Mavzu : Qisqa muddatli kreditlash operatsiyalari hisobining tashkil etilishi


Download 0.93 Mb.
bet1/8
Sana14.10.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1702835
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu qisqa muddatli kredit


Mavzu : Qisqa muddatli kreditlash operatsiyalari hisobining tashkil etilishi
Bajardi : Yo’ldoshboyev Sardor
Tekshirdi : Qurbonov Rufat

Reja :



  1. Qisqa muddatli kreditlashning ahamiyati va uning hisobga olinishi

  2. Qisqa muddatli kreditlash tahlili va uning foydalilik darajasi

  3. Qisqa muddatli kreditlash hisobini yuritish tushunchasi

  4. Qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlarning bir biridan farqi va ahamiyati



Kredit – bu vaqtincha bo‘sh turgan pul mablag‘larini pul egasi yoki boshqalar tomonidan ma’lum muddatga, haq to‘lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yig‘indisidir. Kreditning mavjudligi takror ishlab chiqarish jaryonida pul mablag‘larining (kapitalning) aylanishi bilan bog‘liq. Takror ishlab chiqarish jaryonining biror joyida vaqtincha bo‘shab qolgan mablag‘lar, takror ishlab chiqarishning boshqa biror joyida kerak bo‘lib turganda, bo‘sh mablag‘lar kredit manbai sifatida paydo bo‘ladi. Bozor munosabatlarining boshlang‘ich davrlarida mablag‘larga talab ko‘payadi. Shuning uchun ham hozir kredit xalq xo‘jaligi tarmoq korxonalarini rivojlantirishda, umuman pul aylanmasini tashkil etishda ahamiyati katta. Kredit resurslarining asosiy manbalari: – korxona, tashkilotlarning bankdagi amartizatsiya ajratmalari; – takror aylanish jarayonida korxonalarning bo‘sh turgan pul mablag‘lari; – korxonalarning fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag‘batlantirish va boshqa fondlar mablag‘lari; – aholining bankdagi omonatda saqalanayotgan mablag‘lari; – budjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa nodavlat tashkilotlarining banklardagi pul mablag‘lari. Kreditni tijorat banklari, korxona va tashkilotlar, kredit uyushmalari, investitsiya jamg‘armalari, davlat, firmalar, sug‘urta kompaniyalari berishi mumkin. Statistikada kreditlar bir necha belgilari bo‘yicha guruhlanishi mumkin: Kreditning maqsadi bo‘yicha: iste’mol krediti, sanoat, savdo, qishloq xo‘jaligi, kommunal kredit va boshqalar. Kredit miqdori bo‘yicha kreditlar: mayda, o‘rta va yirik (katta) hajmdagi kreditlarga bo‘linadi. Katta hajmdagi kreditlar ko‘pincha asosiy vositalarni modernizatsiya qilishga, kapital qo‘yilmalarga beriladi. Ta’minot darajasi bo‘yicha kreditlar: ta’minlangan va ta’minlanmagan kreditlarga bo‘linadi. Ta’minlangan kreditlar aniq bir moddiy yoki nomoddiy boyliklar bilan garovga qo‘yilib yoki sug‘urta qilinib qaytarilishi kafolatlangan bo‘ladi. Bozor munosabatlari sharoitida faoliyat yurituvchi subyektlar raqobatda yengilmaslik uchun, ishlab chiqarish jarayonining uzluksizligini ta’minlashlari lozim. Buning uchun zamonaviy asbob-uskunalar, taxnikaga, yetarli darajada xomashyo, materiallar bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak bo‘ladi. Shuning uchun ham xo‘jalik yurituvchi subyektlar asosiy vositalarini yangilashga aylanma mablag‘larini to‘ldirishga, hamda turli to‘lov summalarini (soliq to‘lovlari, olingan xomashyo, ko‘rsatilgan xizmatlar uchun) amalga oshirish uchun kredit olishga majbur bo‘ladilar. Kreditning ahamiyati quyidagilardan kelib chiqadi: – kredit yordamida bo‘sh turgan pul mablag‘lari jamg‘ariladi va harakatdagi pulga (kapital) aylantiriladi. Natijada pul muomalasining baraqarorlashuviga olib keladi; – kredit vositasida pul mablag‘lari tarmoqlar (sanoat, qishloq xo‘jaligi, transport, maorif, sog‘liqni-saqlash va boshqalar), korxonalar va aholi o‘rtasida qayta taqsimlanadi. Natijada pul mablag‘lari ular o‘rtasida erkin ko‘chib yuradi; – kredit yordamida kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonning doiraviy aylanishi ishlab chiqarish va boshqa sohalarning uzluksizligi ta’minlanadi; – kredit vositasida ishlab chiqarishning rivojlanishi, hamda mamlakat miqyosida iqtisodiy o‘sish imkoniyati yaratiladi. Bank kreditlari ma’lum muddatga, foizi bilan qaytarib berish va kreditning ta’minlanganlik tamoyillari asosida beriladi. Kreditning qaytarib berishligi, uni moliyadan farqlaydi. Kredit ma’lum muddatga berilib, muddat o‘tgandan so‘ng to‘liq qaytarib berilishi lozim. Kredit ma’lum muddatga (bir oyga, uch oy, olti oy, bir yil va undan uzoq muddatlarga) beriladi. Kredit muddati bank va mijoz tomonidan kelishib, kredit shartnomasida qayd qilinadi. Mijoz kreditdan foydalanganlik uchun bankga haq to‘laydi. Bu summa kredit foizi (ssuda foizi) sifatida hisoblab chiqiladi. Bank bergan kredit summasi ta’minlangan bo‘lishi lozim. Demak mijoz olayotgan bank kreditining qaytarilishi kafolatlangan bo‘lishi lozim. Bank kreditining ta’minlanishi: kredit olgan mijozning mol-mulkini garovga quyish yo‘li bilan, uchinchi shaxs kafolati (kafi lligi) yoki sug‘urta kompaniyalari kreditni sug‘urtalash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. Kredit ma’lum maqsad uchun beriladi. Kreditning nima uchun berilganligi kredit shartnomasida ko‘rsatiladi. Berilgan kreditni mijoz ana shu maqsad uchun ishlatishi lozim. Kreditning maqsad bo‘yicha ishlatishini bank nazorat qilib boradi. Agarda mijozning berilgan kreditni boshqa maqsadlar uchun ishlatilganligi aniqlansa, kredit berish to‘xtatiladi va berilgan kreditni muddatidan oldin qaytarib olish choralari ko‘riladi. Mijoz olingan kreditdan samarali foydalanishi lozim. Kreditdan samarali foydalanib, mijoz nafaqat olgan kreditini foizi bilan (ma’lum haq bilan) qaytarishi, balki mijozning o‘zi ham faoliyatini rivojlantirishi natijasida daromad (foyda) olishi kerak bo‘ladi. Shuning uchun ham kredit berishdan oldin, bankning kredit bo‘limi mutaxassislari, mijoz taqdim qilgan ma’lumotlar asosida, mijozning kreditni qaytarish (to‘lov) qobiliyatini hisoblaydi hamda biznes-rejasini o‘rganadi. Tijorat bank kreditlarini turli belgilari bo‘yicha tasnifl ash (guruhlarga ajratish) mumkin. Kredit nima maqsadda berilganiga qarab: – kapital qo‘yilmalarga: binolarni va boshqa obyektlarni qurish, asbobuskunalarni sotib olish, asosiy vositalarni qayta qurish yoki qayta jihozlash, kapital ta’mirlashga sarfl ash uchun; – aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun. Bunda xomashyo, materiallar, yoqilg‘i va boshqa joriy aktivlar sotib olish uchun sarfl anadi; – muomala fondlarini to‘ldirish uchun. Bunday kreditlar tovarlarni sotib olish, saqlash va sotish jarayonlarini amalga oshirish uchun sarfl anadi. Kreditning berlishi va qaytarilish muddatlariga qarab: Qisqa va uzoq muddatli kreditlarga bo‘linadi. Qisqa muddatli kreditlar bir yil muddatgacha beriladi. Qisqa muddatli kreditlar tovar-moddiy boyliklarni sotib olish va hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun beriladi. Bunday kreditlarni aylanma mablag‘lari yetishmayotgan subyektlar oladi. Uzoq muddatli kreditlar asosan kapital qo‘yilmalar uchun olinib, asosiy vositalarni qurish, sotib olish, modernizatsiyalash uchun sarfl anadi. Bunday kreditlar uch yildan ko‘proq muddatga beriladi. Kredit vaqtincha o‘z egalari qo‘lida bo‘sh turgan pul mablag‘larini boshqalar tomonidan ma’lum muddatga haq to‘lash sharti bilan qarzga olish va qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan munosabatlardir. Kredit munosabati ikki subyekt o‘rtasida yuzaga keladi, biri pul egasi, ya’ni qarz beruvchi ikkinchisi pulga muhtoj, ya’ni qarz oluvchi. Qarz beruvchi qarzdorga aylanishi va buning aksi ham yuz beradi. Shu bilan birga, biror sub’yekt bir vaqtning o‘zida ham qarz beruvchi, ham boshqalardan qarz oluvchi bo‘lishi mumkin. Masalan, bank pul egasi bilan qarz oluvchi o‘rtasida vositachi, ayni vaqtda, uning o‘zi bo‘sh pulni qarzga oladi, so‘ngra uni boshqalarga kredit ko‘rinishida beradi. Kredit subyektlari har xil bo‘lib, bularga turli mulkchilik shakllariga tegishli bo‘lgan davlat, bank, korxona, tashkilot, yuridik maqomga ega bo‘lmagan xususiy tadbirkor lar va turli toifadagi aholi kiradi.Kreditning bir qancha shakllari mavjud bo‘lib, ulardan biri bank kreditidir. O‘zbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati” to‘g‘risidagi qonunida “Pul mablag’larini jalb qilish hamda ularni qaytarishlik, to‘lovlilik va muddatlilik shartlari asosida o‘z nomidan joylashtirish uchun tuzilgan muassasa bankdir” deb qayd etilgan. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari pulni uning mijozlariga foiz to‘lash sharti bilan o‘z qo‘lida jamlaydilar va o‘z nomidan qarzga be rib, foiz oladilar. Bunda uch subyekt, ya’ni pul egasi, kredit tashkiloti va qarz oluvchi o‘rtasidagi kredit munosabati paydo bo‘ladi.Vositachilar orasida tijorat banklari markaziy bo‘g‘in hisoblanadi, chunki tijorat banklarining asosiy operasiyalaridan biri iqtisodiyot tarmoqlari va aholi ehtiyojlarini kreditlashdir.Hozirgi kunda har bir tijorat banki o‘zining kredit siyosatini ishlab chiqib, kredit munosabatlarini ushbu siyosat orqali yuritadilar. Markaziy bank esa kreditlash bo‘yicha umumiy ko‘rsatmalar beradi. Bank tomonidan beriladigan kreditlar muddatiga ko‘ra qisqa va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatli kreditlarning ham har xil turlari mavjud, ular bir- biridan kredit berish shartlari, ta’minot turi, qoplash muddatlari bilan farq qiladi. Qisqa muddatli kreditlash operasiyalarining hisobini yuritish uchun tijorat banklarining hisobvaraqlar rejasida bir qancha asosiy hisobvaraqlar ochilgan “Boshqa banklar va mijozlarga berilgan kreditlar” hisob raqami hisobvaraqlar rejasining 12101-15599 balans hisob raqamlarida bankning rezident hamda norezident bo‘lgan boshqa banklarga va ijozlarga milliy va xorijiy valutalarda bergan kreditlarning hisobi olib boriladi. Kreditlar muddati, qarzdorlar va kreditning maqomi bo‘yicha tasniflanadi. Kreditlar muddati bo‘yicha qisqa va uzoq muddatli kreditlarga tasniflanadi.Qisqa muddatli kreditlar kredit berilgan sanadan bir yilgacha muddatga berilgan kreditlardir. Uzoq muddatli kreditlar kredit bir yildan ortiq muddatga berilgan kreditlardir. Kreditlar maqomi bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi Muddati o‘tgan kreditlar-bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga ko‘ra o‘z vaqtida qaytarilmagan kreditlar. Bu toifadagi kreditlar muddatsiz hisoblanib, imkoniyati bo‘lishi bilan undirib olinadi.
Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar-o‘zaro qayta ko‘rib chiqilgan yoki qayta tuzilgan shartnomalarga asosan muddati, yangi foiz stavkasi yoki ta’minlanganlik holatiga qo‘shimcha talablar va shu kabi boshqa shartnomalarining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan kreditlardir. Muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizlar ko‘zda tutilmagan holatlar hisob raqamida hisobga olib boriladi va qarzdor kreditni qaytarayotganda foizlar ham birga undirib olinadi. Ushbu hisob raqamlar boshqa banklarga va mijozlarga berilgan kreditlar summasiga debetlanadi. Bank tomonidan berilgan kreditlar qaytarilganda yoki muayyan kreditning maqomi o’zgarishi munosabati bilan boshqa turga o‘tkazilayotganda va ushbu kreditlar bo‘yicha ko‘rilgan zarar qoplanayotganda tegishli kredit hisob raqamlari kreditlanadi.Berilgan kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar uchun zaxiralar bankning xarajatlari hisobidan yaratiladi. Ushbu zaxiralar qarzdorning moliyaviy holatini, berilgan kreditning ta’minlanganligi va qaytmaslik risklarini baholashnatijasida yaratiladi.Quyida boshqa banklarga va mijozlarga kreditlar bo‘yicha balans hisob raqamlari alohida tasniflanadi. Yuqoridagi hisob raqamlarning barchasi bir qator subhisob raqamlarni o‘z ichiga olib, ular muddatli, muddati o‘tgan, qayta ko‘ril ayotgan kreditlar bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritiladi . Tijorat banklari kredit portfelini shakllantirish va boshqarish samaradorligini oshirish masalalari bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. Zamonaviy iqtisodiy muhit tijorat banklari faoliyatida mavjud muammolarning oldini olib, mamlakatimiz bank ishining samaradorligini oshirish asosida xalqaro bank amaliyotiga mos keluvchi tijorat banklari kredit portfelini samarali boshqarish mexanizmini yaratishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida iqtisodiyot tarmoqlari, xususan moliya sohasini kreditlashda tijorat banklari tomonidan kreditlar taqdim qilish jarayonida kredit risklarini oldini olishda bank xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish, garov mulkini baholash, saqlash, saqlanishi ustidan monitoring o’rnatish, ularning bozordagi narхlarini o’zgarishini baholay oladigan xodimlarning bankda mavjud bo’lishi bo’yicha muammolar mavjud. Bugungi davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini va uning mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’sirini e’tiborga olgan holda, bank-moliya tizimining barqarorligini ta’minlash muhim ustuvor vazifa bo’lib qolmoqda. Shuni ta’kidlashni istardimki, bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlash masalasi doimo e’tiborimiz markazida bo’lib kelmoqda va bu o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Biroq bu boradagi ishlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish kerak. Nega deganda, aynan banklar, ta’bir joiz bo’lsa, butun iqtisodiyotimizni oziqlantirib turadigan qon tomirlari hisoblanadi, mamlakatimizning moliyaviy iqtisodiy barqarorligi, ko’p jihatdan, ularning samarali faoliyatiga bog’liq Tijorat banki aktivining tarkibi kassadagi naqd pul va boshqa to’lov hujjatlari, O’RMBdagi hisobvaraqlari, Markaziy bankdagi majburiy zahira hisobvarag’i, boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari, boshqa banklardagi hisobvaraqlaridagi mablag’lari, oldi-sotdi qimmatli qog’ozlari, sotib olingan debitorlik qarzlari (faktoring), qisqa muddatli kreditlar, uzoq muddatli kreditlar, lizing, kreditlar va lizing bo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash zahirasi, investitsiyalar (zahirani hisobga olganda), sud jarayonidagi kreditlar, tugallanmagan qurilishlar, bankning imoratlari, obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi, to’lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari va operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalar, transport vositalari, mebel, moslama va jihozlar, nomoddiy aktivlar, ombordagi asosiy vositalar, valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari, hukumat hisobvaraqlari, boshqa aktivlar (jumladan, pul o’tkazmalari hisobidan iborat.
Ma’lumki, bank resurslarini joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar, aktiv operatsiyalar deyiladi, boshqacha qilib aytganda bankning aktiv operatsiyalari bu bank tomonidan foyda olish maqsadida o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘larni samarali yo‘naltirishdir. Ko‘pchilik iqtisodiy adabiyotlarda bankning aktiv operatsiyalari deganda, eng avvalo, resurlarni daromad olish maqsadida yo‘naltirilgan aktivlar, ya’ni qimmatbaho qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar, kreditlar, lizing va faktoring operatsiyalari nazarda tutiladi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, bank aktiv operatsiyalari daromad keltiruvchi aktivlarni ko‘paytirish, ya’ni bank likvidligini saqlagan holda aktivlarning qolgan qismini daromad keltirish uchun joylash bo‘lib, hisoblanadi. Bundan tashqari, bank aktivlariga uning faoliyatini xavfsiz va samarali tashkil etish uchun zurur bo‘lgan kassadagi naqd pullar, Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlari va majburiy zaxira fondidagi mablag‘lar, boshqa banklar bilan vakillik hisobraqamlari qoldiqlari, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kambaholi tez eskiruvchi buyumlar kabi aktivlarga ega bo‘lmog‘i lozim. Bankning aktiv operatsiyalarini to‘rt guruhga bo‘lish mumkin:
• kredit operatsiyalari, buning natijasida bankning kredit portfeli shakllanadi;
• investitsiya operatsiyalari, investitsiya portfelini shakllantirish uchun asos bo‘ladi;
• kassa va hisob-kitob operatsiyalari
bank o‘z mijozlariga ko‘rsatadigan asosiy xizmat turlari;
• boshqa aktiv operatsiyalar, ya’ni barcha bank operatsiyalarini samarali amalga oshirishga tegishli infrastruktura yaratish bilan bog‘liq operatsiyalar.
Bank aktivlarining tarkibi deyilganda balans yakuniga nisbatan har xil sifatdagi aktivlar salmog‘i tushuniladi. Bank aktivlari holati, dinamikasi, samaradorligi kabi masalalar doimiy ravishda tahlil etilmog‘i lozim. Shu bilan birga aktivlarning likvidliligi, daromadliligi va risklilik darajasi tahlili faoliyat muvoffaqiyatining garovi hisoblandi. Bank aktivlarining uning passivlari bilan mutanosibligini ta’minlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham bank aktivlari uning xodimlari, auditorlar va markaziy bank tomonidan o‘rganilib, tahlil qilib borishning davr talabi bo‘lib qoladi. Har qanday bank ham o‘zining aktivlarining tarkibini samarali shakllantirishda ma’lum bir muammolarga uchraydilar. Bank aktivlarining sifati, aktivlarning maqsadga muvofiq tuzilishiga, likvidligi, aktiv operatsiyalarning diversifi katsiyasiga, riskli aktivlarning hajmiga, muammoli va sifatsiz aktivlarning salmog‘i va aktivlarning o‘zgaruvchanlik sifatlariga bog‘liq. Bank aktivlarini tahlil qilganda quyidagilarni aniqlash lozim:
– Bank aktivlarining umumiy qoldig‘i hisobot davrida qancha o‘zgarganligini;
– Aktivlarning tarkibini – mablag‘lari asosan qaysi aktivlarga sarfl anganini;
– Bank aktivlari tarkibining hisobot davrida (tahlil qilinayotgan davrda) qanchalik o‘zgarganligini va ularning o‘zgarish sabablarini;
– Bank aktivlarining likvidligini;
– Bank aktivlarining samarali foydalanish ko‘rsatkichlarini hamda ularning hisobot va o‘tgan davrdagi tafovutlarini;
– Bank aktivlaridan samarali foydalanishga ta’sir etuvchi omillarni (ijobiy va salbiy) hamda foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llarini.
Bu ko‘rsatkichlarni aniqlab tahlil qilib, bank aktivlaridan foydalanish samaradorligini oshirish yo‘llarini belgilash lozim bo‘ladi. Bank aktivlarining holati uning faoliyati davomida o‘zgarib turadi. Bank aktivlarining holati ijobiy yoki salbiy tamonga o‘zgarishi mumkin. Bank aktivlarining qanday o‘zgarishi aktivlarni boshqarishga va to‘g‘ri yo‘naltirishga bog‘liq. Shuning uchun ham bank aktivlarining holatini muntazam ravishda o‘rganib, ularning o‘zgarishini tahlil qilib borish lozim. Tahlilda birinchi navbatda bank aktivlarining umumiy summasi hisobot davrida qanchalik o‘zgarganligini (ko‘paygan yoki kamayganligini) aniqlash, undan keyin esa o‘zgarish sabablarini aniqlash lozim .
Banklar aholi va mijozlaming pul mablag'larini saqlash, qilish, naqd va naqd pulsiz hisob-kitoblar kredit va boshqa ko'rsatish uchun ularga bank hisobvaraqlarini ochadi. Banklarda talab qilib ohnguncha saqlanadigan depozitlar, jamg'arma va muddatli depozitlar, shuningdek, ssuda va boshqa hisobvaraqlar ochiladi. Tijorat banklarida yuritiladigan hisobvaraqlar boshqa bankga ko'chirish yopish Markaziy bankning «O'zbekiston Respublikasi banklarida ochiladigan bank to'g'- yo'riqnomasi asosida solinadi (Yo'riqnoma O'zbekiston Respublikasi Markaziy Boshqaruvining 2019 - yil 16-martdagi 7/2-sonli qarori (NQ697) tasdiqIangan, O'zbekiston Respublika"i Adllya vazirligida 2009-yil 27-aprelda 1948-n bilan davlat ro'yxatidan o'tkazilgan). Bank mijoziaming hisobvaraqIariga xizmatlami ular bilan shartnoma amalga bank va mijozning hisobvaraqlarni yuritish bo'yicha huquq va majburiyatlari belgilanadi Jismoniy va yuridik olinguncha depozitlar, depozitlar va muddatli UVIJVL~1.U'(U bank buxgateriya hisobvaraqIar rejasining majburiyat bo'limidagi passiv hisobvaraqlarda ochiladi. Kredit operatsialari bo'yicha ochiladigan ssuda hisobvaraqlari esa bank buxgalteriya hisobvaraqlar aktiv, ayrim hollarda, agar bank boshqa banklardan kredit olsa passiv bo'limida yuritiladi. Kredit operatsiyalari banklarning riskli aktiv operatsiyalari tarkibiga kirib, banklar ushbu operatsiyalar hisobidan daromadlarni shakllantiradi. Bank aktiv operatsiyalarining qanchalik yuqori bo'lsa, undan kutilayotgan foydaning darajasi ham shu darajada yuqori bo'ladi. O'zbekiston tijorat banklari tegishH me'yoriy huiiatlar asosida jismoniy va yuridik shaxslarga milliy valutada va xorijiy valutada kreditlar beradi. Tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik kreditlar berish, kredit uchun foiz to'lovlari va asosiy summasini undirish bilan bog'liq operatsiyalarni bosqichma-bosqich ko'rib chiqamiz. Bank va oluvchi o'rtasida kredit shartnomasi tuziladi, yuridik shaxslar asosiy hisobvarag'i ochilgan bank bilan kredit shartnomasini bilan tuziladigan kredit shartnomada quyidagi huiiatlar bo'lishi kerak:
-balans va moliyaviy hisobotlar;
-kredit ta'minoti bo'yicha huiiat;
-zarur hollarda (kreditning qarab)
boshqa qO'shimcha huiiatlar talab etilishi mumkin. Jismoniy shaxs bilan tuziladigan kredit shartnomada quyidagi huiiatlar bo'lishi kerak:
-kredit oluvchining pasport nusxasi;
joyidan ishlashi haqidagi ma'lumotnoma;
ish haqi to'g'risidagi ma'lumotnoma; -
oiloa a'zolari haqida mahalladan ma'lumotnoma;
-kredit ta'minoti bo'yicha huiiat;
122 -zarur holarda (kreditning shakliga qarab) boshqa qo'shimcha - hujjaatlar talab etilishi mumkin.
Bank tomonidan bcrilgan kreditlar bo'yicha olingan kafalotlar kredit butun muddat davomida buxgalteriya hisobvaraqlar rejasining 94503-«Garov sifatida olingan kafolat va kafllliklar» hisobvarag'ida hisobga olib boriladi. Kredit ajratish uchun qabul qilingandan keyin birinchi navbatda ssuda hisobvaraqlari ochiladi. Banklar tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga ochilgan ssuda hisobvaraqlari xarakteri bo'yicha hisoblanib, ular bo'yicha mablag'larning ko'payishi, kredit berilganda va berilgan kreditning qoldiq summa dcbetda, mablag'larning kamayishi, ya'ni kredit qaytarilganda esa kredit tomonidan ettiriladi. Jismoniy va yuridik shaxslarga ssuda hisobvarag'i oehish uehun kredit shartnomasiga asosan kredit bo'limi buxgalteriya bo'limiga fannoyish taqdim etadi. Ssuda hisobvaraqlari bank buxgalteriya hisobvaraqlari rejasining aktiv raqamlarida ochilib, yigirmata raqamdan tashkil topadi. Masalan, jismoniy shaxsga uzoq iste'mol krediti olish uchun oehilgan ssuda hisobvarag'i quyidagi ko'rinishda bo'ladi.







Shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar-o‘zaro qayta ko‘rib chiqilgan yoki qayta tuzilgan shartnomalarga asosan muddati, yangi foiz stavkasi yoki ta’minlanganlik holatiga qo‘shimcha talablar va shu kabi boshqa shartnomalarining o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan kreditlardir. Muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizlar ko‘zda tutilmagan holatlar hisob raqamida hisobga olib boriladi va qarzdor kreditni qaytarayotganda foizlar ham birga undirib olinadi. Ushbu hisob raqamlar boshqa banklarga va mijozlarga berilgan kreditlar summasiga debetlanadi. Bank tomonidan berilgan kreditlar qaytarilganda yoki muayyan kreditning maqomi o’zgarishi munosabati bilan boshqa turga o‘tkazilayotganda va ushbu kreditlar bo‘yicha ko‘rilgan zarar qoplanayotganda tegishli kredit hisob raqamlari kreditlanadi.Berilgan kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar uchun zaxiralar bankning xarajatlari hisobidan yaratiladi. Ushbu zaxiralar qarzdorning moliyaviy holatini, berilgan kreditning ta’minlanganligi va qaytmaslik risklarini baholashnatijasida yaratiladi.Quyida boshqa banklarga va mijozlarga kreditlar bo‘yicha balans hisob raqamlari alohida tasniflanadi. Yuqoridagi hisob raqamlarning barchasi bir qator subhisob raqamlarni o‘z ichiga olib, ular muddatli, muddati o‘tgan, qayta ko‘ril ayotgan kreditlar bo‘yicha alohida-alohida hisob yuritiladi . Tijorat banklari kredit portfelini shakllantirish va boshqarish samaradorligini oshirish masalalari bugungi kunda dolzarb hisoblanadi. Zamonaviy iqtisodiy muhit tijorat banklari faoliyatida mavjud muammolarning oldini olib, mamlakatimiz bank ishining samaradorligini oshirish asosida xalqaro bank amaliyotiga mos keluvchi tijorat banklari kredit portfelini samarali boshqarish mexanizmini yaratishni taqozo etadi. Bozor iqtisodiyotiga o’tish davrida iqtisodiyot tarmoqlari, xususan moliya sohasini kreditlashda tijorat banklari tomonidan kreditlar taqdim qilish jarayonida kredit risklarini oldini olishda bank xodimlarining huquqiy bilimlarini oshirish, garov mulkini baholash, saqlash, saqlanishi ustidan monitoring o’rnatish, ularning bozordagi narхlarini o’zgarishini baholay oladigan xodimlarning bankda mavjud bo’lishi bo’yicha muammolar mavjud. Bugungi davom etayotgan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozini va uning mamlakatimiz iqtisodiyotiga ta’sirini e’tiborga olgan holda, bank-moliya tizimining barqarorligini ta’minlash muhim ustuvor vazifa bo’lib qolmoqda. Shuni ta’kidlashni istardimki, bank tizimini rivojlantirish va mustahkamlash masalasi doimo e’tiborimiz markazida bo’lib kelmoqda va bu o’zining ijobiy natijalarini bermoqda. Biroq bu boradagi ishlarni yanada chuqurlashtirish va kengaytirish kerak. Nega deganda, aynan banklar, ta’bir joiz bo’lsa, butun iqtisodiyotimizni oziqlantirib turadigan qon tomirlari hisoblanadi, mamlakatimizning moliyaviy iqtisodiy barqarorligi, ko’p jihatdan, ularning samarali faoliyatiga bog’liq Tijorat banki aktivining tarkibi kassadagi naqd pul va boshqa to’lov hujjatlari, O’RMBdagi hisobvaraqlari, Markaziy bankdagi majburiy zahira hisobvarag’i, boshqa banklardagi vakillik hisobvaraqlari, boshqa banklardagi hisobvaraqlaridagi mablag’lari, oldi-sotdi qimmatli qog’ozlari, sotib olingan debitorlik qarzlari (faktoring), qisqa muddatli kreditlar, uzoq muddatli kreditlar, lizing, kreditlar va lizing bo’yicha ko’rilishi mumkin bo’lgan zararlarni qoplash zahirasi, investitsiyalar (zahirani hisobga olganda), sud jarayonidagi kreditlar, tugallanmagan qurilishlar, bankning imoratlari, obyektlarni ijaraga olish va uni takomillashtirish huquqi, to’lov kartochkalari bilan hisob-kitoblarni amalga oshirish uskunalari va operatsion ijaraga berilgan asosiy vositalar, transport vositalari, mebel, moslama va jihozlar, nomoddiy aktivlar, ombordagi asosiy vositalar, valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari, hukumat hisobvaraqlari, boshqa aktivlar (jumladan, pul o’tkazmalari hisobidan iborat.
Ma’lumki, bank resurslarini joylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar, aktiv operatsiyalar deyiladi, boshqacha qilib aytganda bankning aktiv operatsiyalari bu bank tomonidan foyda olish maqsadida o‘z mablag‘lari va jalb qilingan mablag‘larni samarali yo‘naltirishdir. Ko‘pchilik iqtisodiy adabiyotlarda bankning aktiv operatsiyalari deganda, eng avvalo, resurlarni daromad olish maqsadida yo‘naltirilgan aktivlar, ya’ni qimmatbaho qog‘ozlarga qilingan investitsiyalar, kreditlar, lizing va faktoring operatsiyalari nazarda tutiladi. Boshqacha qilib aytadigan bo‘lsak, bank aktiv operatsiyalari daromad keltiruvchi aktivlarni ko‘paytirish, ya’ni bank likvidligini saqlagan holda aktivlarning qolgan qismini daromad keltirish uchun joylash bo‘lib, hisoblanadi. Bundan tashqari, bank aktivlariga uning faoliyatini xavfsiz va samarali tashkil etish uchun zurur bo‘lgan kassadagi naqd pullar, Markaziy bankdagi vakillik hisobvaraqlari va majburiy zaxira fondidagi mablag‘lar, boshqa banklar bilan vakillik hisobraqamlari qoldiqlari, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kambaholi tez eskiruvchi buyumlar kabi aktivlarga ega bo‘lmog‘i lozim. Bankning aktiv operatsiyalarini to‘rt guruhga bo‘lish mumkin:
• kredit operatsiyalari, buning natijasida bankning kredit portfeli shakllanadi;
• investitsiya operatsiyalari, investitsiya portfelini shakllantirish uchun asos bo‘ladi;
• kassa va hisob-kitob operatsiyalari
bank o‘z mijozlariga ko‘rsatadigan asosiy xizmat turlari;
• boshqa aktiv operatsiyalar, ya’ni barcha bank operatsiyalarini samarali amalga oshirishga tegishli infrastruktura yaratish bilan bog‘liq operatsiyalar.
Bank aktivlarining tarkibi deyilganda balans yakuniga nisbatan har xil sifatdagi aktivlar salmog‘i tushuniladi. Bank aktivlari holati, dinamikasi, samaradorligi kabi masalalar doimiy ravishda tahlil etilmog‘i lozim. Shu bilan birga aktivlarning likvidliligi, daromadliligi va risklilik darajasi tahlili faoliyat muvoffaqiyatining garovi hisoblandi. Bank aktivlarining uning passivlari bilan mutanosibligini ta’minlash ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham bank aktivlari uning xodimlari, auditorlar va markaziy bank tomonidan o‘rganilib, tahlil qilib borishning davr talabi bo‘lib qoladi. Har qanday bank ham o‘zining aktivlarining tarkibini samarali shakllantirishda ma’lum bir muammolarga uchraydilar. Bank aktivlarining sifati, aktivlarning maqsadga muvofiq tuzilishiga, likvidligi, aktiv operatsiyalarning diversifi katsiyasiga, riskli aktivlarning hajmiga, muammoli va sifatsiz aktivlarning salmog‘i va aktivlarning o‘zgaruvchanlik sifatlariga bog‘liq masala hisoblanadi .
Banklarda kredit operatsiyalarini rasmiylashtirishda mijozlardan qabul qilingan kredit uchun arizani ro‘yxatga olishdan boshlanadi. Bank mijozlari tomonidan ariza bilan birgalikda kredit olish uchun to‘plangan hujjatlar (kredit paketi) kredit bo‘limiga topshiriladi. Bank tomonidan mijozlarni kreditlashda ularning arizalari mazmunidan kelib chiqib, kreditlash ob’ekt lariga ko‘ra, kreditning turlari bo‘yicha kredit hajmini, mazmunini, muddatlarini, kreditlash manbasini va shartlarini kredit siyosatiga muvofiq amalga oshiradilar. SHunga mos ravishda ulardan kredit olish uchun tegishli hujjatlarni talab qiladi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling