1. Elektron hukumat tarifi. Elektron hukumatni amaliyotga tadbiq qilish yo’llari


Reinjiniring ob’yekti muxitini taxlil qilish bosqichi


Download 43.46 Kb.
bet6/10
Sana11.02.2023
Hajmi43.46 Kb.
#1189123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Reinjiniring ob’yekti muxitini taxlil qilish bosqichi
Davlat va xo’jalik boshqaruv organi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining ichki buruqlari bilan tashkil tilgan ishchi guruxi tasdiqlagan rejaga muvofiq o’z faoliyatini muammoli ob’yektning bevosita o’rganishdan boshlaydi. Muammoli ob’yekt faoliyatini o’rganish quyidagi 3 ta soxada amalga oshiriladi:
Ochiq manbaalarni o’rganish;
Ichki muxitini o’rganish;
Tashqi muxitini o’rganish.
1) Ochiq manbaalarni o’rganish jarayoni tashkilot faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlari, tashkiliy-tuzilmasi, shtat jadvali, funksiya va xizmatlarining umumiy ro’yxati, xizmat vazifalari taqsimoti, asosiy va yuklatilgan vazifalari bo’yicha oylik, chorak va yillik ko’rsatgichlari, faoliyati bo’yicha chorak va yillik hisobotlari bo’yicha taxlil ishlarini amalga oshiriladi. Tashkilot faoliyatining huquqiy ta’minoti darajasini o’rganish jarayonida me’yoriy-huquqiy xujjatlar vertikali bo’yicha hukumat darajasidagi birlamchi xujjatlardan tortib toki xar bir xodimning lavozim yo’riqnomasi va xizmat vaifalari taqsimotigacha bo’lgan barcha huquqiy hujjatlarning o’zaro bog’liqligi, uyg’unligi, yuqori turuvchi xujjatga mantiqan va mazmunan mosligi, amalga oshirilayotgan islohotlarning yangi tartib va shartlari asosida kiritilgan o’zgartirish va qo’shimchalarni o’zida aks ettirishi singari jixatlariga aloxida e’tibor qaratiladi. SHuningdek, xronologik tahlil asosida me’yoriy-huquqiy aktlar va hujjatlarga 1990 yildan boshlab xozirgi kunga qadar kiritilgan qo’shimcha o’zgartirishlar mazmunidan kelib chiquvchi tendensiya va motivatsiyalarning yo’nalish va maqsadlari, oqibat va natijalarga bog’langan holda, o’rganiladi va aniqlanadi. Ushbu tadbir yakuni axborot taxliliy ma’lumotnoma tayyorlashdan iborat bo’ladi (5-jadval).
2) Ichki muxitini o’rganish tashkilotning barcha tuzilmaviy bo’limlari zimmasidagi vazifalar bilan bog’liq funksional va operatsional jarayonlarning joriy tartibini o’rganish maqsadida amalga oshiriladi. Bunda kuzatuv, inter’v’yu, ijtimoiy so’rov, modellashtirish, tizimli taxlil usullaridan foydalaniladi. Ushbu bosqichda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida yig’ilgan ma’lumotlar bo’yicha taxliliy ishlar amalga oshiriladi va tadbir yakunida axborot taxliliy ma’lumotnoma tayyorlanadi.
3) Tashqi muxitni o’rganishning birinchi yo’nalishi Tashkilot zimmasidagi funksiya va vazifalarini bajarish jarayonlarida xamkorlik qiladigan bo’linma, bo’lim, boshqarma, departament, tuzilmaviy korxona yoki boshqa vazirlik-idoralar bilan o’zaro faoliyati munosabatlarini o’rganishni nazarda tutadi. Bunda o’zaro munosabat doiralarini, tartiblarini, jarayonlarini, normativ-huquqiy ta’minotini bevosita va bilvosita o’rganib chiqish mumkin.
Tashqi muxitni o’rganishning ikkinchi yo’nalishi tashkilotning zimmasidagi funksiyalar, xizmatlar va maxsulotlari iste’molchilarining qanoatlanish darajasini aniqlashtirishga qaratiladi. Iste’molchi jismoniy shaxs, yuridik shaxs, davlat yoki nodavlat organlari ham bo’lishi mumkin. Istemolchilarning tashkilot faoliyatiga beradigan baxosi belgilab olingan me’zonlar asosida shakllantiriladi. Bunday mezonlar sirasiga tashkilot funksiyalarini bajarilishining me’yoriy tartiblari, muddatlari, narxlari, axborot ta’minoti, servis darajasi, davlat xizmatchilarining malaka darajasi singari me’zonlarni kiritish mumkin.
Tashqi muxitni o’rganishning uchinchi yo’nalishi sifatida tashkilotning “Elektron hukumat” tizimi mexanizmlari rivojlangan xorijiy davlatlardagi turdosh tashkilotlarining faoliyatini o’rganish maqsadga muvofiq. SHu bilan birga, tegishli soxadagi ekspertlar, ilmiy xamjamiyatlar vakillarining ilmiy tadqiqotlari xulosalarini, ham o’rganib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Umuman olganda, davlat va xo’jalik boshqaruv organlari, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyati ma’muriy va opratsional jarayonlarini davriy ravishda monitoring qilib borish mexanizmi sifatida barcha vazirlik-idoralarda tashkilotning strategik rejalashtirish xamda reja-iqtisodiyot bo’limi xamda yuridik xizmatlari raxbarlari bilan bir qatorda tegishli soxaga mutaxassislar yetishtirib beruvchi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi tarkibidagi institut va universitetlar, shuningdek Fanlar akademiyasi xamda tegishli tuzilmaviy ilmiy-tadqiqot institutlari va oliy-ta’lim muassasalari vakillaridan iborat doimiy faoliyat yurituvchi amaliy tadqiqot ishchi guruxini tuzib qo’yish maqsadga muvofiqdir.

Download 43.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling