Xalqaro kreditlar


Download 30.29 Kb.
bet1/3
Sana31.01.2024
Hajmi30.29 Kb.
#1820206
  1   2   3
Bog'liq
Xalqaro kreditl-WPS Office


Xalqaro kreditlar
Xalqaro kredit bu tovar va valuta ko‘rinishidagi mablag‘larni qaytarib borishlilik, muddatlilik, foiz to‘lashlilik shartlari asosida berish bilan bog‘liq bo'lgan xalqaro iqtisodiy munosabatlardagi ssuda kapitali harakatidir. Xalqaro kredit munosabatlarining subyektlari sifatida tijorat banklari, markaziy banklar, davlat organlari, yirik korxonalar, mintaqaviy va xalqaro moliya-kredit tashkilotlari qatnashadi. Xalqaro kreditning vujudga kelishiga sabab bo‘lib, ishlab chiqarishning milliy doiradan chiqishi, xo‘jalik aloqalari baynalminallashuv jaravonining tezlashishi, xalqaro kapitallarning markazlashuvi hamda ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi hisoblanadi. Xalqaro kredit kapital ishlab chiqarishning dastlabki bosqichlarida vujudga kelgan va kapitalni jamg'arishning asosiy usullaridan biri bo'lgan. Xalqaro kreditning asosiy manbalari bo‘lib korxonalarning bo‘sh turgan pul mablag‘lari, bank va kredit tashkilotlariga jalb qilinadigan davlat va xususiy sektorning pul jam g‘armalari hisoblanadi. Mahsulotlarni takror ishlab chiqarish jarayonida xalqaro kreditga obyektiv zarurat yuzaga keladi va u xo'jalik subyektlarida rnablag‘larning doiraviy aylanishiga, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xususiyatlariga, tashqi iqtisodiy bitimlarning hajmi va muddatidagi farqlarga, iqtisodiyotda ishlab chiqarishni kengaytirishga m o‘fjallangan yirik kapital qo'yilmalarini amalga oshirishga bogliq bo‘ladi.
«Uzoq muddatli kredit» atamasi amaliyotda kredit muassasalarining ssudalariga aloqador bo‘lib, u odatda, davlat va xususiy korxonalar, banklar tomonidan o‘z qarz majburiyatlarini chiqarish orqali milliy hamda jahon ssuda kapitallari bozorlaridan qarz mablag‘larini jalb etish shaklida amalga oshiriladi. Uzoq muddatli kredit va qarzlar mashina hamda asbob-uskunalar eksportiga, iqtisodiyotning sanoat tarmog‘ida turli yirik loyihalarni amalga oshirishga, asosiy kapital orqali takror jshlab chiqarishni kengaytirishga xizmat ko'rsatadi. Yirik kredit muassasalari uzoq muddatli xalqaro kreditlarni nazariy jihatdan 40 yilgacha, amalda esa 10-15 yil muddatga taqdim etadilar. Kompensatsion bitimlar bo‘yicha kreditlar. Banklar tovar qiymatiga teng bo‘lgan, o‘zaro yetkazib berishga asoslangan kompensatsion bitimlar bo‘yicha uzoq va qisqa muddatli kreditlarni taqdim etadilar. Korxonani barpo etish va qayta tiklash, tabiiy resurslarni o‘zlashtirish uchun mashina va asbob-uskunalarni 8-15 yil muddatga kreditga olgani holda qarz oluvchi uni mazkur kredit asosida qurilgan va qurilayotgan korxonalar mahsulotlari hisobiga so‘ndirilishini ta’minlaydi. Kompensatsion bitimlarni o‘ziga xos xususiyatlari ularning keng ko'lamli, uzoq muddatli ekanligi hamda eksport-import bitimlarini o‘zaro bog‘liqligi bilan ajralib turadi. Kompensatsion bitimlar bo‘yicha kreditlar va importyor sotib olinadigan mashina va asbob-uskunalar uchun to‘lov hamda tegishli xarajatlarni qoplash uchun tovarlarni qayta eksport qilishdan tushum hisobiga o‘zaro bog‘liq bo'lishadi. Kompensatsion bitimlarni amalga oshirishda odatda firma (tijorat) kreditlariga nisbatan uzoq muddatli konsorsial yoki sindikat kreditlar keng qoMlaniladi. Bunday kreditlarni bank konsorsiumlari yoki sindikatlari taqdim etadilar. Amaliyotda mazkur holatning yuzaga kelishiga asosiy sabab birinchidan, milliy qonunchiliklarda banklar uchun bir qarz oluvchiga ajratiladigan kredit limitini o'rnatilishi bo‘lsa, ikkinchidan, banklar kreditlarni taqdim etishda risk darajasini cheklashga harakat qilishi hisoblanadi. Budjet mablag‘lari hisobdan ajratiladigan uzoq muddatli xalqaro kreditlar. Budjet mablag‘lari hisobidan ajratiladigan uzoq muddatli (muddatlari 10-15 yil va undan ortiq) xalqaro kreditlarning quyidagi shakllari farqlanadi: 1.Hukumatlarning ikki taraflama kreditlari. Uzoq muddatli kredit birinchi jahon urushi davrida keng ko'lamda shakllandi va urushdan keyingi yillarda yanada rivojlandi. AQSH asosiy kreditor sifatida chiqdi va davlatlararo nizolarni kuchaytirib yuborgan hukumatlararo qarzdorlik (11 mlrd oltin dollarlari, foizlarni hisobga olmaganda) paydo boidi. O‘z kreditlarini Fransiya nemis reparatsiyalari hisobiga, Germaniya esa AQSHdan yangi kreditlarni olish hisobiga so‘ndirdi. 1929—1933-yillarda yuzaga kelgan jahon iqtisodiy inqirozi davrida Germaniya va boshqa 25 davlat qarz bo‘yicha to ‘lovlarni to‘xtatib qo‘ydilar. Ikkinchi jahon urushi davrida hukumatlararo qarzlar muhim rol o‘ynamadi. Harbiy va boshqa turdagi materiallarning yetkazib berilishi asosan «lend-liz» (ijara) shartlari asosida amalga oshirildi. Ikkinchi jahon urushidan keyin dastlab AQSH, so'ngra boshqa dunyoning yetakchi davlatlari o‘zlarining tashqi iqtisodiy manfaatlar uchun hukumatlararo kreditlardan keng foydalanishdi; 2.Xalqaro va hududiy valuta-kredit hamda moliyaviy tashkilotlarning kreditlari; 3.Yordam ko‘rsatish bo‘yicha imtiyozli shartlar asosida berilgan kreditlar, texnik yordam, beminnat xayriya mablagiari, subsidiyalar.
Ichki moliyaviy bozor ko‘lami cheklangan sharoitda, davlatlar ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tashqi qarzdan foydalanadi. Mutaxassislar tahlillariga ko‘ra, jalb etilgan mablag‘lar yalpi ichki mahsulot o‘sishiga sabab bo‘lsa, tashqi moliyalashtirish manbalarini jalb etish bilan bog‘liq xavotirlar o‘rinsizdir.
Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini moliyalashtirishning asosiy manbai – davlat budjeti bo‘lib, uning daromad va xarajatlari deyarli teng bo‘lishi lozim.
Strategik islohotlar agentligi mutaxassislari tahlillariga ko‘ra, davlat budjeti quyidagiga o‘xshash bir qancha sababga ko‘ra, har doim ham mutanosib bo‘lmasligi mumkin:
● davlat budjeti mamlakat iqtisodiy salohiyati yuksalishini ham, hal etiladigan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy vazifalarning sifat va ko‘lami o‘sishini ham aks ettiradi. Iqtisodiy o‘sish sur’atlari aholi soni o‘sish sur’atlariga nisbatan past bo‘lgan taqdirda ham davlat xarajatlari aholi turmushining yangi son va sifat darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak;
● davlat xarajatlar oshishi muqarrar bo‘lgan holatlarga duch kelishi mumkin (epidemiyalar, infratuzilmani saqlash va rivojlantirish bilan bog‘liq kechiktirib bo‘lmas xarajatlar, ijtimoiy sohani rivojlantirish), davlat daromadlari cheklangan hisoblanadi, xarajatlarni ichki qayta taqsimlash imkoniyatlari esa katta emas. Yoki aksincha, kon’yunktura daromadlari oshganda, davlat jamg‘arma mablag‘larni ko‘paytiradi;
● davlat xalqaro moliya-tovar bozorlaridagi holatdan yoki boshqa qulay omillardan kelib chiqib, o‘z oldiga jadal texnik va iqtisodiy rivojlanish maqsadlarini qo‘yadi.
Shuning uchun ham barcha mamlakatlar budjet muvozanatini xarajatlar qismi ko‘rsatkichlarini hisobga olgan holda ta’minlaydilar, ya’ni saldo ijobiy bo‘lganda – oltin-valuta zaxiralarini to‘playdilar va kelajakda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish bilan bog‘liq vazifalarni hal qilish maqsadida boshqa moliyaviy jamg‘armalarni tashkil etadilar (masalan, O‘zbekiston Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi kabi), saldo salbiy bo‘lganda esa – zaxiralarni ishga solib (shu jumladan, oltin-valuta zaxiralarini) va/yoki qarz olish vositalaridan foydalangan holda budjet muvozanatli bo‘lishiga erishadilar.
Ichki moliyaviy bozor ko‘lami cheklangan sharoitda, davlatlar ustuvor ijtimoiy-iqtisodiy, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish uchun tashqi qarzdan foydalanadi.
O‘zbekiston kabi rivojlanayotgan mamlakatlarning o‘ziga xosligi shundaki, infratuzilma loyihalarini amalga oshirish ko‘lamlari doimo o‘sib boradi va davlat ushbu loyihalarni eng qisqa muddatlarda bajarish imkoniyatiga ega bo‘lishi lozim. Faqatgina yo‘l infratuzilmasini saqlashga har yili 2 mlrd dollargacha mablag‘ talab etiladi, bu esa mamlakatning 2023 yil uchun rejalashtirilgan davlat budjetining 9,7 foizini (yoki mamlakat konsolidatsiyalashgan budjetining 7,2 foizini) tashkil etadi.
Bu kabi vazifalarni muayyan muddatlarda hal etish uchun davlatda 2 ta muqobil yechim mavjud: soliqlarni oshirish (bu bilan kelajakda iqtisodiyotni rivojlantirish rag‘batlariga putur yetkazish) yoki davlat qarzlari vositalaridan foydalanish va iqtisodiyotni investitsiyaviy infratuzilma loyihalarini amalga oshirish hisobidan rivojlantirish uchun sharoit yaratish. Shu jihatdan, mamlakatning tashqi qarzi mavjudligi va uning o‘sishini g‘ayrioddiy holat deb ko‘rmaslik lozim.
Shu bilan birga, soliq to‘lovchilar ham tashqi qarz hajmi va o‘zgarish sur’ati to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi lozimdir. Mamlakat uchun tashqi qarzning iqtisodiy maqbul chegarasini tushunish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Jalb etilayotgan resurslardan foydalanish samaradorligi muhim omil hisoblanadi. Agar jalb etilgan mablag‘lar YaIM o‘sishiga sabab bo‘lsa, tashqi moliyalashtirish manbalarini jalb etish bilan bog‘liq xavotirlar o‘rinsizdir.
2022 yil davomida tashqi qarz mablag‘lari hisobidan muhim infratuzilmaviy loyihalar moliyalashtirildi: umumiy uzunligi 269 km bo‘lgan avtomobil yo‘llari qayta ta’mirlanishi, 243 km ichimlik suvlari va 83,8 km sug‘orish suv o‘tkazgichlari qurilishi, 15 ta ichimlik suvini taqsimlash joylari (nasoslar, filtrlar), 817 ta gidrotexnik inshootlar qayta ta’mirlanishi shular jumlasidandir.
Tashqi davlat qarzi deganda davlat va davlat tomonidan kafolatlangan (DDK) qarzlar tushuniladi.
So‘nggi 6 yilda O‘zbekiston tashqi qarzining o‘sish sur’atlari jadallashgani kuzatildi. Agar 2016 yil oxirida tashqi DDK qarzlari YaIMning 8 foizini tashkil etgan bo‘lsa, 2022 yilning 1 oktyabri holatida u YaIMning 30,14 foiziga yoki 23,16 mlrd dollarga teng bo‘ldi. Mazkur summaning 17 mlrd dollari O‘zbekiston nomidan jalb etilgan qarzdir, 6,16 mlrd dollari esa davlat tomonidan kafolatlangan tashqi qarz hisoblanadi.

Ushbu ko‘rsatkichlarni tahlil qilishda quyidagilarni e’tiborga olish lozim:
● 2017 yilda milliy valuta ayirboshlash kursi qariyb ikki barobar pasaydi hamda so‘mda hisoblanadigan va AQSh dollariga ko‘chiriladigan YaIM hajmi sezilarli darajada “kamaydi”. Faqatgina mazkur omil natijasida tashqi qarzning YaIMga bo‘lgan nisbati 6 foiz bandiga oshgan;
● Covid-19 va postkovid omillar ta’siri natijasida 2022 yilda davlat budjeti taqchilligi YaIMning 4 foizini tashkil etdi, bu Xalqaro valuta fondi bahosiga ko‘ra tashqi qarzning YaIMga bo‘lgan nisbati yana 9 foiz bandiga o‘zgarishiga olib kelgan. Kovid va postkovid davri dunyoning ko‘plab mamlakatlarida tashqi qarz o‘sishiga olib keldi;
● Tashqi qarz o‘sishiga olib keladigan oqimlar oshganini o‘sishning qolgan ulushidan ham ko‘rish mumkin. Bu, avvalambor, mamlakat va davlat korxonalarining tashqi qarz bozoriga chiqishi, energetika va logistika infratuzilmalarini modernizatsiya qilishdagi yirik loyihalarni amalga oshirish bilan bog‘liqdir.
Boshqacha aytganda, so‘nggi 6 yil davomida tashqi qarzning YaIMga nisbatan 29,7 foizlik oshishidan faqatgina 14,7 foiz bandga ko‘paygani tashqi qarzning YaIMga nisbatan solishtirma qiymati o‘sishiga bevosita bog‘liq.
Qanday ijobiy tomonlar mavjud?
Davlat tashqi qarzi o‘sish tabiati va dinamikasiga doir bir nechta ijobiy kutilma mavjud:

Download 30.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling