Ekspertiza deb yirik muhandislik inshootlarini qurish loyihalarining mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazilishiga aytiladi


Download 24.6 Kb.
Sana05.05.2020
Hajmi24.6 Kb.
#103535
Bog'liq
ekispertiza


XX asrning 60-70-yillaridan e’tiboran yirik xo‘jalik korxo­nalarini qurish va boshqa loyihali tadbirlar mutaxassislarning har tomonlama ko‘rigidan o‘tib, ularning ruxsati bilangina amalga oshirila boshlandi. Bu jarayon umumiy ma’noda ekspertiza deb ataladi. Mavzular bayonida ekspertiza tushunchasi, ularning turlari, ekspert xulosalarini chiqarish va O‘zbekiston hududida geografik-ekologik ekspertiza o‘tkazilishi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganamiz.

  Ekspertiza deb yirik muhandislik inshootlarini qurish loyihalarining mutaxassislar ko‘rigidan o‘tkazilishiga aytiladi.

  «Ekspert» so‘zi lotin tilida «tajribali» degan ma’noni bildiradi. Ekspert - biror sohada ekspertiza o‘tkazuvchi mutaxassisdir. Masalan, qurilish, geologiya, qishloq xo‘jaligi, suv xo‘jaligi, atom energetikasi, mashinasozlik va h.k. sohalar bo‘yicha ekspertiza asosan loyihalanayotgan muhandislik inshootining atrof-muhitga ta’sirini baholash yuzasidan o‘tkaziladi. Ekspertizalar geografik va ekologik ekspertizaga bo‘linadi.

 Geografik ekspertiza deb loyihalanayotgan muhandislik inshootining atrof-muhit talablariga mos kelish-kelmasligini aniqlashga aytiladi.

 Ekologik ekspertiza deb inson faoliyatining geografik muhit biologik (o‘simlik, hayvonot dunyosi va mikroorganizmlar) qismiga ta’sirini baholashga aytiladi.

  Geografik va ekologik ekspertiza bir-biriga barcha jihatdan yaqin va bir-birini taqozo qilishini e’tiborga olib, geologik-ekologik ekspertiza deb ataladi.

  Ekspertiza - ilmiy tekshirish, loyihalash boshqa tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan loyihalar va ishlanmalarni o‘rganish hamda ularni amalga oshirish maqsadga muvofiq ekanligini aniqlab, chuqur asoslangan xulosa berishdan iboratdir. Ekspertiza jarayonida muhandislik inshootining atrof-muhitga, aholi salomatligiga qanday ta’sir qilishi e’tiborga olinadi.

 Ekspertiza turli darajalarda amalga oshiriladi. Davlat ekspertizasi, Vazirlik ekspertizasi, Davlat fan va texnika qo‘mitasi ekpertizasi, ilmiy va jamoatchilik ekspertizasi va boshqalar. Atrof-muhit bo‘yicha ekspertiza O‘zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Ushbu tashkilotda ekologik-geografik ekspertiza boshqarmasi mavjud.

  Loyihalarning mazmuniga binoan mazkur yo‘nalish bo‘yicha yetakchi mutaxassislar u bilan tanishib chiqib, o‘z mulohazalarini bildiradilar. Masalan, ma’lum bir foydali qazilma konini ishga tushirish loyihasi ekspertizasini geologlar, tog‘-kon sanoati muta- xassislari, iqtisodchilar, ekologlar va boshqa mutaxassislar o‘tkazishadi.

 Ekspertiza bir necha usulda amalga oshiriladi: shaxsiy eksper­tiza usuli, jamoa ekspertiza usuli, ekspertlar komissiyasi usuli.

 Bitta ekspert xulosasiga asoslangan ma’lumotlar asosiy manba sifatida qabul qilinadigan ekspertiza - shaxsiy ekspertiza usuli deb ataladi.

  Jamoa ekspertiza usuli jamoaga kiradigan ekspertlarning mustaqil xulosalari tahlili asosida umumlashgan ekspertiza xulosalarini ishlab chiqishga asoslangan.

  Ekspertlar komissiyasi usuli tegishli ekspertiza guruhlari tomo­nidan ma’lum bir hudud yoki obyektning alohida jihatlari (qism­lari) bo‘yicha ishlab chiqilgan ekspertiza xulosalarining yagona ekspertiza xulosasiga birlashtirilishiga asoslanadi.
O`zbekistonda geografik-ekologik ekspertiza o`tkazish  




  • 1

  • 2

  • 3

  • 4

  • 5

  Hozirgi kunga kelib dunyoda geografik-ekologik ekspertiza keng tarqalmoqda. Ayrim yirik muhandislik inshootlarining loyihalari hatto xalqaro ekspertlar guruhlari tomonidan ekspertizadan o‘tkazilmoqda. Masalan, Xitoyning Yanszi daryosidagi eng yirik «Uch daryo» GESi ekspertizasi amerikalik mutaxassislar tomoni­dan amalga oshirilgan.

  Dunyo bo‘yicha juda ko‘p inshootlarning tabiiy sharoitni hisobga olmasdan qurilishi natijasida bir qancha falokatlarning ro‘y berishi, ayrim inshootlarning esa tabiatga kuchli salbiy ta’siri oqibatida qator ekologik muammolarning yuzaga kelishi loyihalarni geografik-ekologik ekspertizadan o‘tkazishni shart qilib qo‘ydi.

  Shu maqsadda O‘zbekistonda o‘tgan asrning 90-yillaridan boshlab yirik inshoot va obyektlarning loyihalari geografik-ekologik ekspertizadan o‘tkazila boshlandi.

  Hozirgi paytda O‘zbekistonda yangi sanoat korxonalarini ekologik talablarga mos holda joylashtirish, mavjud korxonalar ish­lab chiqarayotgan mahsulotlar, atrof-muhitga chiqarayotgan chiqindilar masalasi atroflicha tahlil qilinib, texnologik jarayonlarni mukammallashtirish, gaz va changni tutib qoluvchi, ularni tozalovchi zamonaviy moslamalarni o‘rnatishga katta ahamiyat berilmoqda. Mamlakatimizda qurilayotgan yirik va o‘rtacha kor­xonalar ekologik tartib-qoida, belgilangan me’yorlar asosida qurilish bilan birga ishlash jarayonida atrof-muhitga zararli chiqindilarni chiqarishi me’yorda bo‘lishi kafolatlangan. Masalan, Asaka shahridagi yengil avtomobil zavodi, Qorovulbozordagi neftni qayta ishlash zavodi va boshqa korxonalar ekologik ekspertizadan chuqur va har tomonlama o‘tkazilgan.

  Sanoat korxonalarini joylashtirishda har bir hududning tabiiy sharoiti e’tiborga olinishi zarur. Tog‘ etaklari, vodiylar va botiqlarda qurilishi mo‘ljallangan inshootlarni loyihalashda hududning iqlim sharoiti, yerosti suvlari tartibi, yer usti suvlari xususiyatlari, tuproq, o‘simlik qoplami, chorva mollari hamda aholi salomatligi ta’siri masalasi oldindan to‘liq va atroflicha hal etilishi lozim bo‘ladi.

  O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini yanada rivojlantirish maqsadida juda ko‘p suv inshootlari qurilgan. XX asrning 80-yillarida qurilgan suv inshootlari ekologik ekspertizadan o‘tkazilgan emas. Bu esa tabiatda noxush hodisalar yuzaga kelishiga, ijtimoiy-ekologik sharoitning yomonlashuviga olib keldi.

  Masalan, Tuyamo‘yin suv ombori qurib ishga tushirilishi bilan Xorazm vohasida yerlarning meliorativ holati o‘zgara boshladi. Yerosti suvlarining sathi ko‘tarilib, tuproqda tuz to‘plana boshladi. Bunday ahvol suv omboridan vohaga suv sizib o‘tishi natijasida yuzaga kelgan edi. Demak, to‘g‘on ostidan suvning chetga sizib o‘tishi loyihada jiddiy hisob qilinmagan. Bunday jarayon Karkidon, Tolimarjon, Chimqo‘rg‘on, Uchqizil, Janubiy Surxon va boshqa suv omborlarida ham kuzatilgan.



  O‘tgan asrning 80-yillarida So‘x daryosida So‘x suv ombori qurilishi amalga oshirila boshlandi. Ammo ekspertiza natijasida So‘x suv ombori qurilganidan so‘ng atrofdagi hududda botqoqlanish jarayoni boshlanib, o‘simliklarning vegetatsiya sharoiti o‘zgarishi aniqlandi. Natijada suv ombori loyihasi o‘zgartirilib, sel suv­lari yig‘iladigan selxonaga aylantirildi.
Download 24.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling