Mavzu : Qisqa muddatli kreditlash operatsiyalari hisobining tashkil etilishi


Download 0.93 Mb.
bet5/8
Sana14.10.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1702835
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu qisqa muddatli kredit

Overdraft - bank bilan uning mijozi o‘rtasida maxsus bitim tuzilib, shu bitimga asosan, mijozga uning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hisobvarag‘ida qolgan mablag‘dan ortiq summadagi to‘lovlarni amalga oshirishga ruxsat berilishidir.
SHartnomada overdraft qarzning eng katta summasi, kredit berish shartlari: kreditni qoplash tartibi, foiz darajasi belgilanadi. Overdraftda mijozning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hisobvarag‘iga kelib tushadigan barcha summa qarzni qoplashga yo‘naltiriladi. SHuning uchun qarz hajmi mablag‘ kelib tushgan sari o‘zgarib turadi, ana shunisi bilan overdraft kreditning boshqa turlaridan farqlanadi.
Overdraft qisqa muddatli kreditlash qoidalarida ko‘zda tutilganiga qaramay, tijorat banklari tajribasida overdraftni kontokorrentdan boshqa istalgan kredit turiga qayta rasmiylashtirish huquqi qo‘llanilmoqda.
Kontokorrent - mijozning barcha operatsiyalarini birga jamlashga imkon beradi. Kontokorrent hisobvarag‘i mijozning bankdagi kredit hisob-kitob xizmatini amalga oshirish uchun mo‘ljallangan yagona hisobvarag‘i bo‘lib, barcha operatsiyalar shu hisobvaraq bo‘yicha bajariladi. U kredit hisobvarag‘i va talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hisobvarag‘i alomatlarini o‘z ichiga jamlagan.
Kontokorrent hisobvaraqda bir tomondan tushumlar aks ettirilsa, ikkinchi tomondan kreditlar va to‘lovlar qayd qilinadi. Natijada debet saldo (qarz) ham, kredit saldo (mablag‘ning mavjudligi) ham vujudga kelishi mumkin. Kontokorrent hisobvarag‘i ochilganda qarz oluvchi mijozning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hisobvarag‘i yopiladi.
Bank kontokorrent hisobvarag‘i bo‘yicha kreditlash limiti kreditning chegaraviy miqdorini belgilaydi. SHu limit summasiga bankning kafolat majburiyati rasmiylashtiriladi uning shakli xuddi kredit nuli ochishdagidek bo‘ladi. Ushbu kredit mablag‘larini faqat mijozning asosiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan tovarlar va xizmatlarga sarflash mumkin. Boshqa barcha to‘lovlarga faqat kontokorrent qo‘llanilmaydi. Kreditning bu turi chet el tajribasida cheklar va kredit kartochkalari bilan hisob-kitob qilishda keng qo‘llaniladi.
Bank mijozi eng muhimi, kreditlashni tashkil qilish qoidalariga muvofiq, mijoz talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hisobvarag‘ida kredit saldosi bo‘lishini ta’minlashi lozim. Qarz oluvchining bankda depozit hisobvarag‘i bo‘lgan taqdirdagina qarzdorlikni saqlashga yo‘l qo‘yiladi, lekin uning salmog‘i depozit hisobvarag‘idagi mablag‘ summasidan ochmasligi kerak. Agar bankda mijozninig depozit mablag‘lari bo‘lmasa oy oxirida hisob-kitob varag‘ida qarz paydo bo‘lsa, qarzning miqdori qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, kreditlik qoplangunga qadar bank kredit berishni tugatishi lozim.
Demak, hisobot oyi oxirida mijozning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hisobvarag‘iida qarz paydo bo‘lgan bo‘lsa, navbatdagi oy boshida overdraft doirasida firma to‘lovlarni to‘lashga umid qilishi mumkin emas va aksincha, kreditni qoplash uchun mablag‘ izlashga tayyor bo‘lib turish lozim bo‘ladi. Bunday vaziyatdan chiqib ketishning yo‘li - overdraftni kreditning boshqa turiga qayta rasmiylashtirishni talab qiladi.
Qaytaruvchanlikning ta’minlanishi hamda shartnoma va me’yoriy hujjatlarda belgilangan kreditlash muddatiga rioya qilish sharti bilan bank overdraftni kontokorentdan boshqa istalgan kredit turiga qayta rasmiylashtirish huquqiga ega.
Kontokorent hisobvarag‘ida bir tomondan tushumlar aks ettiriladi, ikkinchi tomondan kreditlar va to‘lovlar qayd qilinadi. Natijada debet saldo, ya’ni qarz ham kredit saldo, ya’ni mablag‘larning mavjudligi ham vujudga kelishi mumkin.
Kontokorrent hisobvarag‘i ochilgan qarz oluvchi mijozning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hisobvarag‘i yopiladi. Bank kontkorrent hisobvarag‘i bo‘yicha kreditlash limiti kreditning chegaraviy miqdorini belgilaydi. SHu limit summasiga bankning kafolat majburiyati rasmiylashtiriladi. Kontokorrent hisobvarag‘i bo‘yicha foizlar debet qoldig‘i bo‘yicha ham, kredit qoldig‘i bo‘yicha bank foydasi va qarzdor foydasiga ham yoziladi. Debet qoldig‘i (qarz) bo‘yicha mijoz bankka kredit shartnomasiga ko‘ra, foizlarni to‘laydi. Kredit qoldig‘i (mablag‘ning mavjudligi) bo‘yicha bank qarzdorga hisob-kitob shartnomasiga muvofiq foizlarni to‘laydi.
Kontorrent hisobvaraqning amal qilish muddati bir yildan oshmasligi kerak, agar o‘n ikki oy o‘tgandan so‘ng qarzdor hisobvarag‘iga mablag‘ tushishini ta’minlashi lozim. Agar belgilangan muddat oxirigacha hisobvaraqda salbiy saldo saqlanib qolsa, kredit to‘liq qoplanguncha kredit berish to‘xtatib qo‘yiladi. Agar me’yoriy hujjatlar va kredit shartnomasining barcha shartlariga rioya qilingan bo‘lsa kontokorrent hisobvaraq bo‘yicha kredit berish tiklanishi mumkin.
Demak, banklarda 11900- 13300 gacha bo‘lgan balans hisobvaraqlarda qisqa muddatli kreditlar va 14300-15500 gacha bo‘lgan balans hisobvaraqlarda esa uzoq muddatli kreditlarning buxgalteriya hisobi yuritiladi5. Ushbu hisobvaraqning debetida mijozlarga berilgan kreditlar summasining ortishi, kreditida bank tomonidan berilgan kreditlarning qaytarilishi summasi aks ettiriladi.
Kreditlar maqomi bo‘yicha quyidagicha tasniflanadi:
-muddatli kreditlar - bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga ko‘ra, o‘z vaqtida qaytarilgan kreditlardir (kredit hisobvarag‘ining 4 va 5 raqami 01 bilan tugaydi (131 01).
- muddati o‘tgan kreditlar - bank va mijoz o‘rtasida tuzilgan kredit shartnomasiga ko‘ra, o‘z vaqtida qaytarilmagan kreditlar. Bu toifadagi kreditlar muddatsiz hisoblanib, imkoniyati bo‘lishi bilan undirib olinadi (kredit hisobvarag‘ining 4 va 5 raqami 05 bilan tugaydi (131 05).
- shartlari qayta ko‘rib chiqilgan kreditlar - o‘zaro qayta ko‘rib chiqilgan yoki qayta tuzilgan shartnomalarga asosan muddati, yangi foiz stavkasi yoki ta’minlanganlik holatiga qo‘shimcha talablar va shu kabi boshqa shartlarning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan kreditlardir (kredit hisobvarag‘ining 4 va 5 raqami 09 bilan tugaydi (131 09).
Muddati o‘tgan kreditlar bo‘yicha foizlar ko‘zda tutilmagan holatlar alohida hisobvaraqda hisobga olib boriladi va qarzdor kreditni qaytarayotganda foizlari ham birga undirib olinadi. Ushbu hisobvaraqlar boshqa banklarga va mijozlarga berilgan kreditlar summasiga debetlanadi. Bank tomonidan berilgan kreditlar qaytarilganda yoki muayyan kreditning maqomi o‘zgarishi munosabati bilan boshqa turga o‘tkazilayotganda va ushbu kreditlar bo‘yicha ko‘rilgan zarar qoplanayotganda tegishli kredit hisobvaraqlari kreditlanadi.
- berilgan kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi - ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar uchun zahiralar bankning daromadlari hisobidan yaratiladi (kredit hisobvarag‘ining 4 va 5 raqami 99 bilan tugaydi (131 99). Kredit berilgandan so‘ng, kredit bo‘limi xodimlari tomonidan kreditning maqsadli ishlatilishi doimiy monitoring qilib boriladi. Agar maqsadli ishlatilmaganligi aniqlangan taqdirda, mijoz bilan tuzilgan kredit shartnomasi bekor qilinishi va uning qaytarilishi bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.
Kredit berilayotganda korxonaning hisob-kitob hujjati to‘lanayotgan bo‘lsa, pul o‘tkazilishi lozim bo‘lgan mol sotuvchi yoki xizmat ko‘rsatgan korxona hisobvarag‘iga kredit summasi o‘tkaziladi. Pul tushirilishi lozim bo‘lgan korxonaga boshqa bank bo‘limi xizmat ko‘rsatsa kredit-summasi kredit berayotgan bankning vakillik hisobvarag‘i orqali tegishli bankga o‘tkaziladi va quyidagicha buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet 13101-Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar hisobvarag‘i,
Kredit 16103-Bosh bank/filliallaridan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar yoki 20200 –to‘lovni oluvchi mijozning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlar hisobvarag‘i.
Kredit berilgandan keyin mijozning depozit hisobvaraqlaridagi mablag‘lar harakati doimiy tahlil etib boriladi va uning moliviy hisobotlariga asoslanib, to‘lov qobiliyati ko‘rsatkichi tahlil qilinadi. Agar ushbu ko‘rsatkich pasayishi aniqlansa, bank tomonidan kredit uchun zaxira tashkil qilinadi6.
Kreditni qaytarish muddati tugagandan so‘ng kreditning qaytarilishi quyidagicha buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
Debet 20208 - Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari hisobvarag‘i,
Kredit 13101- Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar hisobvarag‘i.
Agar kredit shartnomasiga muvofiq, uni qaytarish muddatida mijozning talab qilib olunguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘ida etarli pul mablag‘lari bo‘lgan holda, ushbu kredit muddati o‘tgan kredit sifatida tan olinadi,
Debet 13105- Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan qisqa muddatli kreditlar,
Kredit 13101 – Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar hisobvarag‘i.
Berilgan kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlar uchun zahiralar bankning harajatlari hisobidan yaratiladi. Ushbu zahiralar qarzdorning moliyaviy holatini berilgan kreditning ta’minlanganligi va qaytmaslik xatarlarini baholash natijasida yaratiladi. Ushbu holatda, bank tomonidan zudlik bilan zaxira tashkil etiladi,
Debet 56802- “Kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni baholash”
Kredit 13199– Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) hisobvarag‘i.
Qaytarish muddati kelganda to‘lanmagan va shundan so‘ng 90 kun o‘tgandan so‘ng qaytib kelmagan kreditlar shartlari qayta ko‘rib chiqiladigan kreditlar balans hisobvarag‘iga o‘tkaziladi,
Debet 13109 -Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar,
Kredit 13105- Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan qisqa muddatli kreditlar hisobvarag‘i.
Agar qarzdor tomonidan olingan garov bilan ta’minlanmagan kredit qaytarilmasa yoki to‘liq qaytarilmasa, u holda ushbu kreditlar zararlar uchun tashkil qilingan zaxira hisobiga hisobdan chiqariladi:
Debet 13199– Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha ko‘rilishi mumkin bo‘lgan zararlarni qoplash zaxirasi (kontr-aktiv) hisobvarag‘i,
Kredit 13101 – Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar yoki 13105- Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan qisqa muddatli kreditlar yoki 13109 -Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar hisobvaraqlari.
Agar qarzdor tomonidan olingan garov bilan ta’minlangan kredit qaytarilmasa yoki to‘liq qaytarilmasa, u holda bank olingan kreditni garovga qo‘yilgan mol-mulk orqali undirish huquqiga ega. Undirib olish bo‘yicha garovga qo‘yilgan mol-mulk kim oshdi savdosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda sotiladi.
Garovga qo‘yilgan mol-mulkni sotishdan mablag‘lar kelib tushganda:
Debet 10301- Markaziy bankdagi vakillik hisobvarag‘i – Nostro yoki 160103 – Bosh bank/filiallardan filiallar va banklararo hisob-kitoblar bo‘yicha olinadigan mablag‘lar,
Kredit 29801 “Mijozlar bilan hisob-kitoblar” hisobvarag‘i.
Kreditlar bo‘yicha asosiy qarz va kredit uchun hisoblangan, lekin hali olinmagan foizlar qaytariladi.
a) Asosiy qarz qaytarilganda:
Debet 29801 - Mijozlar bilan hisob-kitoblar,
Kredit 13101 – Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar yoki 13105- Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan qisqa muddatli kreditlar yoki 13109 -Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar hisobvaraqlari.
b) Asosiy qarz to‘liq qaytarilgandan keyin, foizlar qaytarilayotganda:
Debet 29801 - Mijozlar bilan hisob-kitoblar,
Kredit 42601 -"Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar" hisobvarag‘i.
Olingan kredit garovga olingan mol-mulkni o‘z egaligiga olish yo‘li bilan qaytarilgan taqdirda, kreditning balans qiymatidan va garovga qo‘yilgan mol-mulkning haqqoniy qiymatidan qaysi biri eng kam bo‘lsa, o‘sha qiymat bo‘yicha uni sotish bo‘yicha qilingan xarajatlarni chegirgan holda, lekin qayta savdodagi dastlabki sotuv bahosidan 10% kam bo‘lmagan summada amalga oshiriladi. Bunda,
Debet 16701 – Kredit va lizing bo‘yicha garov hisobidan undirilgan mulk,
Kredit 13101 – Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar yoki 13105- Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan muddati o‘tgan qisqa muddatli kreditlar yoki 13109 -Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan shartlari qayta ko‘rib chiqilgan qisqa muddatli kreditlar hisobvaraqlari.
SHunday qilib, banklarda berilgan kredit operatsiyalarining buxgalteriya hisobini yuritish qonuniy va me’yoriy hujjatlarga asosan, shuningdek, bank tomonidan ishlab chiqilgan kredit siyosatida belgilangan shartlar bo‘yicha amalga oshirish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Tijorat banklari tomonidan mijozlarga berilgan kreditlar uchun shartnoma shartlari bo‘yicha har oyda foiz hisoblaydi va undirib oladilar7.
Foizli daromadlar va xarajatlarni tan olish mezonlari. Hisoblangan to‘lanadigan va olinadigan foizlar:
a) ular bilan qo‘shilgan har har qanday iqtisodiy foyda bank tomonidan olinish yoki sarflanish ehtimoli mavjud bo‘lganda;
b) modda ishonchli o‘lchanadigan qiymat yoki bahoga ega bo‘lganda buxgalteriya balansida tan olinishi lozim.
Banklar daromadlar va xarajatlarni hisobga olishda izchillik, ishonchlilik, aniqlik, to‘liqlik va o‘z vaqtidalilik bo‘yicha talablarni o‘z ichiga oladigan hisoblab yozish ususini qo‘llash kabi tamoyillarni qo‘llaydi.
Foizlarni tan olish tartibi. Foizlar buxgalteriya hisobining hisoblab yozish usuli bo‘yicha tan olinadi. Har bir oyda hisoblab yoziladigan va aks ettiriladigan foizlar ushbu oyda bank tomonidan sarflangan xarajatlarni aniq aks ettiradi.
Bank aktivlari bo‘yicha foizlarning o‘sishi to‘xtatilishi va ularni hisobdan chiqarish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibga muvofiq amalga oshiriladi8.
Kredit bo‘yicha foizli daromadni tan olish tartibi. Kredit bo‘yicha foizlar odatda har kuni yillik bazaviy davr - 365 kundan kelib chiqqan holda hisoblab yoziladi. (Kreditlarning muayyan turlari bo‘yicha 360 kun bazaviy davr qilib olinadi). Kredit bo‘yicha foizlar quyidagi formulaga binoan hisoblanadi:
so‘ndirilmagan qoldiq x foiz stavkasi x amaldagi kunlar soni
365
Hisoblab yozish shartnomada belgilangan foiz stavkasiga asoslanadi. Kredit bo‘yicha foizlar hisoblanganda,
Debet 16309 - “Kreditlar bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlar”,
Kredit 41400-44700 - “Kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar ”.
Kredit bo‘yicha foizlarning kelib tushish summasiga,
Debet 10101 -“Aylanma kassadagi naqd pullar” yoki bankning vakillik hisobvarag‘i yoxud mijozning hisobvarag‘i,
Kredit 16309 - “Kreditlar bo‘yicha olish uchun hisoblangan foizlar”.
Agar mijoz oy yakunlanishiga qadar kreditni qisman so‘ndirsa, unda bank asosiy qarz summasining haqiqatda so‘ndirilmagan qismiga foizlarni hisoblab yoziladi. Agar mijoz so‘ndirish muddati kelgunga qadar kreditni to‘liq to‘lab bersa, unda bank kredit bo‘yicha foizlarni haqiqatda foydalanilgan kunlar uchun hisoblab yoziladi.
Misol. 2018 yil 1 yanvarda AT «Asaka bank» «CHilonzor» filiali Kredit qo‘mitasining qaroriga asosan, «Sanobar» xususiy firmasiga 24% foiz yillik stavkasi bilan 50,0 mln. so‘m miqdorida qisqa muddatli kredit ajratdi. Kreditni qaytarish muddati 2018 yil 31 dekabr. Foizlar har oyning oxirida undiriladi va kredit asosiy summasi shartnoma muddati kelganda (31 dekabrda) to‘lanadi. 1 yanvardan boshlab bank kreditlar bo‘yicha foizlar hisoblash yuqoridagi formulaga muvofiq amalga oshiriladi, bunda:
(50 000 000 x 24%) / 365 = 32876,71 so‘m (bir kunlik foiz summasi), yanvar oyi uchun 32876,71 x 31 (haqiqatdagi kunlar soni) = 1019178,08 so‘mni tashkil etadi va buxgalteriya hisobi quyilagicha aks ettiriladi,
Debet 16309 - “Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar" - 1019178,08 so‘m,
Kredit 42601 -"Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar" hisobvarag‘i - 1019178,08 so‘m.
Hisobot oyi oxirida hisoblangan foizlar summasi 1019178,08 so‘mni tashkil etgan.
Foizlarni to‘lash kredit shartnomasi shartlariga muvofiq, hisobot davri so‘ngida har oyda amalga oshirilishi sababli, mijoz bankka uning depozit hisobvarag‘idan foizlarni echib olishga ko‘rsatma berdi9.
SHuning uchun 1019178,08 so‘m. miqdoridagi foizlarni to‘lash (31 kun davomida kreditdan foydalanganlik uchun foizlar) qarzdorning depozit hisobvarag‘idan echib olinganda,
Debet 20208 – “Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari” -1019178,08 so‘m,
Kredit 16309 – “Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar" hisobvarag‘i - 1019178,08 so‘m.
Ayrim holatlarda kredit olgan mijozlarning hisobvaraqlarida vaqtinchalik pul mablag‘larining harakati sekinlashishi yoki kreditorlardan olinishi lozim bo‘lgan mablag‘larining to‘lovi kechikt irishi sababli to‘lov qobiliyatida o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Bu holda mijozlarning yozma murojaati (arizasi) ga ko‘ra, oylik foiz to‘lovlari vaqtinchalik kechikt irilishi, moliyaviy aktivlarga foiz o‘stirmaslik tamoyilini qo‘llash orqali buxgalteriya hisobida tegishli yozuv bilan rasmiylashtirilishi mumkin10.
Foiz o‘stirmaslik – hisoblangan foiz daromadini to‘liq olish ehtimoli mutlaqo qolmagan yoki qarzning asosiy summasini to‘liq olish mumkin bo‘lmagan taqdirda, aktivga hisoblash usulini qo‘llashning to‘xtatilishi tushuniladi.
Banklar tomonidan kreditlar bo‘yicha foizlarni hisoblab borish quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
- aktivlar Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga muvofiq, substandart, dargumon va ishonchsiz turlarga tasniflanganda;
- aktiv MHXSga muvofiq qadrsizlanganda;
- asosiy summani qaytarish yoki uning foizini to‘lash muddati 60 kun va undan ortiq muddatga kechikt irilgan holda (qaytarish muddati bir yilgacha bo‘lgan foizli aktivlar bo‘yicha);
- asosiy summani qaytarish yoki uning foizini to‘lash muddati 90 kun va undan ortiq muddatga kechikt irilgan holda (qaytarish muddati bir yildan ko‘p bo‘lgan foizli aktivlar bo‘yicha).
Aktivlarga “foiz o‘stirmaslik” maqomini bergan paytdan boshlab, banklar tomonidan quyidagilar amalga oshirilishi:
- foizli daromadlarni balans hisobvaraqlarida hisoblash to‘xtatilishi;
- aktivga «foiz o‘stirmaslik» maqomi berilgandan so‘ng keyingi foizlar hisoblanishi ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilishi;
- ushbu aktivlar bo‘yicha keyingi to‘lovlar birinchi navbatda, hisoblangan, lekin olinmagan foizli daromadlarni, keyin esa, kreditning asosiy summasini qoplashga yo‘naltirilishi lozim.
Hisoblangan foizli daromadlar ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilganda,
Debet 42601 -"Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar" hisobvarag‘i,
Kredit 16309 – “Kreditlar bo‘yicha hisoblangan foizlar”.
Bir vaqtning o‘zida ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘ida,
Debet 91501 – “Berilgan kreditlar va lizinglar bo‘yicha hisoblangan foizlar”,
Kredit 96335 – “Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari kontr-hisobvarag‘i”.
Banklar foiz o‘stirmaslik maqomidagi kreditlar bo‘yicha foizlar hisoblashni faqat ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida amalga oshiradi. Banklar olinishi lozim bo‘lgan foizlar summasini ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga kiritish va keyin foizlar hisoblashni o‘rnatilgan tartibda shartnomaga muvofiq hisobda aks ettiradi.
Aktivlarga «foiz o‘stirmaslik» maqomini berish qarzdorlarni ushbu qarzlar bo‘yicha hisoblangan foizlarni, shuningdek, ularga «foiz o‘stirmaslik» maqomi berilgandan keyin ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida hisoblangan foizlarni to‘liq to‘laydilar. Agar qarz oluvchi yoki emitent foiz o‘stirmaslik maqomida bo‘lgan yoki ushbu maqom beriladigan darajada tasniflangan yoki boshqa aktivlarga ega bo‘lsa, bu holat mazkur aktivning foiz o‘stirmaslik maqomida qolishi uchun etarli dalil bo‘lib hisoblanadi.
Bank kredit qo‘mitasi foiz o‘stirmaslik maqomida bo‘lgan barcha foizli aktivlar (ssudalar, qarz qimmatli qog‘ozlar yoki boshqa moliyaviy vositalar) bo‘yicha o‘stirish maqomini tiklashni tasdiqlaydi. Ushbu qaror yozma shaklda rasmiylashtiriladi.
Ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlariga o‘tkazilgan va yozilgan muddati o‘tgan foizli daromadlar tushganda, balans hisobotida hamda daromadlar va zararlar to‘g‘risidagi hisobotda quyidagi buxgalteriya yozuvi amalga oshiriladi:
Debet 10101 “Aylanma kassaning kassa naqd puli” yoki mijozning depozit hisobvarag‘i
Kredit 42601 -"Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar bo‘yicha foizli daromadlar" hisobvarag‘i.
Bir vaqtning o‘zida ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvarag‘ida,
Debet 96335 – “Aktivlar bo‘yicha foizlar va vositachilik haqlari kontr-hisobvarag‘i”,
Kredit 91501 – “Berilgan kreditlar va lizinglar bo‘yicha hisoblangan foizlar”.
Xulosa qilish mumkinki qisqa muddatli kreditlash ishlarini tashkil etishda banning o’z likvidligi va risk darajasini hisobga olish maqsadga muvofiqdir.


Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling