Mavzu: Qurilishda ekologik ekspertiza tushunchasi
Download 12.19 Kb. Pdf ko'rish
|
Nuritdinov Sh. (копия)
Qurilish ekologiyasi fani Mavzu: Qurilishda ekologik ekspertiza tushunchasi Guruh:42-21 Bajardi: Nuritdinov SH. ¨ Ekologik ekspertiza tushunchasi va maqsadlari ¨ Ekologik ekspertiza turlari va asosiy prinsplari ¨ Davlat ekologik ekspertizasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi Ekologik ekspertiza deganda rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini belgilash hamda ekologik ekspertiza obyektini ro‘yobga chiqarish mumkinligini aniqlash tushuniladi. ¨ Ekologik ekspertiza quyidagi maqsadlarda o‘tkaziladi: ¨ mo‘ljallanayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyatni amalga oshirish to‘g‘risida qaror kabul qilinishidan oldingi bosqichlarida bunday faoliyatning ekologik talablarga muvofiqligini aniqlash; ¨ rejalashtirilayotgan yoki amalga oshirilayotgan xo‘jalik va boshqa xil faoliyat atrof tabiiy muhit holatiga va fuqarolar sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lsa yoki shunday ta’sir ko‘rsatayotgan bo‘lsa, bunday faoliyatning ekologik xavflilik darajasini aniqlash; ¨ atrof tabiiy muhitni muhofaza qilish va tabiiy resurslardan oqilona foydalanish bo‘yicha nazarda tutilayotgan tadbirlarning yetarliligi va asosliligini aniqlash. 5)Ilmiy ekologik ekspertiza va boshqalar Davlat ekologik ekspertizasi atrof tabiiy muhit sohasida vakolatli organ tomonidan tayinlanadi. Jamoat ekologik ekspertizasi nodavlat, notijorat tashkilotlari uyushmalari, fuqarolarning tashabbusi bilan amalga oshiriladi 3)Ekologik audit 4)Idoraviy ekologik ekspertiza Ular qatoriga quyidagilar kiradi: 1)Davlat ekologik ekspertizasi 2)Jamoat ekologik ekspertizasi Davlat ekologik ekspertizasi sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hisoblanadi. Davlat hamda jamoat ekologik ekspertizasi, shuningdek ekologik audit bo‘yicha normativ-texnik va yo‘riqnoma uslubiy hujjatlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi; Davlat ekologik ekspertizasini o‘tkazishga ekspertlar va mutaxassislarni jalb etadi; Davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasini ololmagan obyektlarga nisbatan moliyalash, kreditlash va boshqa moliya operatsiyalarini to‘xtatib turish (tugatish) to‘g‘risidagi taqdimnomalarni bank va boshqa kredit tashkilotlariga yuboradi; Davlat ekologik ekspertizasi xulosalarining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi; Ekologik ekspertiza o‘tkazish masalalari yuzasidan boshqa davlatlarning tabiatni muhofaza qilish tashkilotlari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni amalga oshiradi; ¨ Men bu mustaqil ish mavzuim Ekologik ekspertiza deganda amalga oshirayotgan xo’jalik faoliyatini ekologik talablarga muvofiq belgilash va ekspertiza obyektini ro’yobga chiqarish mumkinligini aniqlashni bilib oldim. ¨ Norma.uz ¨ Lex.uz ¨ Arxiv.uz Download 12.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling