project.gov.uz
06.03.2023
1
ЕДИНАЯ ЭЛЕКТРОННАЯ СИСТЕМА РАЗРАБОТКИ И
СОГЛАСОВАНИЯ ПРОЕКТОВ НОРМАТИВНО-
ПРАВОВЫХ АКТОВ
Проект
ЎЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ ПРЕЗИДЕНТИ ФАРМОНИ
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA
OʻZGARTIRISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
PFL-46/23-2
OʻZBEKISTON
RESPUBLIKASI PREZIDENTINING
FARMONI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING AYRIM HUJJATLARIGA
OʻZGARTIRISH va qoʻshimchaLAR KIRITISH TOʻGʻRISIDA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 23
yanvardagi “Savdo-sanoat
palatasi
faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 15-son Qaroriga
muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va
1.
qoʻshimchalar kiritilsin.
Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.
2.
Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi
P r e z i d e n t i
Sh.Mirziyoyev
project.gov.uz
06.03.2023
2
O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining
2023-yil “__
” ________ dagi
PF-______-son Farmoniga
Ilova
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va
qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-iyundagi “Biznesning
qonuniy
manfaatlari davlat tomonidan muhofaza qilinishi va tadbirkorlik faoliyatini yana-da rivojlantirish tizimini
tubdan takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5087-son Farmoni birinchi bandi “g”
kichik bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “viloyatlar markazlari, tumanlar va shaharlarda Tadbirkorlikka
ko‘maklashish markazlari” so‘zlari “Palata hududiy boshqarmalari, tumanlar va shaharlar bo‘limlari”
so‘zlari bilan almashtirilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-oktyabrdagi “Tashqi beg‘araz ko‘mak
mablag‘larini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PF-5848-son Farmonining ikkinchi bandi quyidagi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan
to‘ldirilsin:
“Davlat organlari va idoralar tomonidan tadbirkorlikka oid barcha tashqi beg‘araz ko‘mak
loyihalarini amalga oshirishda Savdo-sanoat palatasi loyiha hamkori sifatida jalb qilinadi”.
3.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi
Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi
PQ-3068-son Qarorining:
a) birinchi bandi chiqarib
tashlansin;
b) ikkinchi bandi quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“qonunchilikda belgilangan tartibda davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalar”.
v) oltinchi — sakkizinchi xatboshilar tegishincha yettinchi — to‘qqizinchi xatboshilar deb
hisoblansin;
g) uchinchi banddagi “Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlarida” so‘zlari “Palataning tuman
(shahar) bo‘limlarida” so‘zlari
bilan almashtirilsin;
d) to‘rtinchi band ikkinchi xatboshidagi “Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari,
shuningdek, ularning tuman, shahar bo‘linmalari” so‘zlari “tuman (shahar) bo‘limlarida” so‘zlari bilan
almashtirilsin;
ye) to‘rtinchi band uchinchi xatboshidagi “Tadbirkorlikka ko‘maklashish markazlari” so‘zlari
chiqarib tashlansin;
yo) beshinchi band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi o‘z manfaatlari va tadbirkorlik
subyektlarining manfaatlari himoyasida O‘zbekiston Respublikasi sudlariga
taqdim etadigan ariza,
murojaat, shikoyat va daʼvolari uchun davlat boji to‘lovlaridan ozod qilinsin”.