan yoqilg’i xususiyati xar xil bo’lish mumkin. DARS TUGADI! SAVOLLAR BO’LSA MARHAMATDownload 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling