Loyiha matni 76388-(76611)


tomonidan ajratiladigan subsidiyalar


Download 196.39 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/11
Sana14.03.2023
Hajmi196.39 Kb.
#1266833
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Loyiha matni - 76388-(76611)

tomonidan ajratiladigan subsidiyalar;
vaqtincha boʻsh turgan mablagʻlarni tijorat banklarining
depozitlariga va boshqa moliyaviy vositalarga joylashtirishdan
tushadigan daromadlar;
pullik xizmatlarni taqdim etishdan olingan daromadlar;
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil
23-yanvardagi “Savdo-sanoat palatasi faoliyatini
yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha
chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 15-son Qarori 2-
bandiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi huzuridagi Nodavlat notijorat tashkilotlarni
va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini
qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi hamda
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi,
xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar
Kengashlari huzuridagi Nodavlat notijorat
tashkilotlarni va fuqarolik jamiyatining boshqa
institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondlari
hisobidan Palataning asoslangan hisob-
kitoblariga muvofiq, mos ravishda Palata va
uning hududiy boʻlinmalariga davlat subsidiyasini
ajratish tizimi joriy etilishi belgilanmoqda.
Shu bois, PQ-3068-son Qaror 2-bandiga tegishli
qoʻshimcha kiritilmoqda.
3
3. Belgilansinki, Tadbirkorlikka koʻmaklashish markazlarida
zarur maydonlar ajratib berish orqali, quyidagi xizmat turlari
majburiy tartibda taqdim etiladi:
fuqarolarning shaxsiy biznesini tashkil etish va yuritish
koʻnikmalari, jumladan, loyiha biznes-rejasini tayyorlash,
soliqqa tortishning turli rejimlarini toʻgʻri tanlash va qoʻllash,
biznes yuritishning huquqiy asoslari va buxgalteriya hisobini
oʻzlashtirishga koʻmaklashish, tijorat banklari bilan oʻzaro
hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga oʻqitish;
bank, lizing, sugʻurta, auditorlik, konsalting, buxgalteriya,
baholash, rieltorlik va bozor infratuzilmasi subyektlarining
boshqa xizmatlari;
nizolarni sudgacha tartibga solish va arbitraj muhokamalari
boʻyicha xizmatlar;
yangi tadbirkorlik subyektlari uchun doimiy asosda faoliyat
yuritadigan minitexnologiyalar va uskunalar koʻrgazmalarini
tashkil etish;
biznes-markaz xizmatlari, jumladan, muzokaralar va biznes-
seminarlar oʻtkazish uchun binolar taqdim etish.
3. Belgilansinki, Palataning tuman (shahar) boʻlimlarida zarur
maydonlar ajratib berish orqali, quyidagi xizmat turlari majburiy
tartibda taqdim etiladi:
fuqarolarning shaxsiy biznesini tashkil etish va yuritish
koʻnikmalari, jumladan, loyiha biznes-rejasini tayyorlash, soliqqa
tortishning turli rejimlarini toʻgʻri tanlash va qoʻllash, biznes
yuritishning huquqiy asoslari va buxgalteriya hisobini
oʻzlashtirishga koʻmaklashish, tijorat banklari bilan oʻzaro
hamkorlikni yoʻlga qoʻyishga oʻqitish;
bank, lizing, sugʻurta, auditorlik, konsalting, buxgalteriya,
baholash, rieltorlik va bozor infratuzilmasi subyektlarining
boshqa xizmatlari;
nizolarni sudgacha tartibga solish va arbitraj muhokamalari
boʻyicha xizmatlar;
yangi tadbirkorlik subyektlari uchun doimiy asosda faoliyat
yuritadigan minitexnologiyalar va uskunalar koʻrgazmalarini
tashkil etish;
biznes-markaz xizmatlari, jumladan, muzokaralar va biznes-
seminarlar oʻtkazish uchun binolar taqdim etish.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil
19-iyundagi PF-5087-son Farmoni 1-bandiga
kiritilayotgan oʻzgartirishlarga keltirilgan asos.
4
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi
Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni
rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Yer
resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat
qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy va kommunal
xizmat koʻrsatish vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-
sanoat palatasi bilan birgalikda:
bir oy muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va
Toshkent shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat
palatasining hududiy boshqarmalarini joylashtirish uchun
binolarga boʻlgan ehtiyoj, shuningdek, Oʻzbekiston
Respublikasi Savdo-sanoat palatasiTadbirkorlikka

Download 196.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling