Davlat organlari va idoralar tomonidan
tadbirkorlikka oid barcha tashqi begʻaraz koʻmak
loyihalarini amalga oshirishda Savdo-sanoat palatasi loyiha
hamkori sifatida jalb qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil
23-yanvardagi “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini
yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha
chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 15-son Qarori 5-
bandiga koʻra,
davlat organlari va idoralar
tomonidan tadbirkorlikka oid barcha begʻaraz
koʻmak loyihalarini amalga oshirishda Savdo-
sanoat palatasi loyiha hamkori sifatida jalb
etilishi nazarda tutilgan.
Shundan kelib chiqqan holda, mazkur tartibni
amaldagi qonunchilikda ham belgilash, shuningdek
Palatani loyiha hamkori sifatida jalb etish
mexanizmini aniqlashtirish maqsadida
ushbu
Farmonga tegishli oʻzgartirishlar kiritilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-iyundagi
“Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish toʻgʻrisida”gi
PQ-3068-son Qarori
1.
1. Yangilangan quyidagi:
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining tashkiliy
tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi ijroiya
qoʻmitasining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent
shahridagi hududiy boshqarmalari namunaviy tuzilmasi 3-
ilovaga muvofiq;
tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlarining tuman va
shahar boʻlinmalari namunaviy tuzilmasi 4-ilovaga muvofiq
maʼqullansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi
Do'stlaringiz bilan baham: |