1. Nobank kredit tashkilotlari va ularni tashkil etish Kredit uyushmalari va ularning operatsiyalari Mikrokredit tashkilotlari
Download 24.27 Kb.
|
7-мавзу маьруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kredit uyushmalari va ularning operatsiyalari
MAVZU: NOBANK MOLIYA-KREDIT MUASSASALARI REJA: 1. Nobank kredit tashkilotlari va ularni tashkil etish 2. Kredit uyushmalari va ularning operatsiyalari 3. Mikrokredit tashkilotlari 4. Lombardlar va ularning tashkil topishi Nobank kredit tashkilotlari deganda tor doirada ixtisoslashgan va alohida bank operatsiyalarini amalga oshirish huquqi bo’lgan kredit tashkiloti tushuniladi. Nobank kredit tashkilotlari har qanday bank operatsiyasini amalga oshira olmaydi. Xususan: Nobank kredit tashkilotlarining vujudga kelishining asosiy sabab-laridan biri tez va kichik miqdordagi kreditlarni berish, nisbatan yuqori foiz toiovlarni to'lash hisoblanadi. Chunki, tijorat banklari kredit summasi qancha bo'lishidan qat'iy nazar barchasiga bir xil talabni qo'yadi va biunga ko'pchilik hollarda ma'lum kun talab etiladi. Xalqaro amalyotda nobank kredit tashkilotlariga: >kredit uyushmalari; > mikrokredit tashkilotlari; >lombardlar; > lizing kompaniyalari; >faktoring kompaniyalari kiradi. Lizing kompaniyalari bahosi yuqori va muddatli foydalaniladigan tovarlarni to'la qiymatda sotib olib ularni lizingga beradi: moliyaviy lizing; operativ lizing. Nobank kredit tashkilotlari faoliyatidagi quyidagi xos xususiyatlariga ega. Nobank kredit tashkilotlari faqat alohida olingan bank operatsiyalarini amalga oshiradi. Nobank kredit tashkilotlari faoliyati tor doirada ixtisoslashgan bo'ladi. Bu ularni raqobatbardoshligini ta'minlash imkoniyatini beradi. Nobank kredit tashkilotlari faoliyati Markaziy bank tomonidan Tijorat banklari faoliyati kabi qattiq nazorat qilinmaydi. Nobank kredit tashkilotlarining resurs bazasi quyidagi manbalardan tashkil topadi: - ustav kapitali; - boshqa tashkilotlarga berilgan moliyaviy yordam; - o'z a 'zolaridanjalb qilingan pul mablag'lari; - tijorat banklarining kreditlari; - sof foyda; - foyda hisobidan shakllantirilgan zaxiralar; - o 'tgan uillaming taqsimlanmagan foydasi. O'zbekiston Respublikasida faktoring kompaniyalari mavjud emas. Faktoring operatsiyalarini tijorat banklari bajaradi. Ammo ular tovar hujjjatlarini regress huquqi bilan sotib olishi mumkin emas. Lizing kompaniyalari uzoq muddatli kreditlar bozorida tijorat banklari bilan raqobat qila oladilar. Ular bahosi yuqori va uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni uzoq muddatli ijaraga beradilar. Lizing shartnomalarining' o'rtacha muddati 3-5 yilni tashkil qiladi. Ammo lizing kompaniyalarining zaif jihati bo'lib ularda resurslar yetishmaydi. Ular faoliyatini asosan o'z mablag'lari hisobidan moliyalashtirishga majburdirlar. Shu sababli ular tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlarini keng ko'lamda jalb qiladilar. O'zbekiston Respupblikasida lizing operatsiyasi bilan tijorat banklari va lizing kompaniyalari shug'illanadi. Asosiy muammo shun-daki, to lizing obyekti lizing-oluvchi tomonidan qabul qilib olinma-gunga qadar tijorat banklari lizing kreditiga foiz hisoblay olmaydi. Kliring uylari (palatalari) nobank kredit tashkiloti hisoblanadi va ular chek va hosilaviy qimmatli qog'ozlar bo'yicha o'zaro hisob-kitob-larni amalga oshiradi. Kliring palatasi har bir ishtirokchiga bankda hisob ochadi. Bu hisoblar mazmuniga ko'ra aktiv-passiv hisoblar hisoblanadi, ya'ni bu schyotlar debit yoki kredit qoldiqqa ega boiishi mumkin. Ko'pchilik mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlari faoliyati Markaziy bank tomonidan tartibga solinadi va nazorat qilinadi. Ammo Angliya, German iya, Lyuksenburg kabi mamlakarlarda ular nazorat funksiyasiga ega emas. Shu sababli ushbu mamlakatlarda nobank kredit tashkilotlarining faoliyati moliya bozorining regulyatori tomonidan nazorat qilinadi. Nazorat jarayonida nobank kredit tashkilotlarining ustav kapitalining minimal miqdoriga nisbatan talablar qo'yiladi. Kredit uyushmalari va ularning operatsiyalari Download 24.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling