1. Elektron hukumat tarifi. Elektron hukumatni amaliyotga tadbiq qilish yo’llari
Reinjiniring ob’yekti joriy faoliyatini taxlil qilish bosqichi
Download 43.46 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Forma-1_BPR”
Reinjiniring ob’yekti joriy faoliyatini taxlil qilish bosqichi
Reinjiniring tadbirlarini o’tkazishda davlat va xo’jalik boshqaruv organlarida, shuningdek mahalliy davlat hokimiyati organlarining joriy faoliyati xolatini o’rganish aloxida e’tibor talab etadi. Tashkilotning me’yoriy hujjatlarda, nizomlari, xizmat vazifalari yo’riqnomalarida qayd etilgan faoliyati tartiblari amaliyotda har doim ham risoladagidek bajarilmaydi. SHu munosabat bilan ham tashkilot ma’lum muddat ichida reinjiniring ob’yektiga aylanib qoladi. Reinjiniring ob’yekti joriy faoliyatining taxlilini quyidagi bosqichlarda olib borish mumkin: Me’yoriy-huquqiy hujjatlar xrolnologiyasi va amaldagi ichki xujjatlar taxlil qilish; Funksiyalar va xizmatlarni inventarizatsiyasini o’tkazish; Talab darajasi yuqori bo’lgan asosiy xizmatlar ro’yxatini shakllantirish; Funksiya va xizmatlarning amaldagi reglamentlarini ishlab chiqish; Funksiya va xizmatlar uchun resurslar sarfini taxlil qilish; Tashkilotning asosiy jarayonlari joriy xolati diagrammasini “BPMN 2.0.” formatida tayyorlash va faoliyatining joriy xolati xaqida axborot taxliliy hujjat tayyorlash. Tashkilotning me’yoriy-huquqiy hujjatlari ob’yektning ichki muxitini ochiq manbaalar asosida va ichki muxitini birlamchi o’rganish jarayonlarida ko’rib chiqilgan bo’lsada mazkur bo’limda batafsil taxlil qilinadi. 1) Hususan, me’yoriy huquqiy xujatlar 2 ta asosiy bo’limga bo’lib o’rganiladi. Birinchisi, tashkilotning faoliyatini tartibga solish bo’yicha xukumat darajasidagi me’yoriy-huquqiy aktlar (MXA) bo’lsa, ikkinchisi ichki tuzilmaviyme’yoriy-huquqiy hujjatlar (MXX) hisoblanadi. Davlat hokimiyati markaziy organlari tomonidan qabul qilingan MXA lar taxlilini 1990-yilda amalda bo’lgan xujjatlardan to shu kunga qadar yangilangan barcha MXAlarni batafsil o’rganib chiqishni taqozo etadi. Ushbu xronologik taxlil tashkilot faoliyati qaysi yo’nalishlarda islox qilinganligi taxlil etish hamda istiqbolli loyihada inobatga olish joiz bo’lgan huquqiy ta’minot masalalarini oydilashtirishga imkoniyatini beradi. Ichki tuzilmaviy MXX larni taxlili tashkilot faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy huquqiy hujjatlar vertikali bo’yicha xar bir xodimning xizmat vazifalar yo’riqnomasigacha bo’lgan hujjatlar taxlil etib chiqiladi. Bu o’rganish tashkilot zimmasidagi bo’lgan barcha funksiya va xizmatlarning reglamentatsiya qilinganligi xolatini taxlili uchun juda ham muxim. Tashkilotning reglamentatsiya qilinmagan barcha funksiya va xizmatlarning xizmat yo’riqnomalari va reglamentlarini ishlab chiqish tavsiyasi uchun asos bo’lib xizmat qiladi. 2) Funksiyalar va xizmatlarni inventarizatsiyasini o’tkazish tadbiri “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Forma-1_BPR” (Ilova 6) jadvalini to’ldirish orqali amalga oshiriladi. Buning uchun tashkilot xodimlariga jadvalni to’ldirish bo’yicha seminar o’tkaziladi. Mazkur jadval tashkilotning ma’muriy va funksional bo’linmalarini iyerarxik bog’liqligini, uning tuzilmaviy majmualari, departamentlari, boshqarma, bo’limlari, bu bo’limlardagi lavozimlar xamda ularning amaldagi barcha xizmat vazifalarining umumiy va to’la ro’yxatini shakllantirish imkonini beradi. Ushbu jadvalga xodimlarning funksiya va vaziflarini kiritishda raxbar, xizmatchi va ishchilarning xar bir vazifasining yakuniy natijasi quyidagilardan qaysi biriga mos kelishini qayd etish joiz:
Download 43.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling