11-mavzu. Axloq falsafasi


Download 157.21 Kb.
bet1/5
Sana08.11.2023
Hajmi157.21 Kb.
#1756093
  1   2   3   4   5
Bog'liq
11-MAVZU


11-mavzu. Axloq falsafasi (Etika)
Reja:
1. Etikaning mohiyati va ahamiyati.
2. Ixtiyor erkinligi va axloqiy tanlov.
3. Etika turlari. Etikada ijtimoiy adolat tamoyili.
4. Siyosat va axloq o‘rtasidagi munosabat.
5. Davlat tashkilotlari va davlat xizmati tizimidagi kasbiy etika.

Etikaning mohiyati va ahamiyati. Etika (grekcha ethik, ethos – odat, fe’l-atvor) – axloq, odobni o‘rganuvchi falsafa ilmidir. Iqtisodiy etika kasbiy etikaning o‘ziga xos ifodasidir. Hozirgi paytda iqtisodiy etika muammolariga ko‘p e’tibor berilsa-da, ammo u turlicha ta’riflanmoqda. Ko‘p hollarda «iqtisodiy etika» tushunchasi bilan bir qatorda «ish etikasi», «biznes etikasi», «tadbirkorlik etikasi», «bozor etikasi» kabi tushunchalar ham ishlatilmoqda. Biznes etikasiga oid zamonaviy tadqiqotlarda nemis faylasufi Kant yoki Millarning fikr va g‘oyalarini hisobga olmaganda etika rivojining tarixiy tafsilotlari keltirilmaydi. Iqtisodiy etika – qadimgi fan. Unga birinchi bo‘lib o‘zining «Etika», «Nikomax etikasi», «Siyosat» kabi asarlari bilan Aristotel asos solgan. Aristotel bu asarlarida xususiy mulk, sanoat va qishloq xo‘jaligi hamda ishlab chiqarish sohalariga bog‘liq bo‘lgan savdo, sudxo‘rlik va pul haqida so‘z yuritadi. Aristotel iqtisodiyotni iqtisodiy etikadan ajratmagan. Ishbilarmon tadbirkorlar yaxshi odam bo‘lishi mumkin, degan fikr kapitalizm sharoitida axloqiy vaziyatning muhim g‘oyalaridan biri bo‘ldi. Ikkinchi g‘oya esa iqtisodiy muvaffaqiyat va ijtimoiy farovonlik orasidagi bog‘liqlikni yangicha tushunish bo‘ldi. Kapitalizmgacha barcha foyda chayqovchilikning oqibati deb qaralardi. Shuning uchun ham foyda ko‘rish axloqiy jihatdan qoralanardi. Kapitalizm «pul qilishning» axloqiy tomonini ochib berdi. Ishlab chiqarish etikasining bevosita qonuni sifatida barcha resurslarning tejalishi tushuniladi. Bozor iqtisodiyoti vaqt omilidan xoli bo‘la olmaydi. Bu borada amerikalik millioner G. Fordning axloqiy-iqtisodiy qarashlari hozirgi kunda ham amaliy ahamiyatga ega. Iqtisodiy (biznes, bozor) etika – bu tadbirkorning barcha xulq qoidalari majmuasi, uning ish uslubiga, biznes ishtirokchilari o‘rtasidagi munosabatlariga jamiyat tomonidan qo‘yiladigan talablar majmuasidir. Shu bilan birga – bu tadbirkorning amaliy ehtiyojlariga moslashtirilgan axloqiy qoidalar to‘g‘risidagi tushunchalar, ishbilarmon odamning ish uslubi va qiyofasini belgilaydigan talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlardir. Biznes etikasi – bu etik usullarni qo‘llash orqali hamkorlar bilan muzokaralar, raqobat, hujjatlarni tayyorlash va boshqa jihatlaridir.


Qadimgi yunon faylasufi Aristotel o‘z davrida mavjud fanlarni ta’riflarkan, ularni uchta guruhga ajratadi: nazariy fanlarga falsafa, matematika, fizikani; ijodiy fanlarga san’at, badiiy hunarmandchilikni; amaliy fanlarga esa etika va siyosatni kiritadi. Shu tariqa Etika falsafa doirasidan ajralib chiqadi va mustaqil fan sifatida shakllana boshlaydi. Hozirgi vaqtda «Etika» ijtimoiy-falsafiy fanlar tizimida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lgan fandir. «Etika» (axloqshunoslik)–axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari, jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqidagi fandir. U boshqa ijtimoiy fanlar singari o‘z qonunlari va kategoriyalariga ega bo‘lib, ular orqali o‘z xulosalarini bayon qiladi. «Axloq» so‘zi aslida arabcha so‘z bo‘lib, xulq-atvor, yurish-turish, tarbiya degan ma’nolarni anglatadi. Hozirgi vaqtda bu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha jarayonlarning majmuini aks ettiradi. Jamiyatning axloqiy hayoti deb kishilarning ijtimoiy, siyosiy va xuquqiy faoliyatida, oilasida va kundalik turmushida yuzaga keladigan o‘ziga xos munosabatlari shakliga aytiladi. Axloq tushunchasini ikki xil ma’noda ko‘rish mumkin: axloq umumiy tushuncha sifatida etikaning tadqiqot ob’ektini anglatsa, yakka tushuncha sifatida inson fe’l-atvori va xattiharakatining o‘ziga xos ko‘rinishini anglatadi. Xususan «odob», «xulq-atvor» ma’nolarida ham ishlatiladi. Aslida «axloq» va «odob» tushunchalari bir-biridan mazmun jihatidan farq qiladi.
A. Sher «Axloqshunoslik» kitobida ko‘rsatishicha, «Odob-inson haqida yoqimli taassurot uyg‘otadigan, lekin jamiyat va insoniyat hayotida u qadar muhim ahamiyatga ega bo‘lmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli xatti-harakatlarni o‘z ichiga oladi. Axloq esa–jamiyat, zamon insoniyat tarixi uchun namuna bo‘la oladigan ijobiyz xattiharakatlar yig‘indisidir» Axloqning negizini jamiyatning tarkibiy tuzilishi, xususan, undagi mulkiy munosabatlar, mehnat taqsimoti, aholining yoshi va ularning ehtiyoj va manfaatlari belgilaydi. Binobarin,
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyotining asosini xilma-xil shakllardagi mulklar tashkil etayotgan bir vaqtda, uni rivojlantirishning ma’naviy-axloqiy negizlarini: - umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik; - xalqimizning ma’naviy merosini mustahkamlash va rivojlantirish; - insonning o‘z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi; - vatanparvarlikni tashkil qiladi. Shubhasizki, ana shu negizlar asosida O‘zbekiston xalqlarining yangicha mazmundagi ma’naviy-axloqiy dunyosi shakllanadi va qaror topadi. Bu esa, o‘z navbatida xalqimiz axloqining negizini belgilab beradigan asosiy omillardan biri hisoblanadi. Axloqning jamiyat xayotida tutgan o‘rni u bajaradigan funksiyalar bilan belgilanadi.
Etika axloqshunoslikning falsa-fiynazariy muammolarini va axloqqa doir didaktik-amaliy asarlarni o’z ichiga oladi. U insoniyat o’z tajribasi orqali erishgan donishmandlik namunalarini hikoyatlar, hikmatlar, naqllar, maqollar tarzida bayon etadi, kishilarga axloqning mohiyatini tushuntirib, falsafiy xulosalar chiqaradi, ularga axloqiy qonunqoidalarni o’rgatadi. Etikaning quyidagi mezoniy tushunchalari — kategoriyalari bor: fazilat va illat, yaxshilik va yomonlik, halollik, rostgo’ylik, kamtarlik, adolat, burch, vijdon, nomus, ideal, baxt, hayotning ma’nosi va boshqalar axloq inson va jamiyat hayotining barcha (shaxsiy, jamoaviy, kasbiy va hokazolar) jabhalarini qamrab olganligi tufayli uni o’rganuvchi Etika barcha fanlar bilan aloqador. Ayniqsa, uning ma’naviyat tizimidagi fanlarga ta’siri katta. Etikaning estetika bilan bog’liqligi san’at vositasida ro’y beradi; har bir san’at asarida axloqning dolzarb muammolari ko’tariladi, san’atkor o’z davri axloqiy darajasini va unga munosabatini badiiy qiyofalar orqali bevosita yoxud bilvosita aks ettiradi. Demak, estetika o’rganayotgan har bir badiiy asar ayni paytda Etika nuqtai nazaridan ham tadqiq etilayotgan bo’ladi. Etikaning dinshunoslik bilan munosabati har ikkala fanning axloqiy mezonlar muammosini hal etishga qaratilgani bilan bog’liq. Bunda din — vosita, axloq — maqsad tarzida namoyon bo’ladi. Har bir dinning muqaddas kitobi Xudoning bandalarini ham e’tiqodiy, ham axloqiy insonlar qilib tarbiyalashga yo’naltirilgan. Shuningdek, komil inson muammosi har ikkala fan uchun umumiy hisoblanadi; farq shundaki, Etika bu muammoga zamonaviy tarbiya nuktai nazaridan yondashadi. Etika huquqshunoslik bilan chambarchas bog’liq; ko’p hollarda axloqiy va huquqiy me’yorlar mohiyatan bir xil bo’ladi, ular faqat yondashuvda — sanktsiyalarning joriy etilishidagi usul orqali farqlanadi. Shunga ko’ra, axloqni jamoatchilik asosidagi huquq, huquqni esa qonuniylashtirilgan axloq deb atash mumkin. Etikaning huquqshunos odobi deb atalgan maxsus sohasi ham mavjud. Etika o’zining nazariy va ayniqsa, amaliy jihatlari bilan pedagogika fanining asosi hisoblanadi; ta’lim tizimidagi ta’lim-tarbiya o’zini har qadamda axloqiy tarbiya sifatida namoyon qiladi. Shuningdek, Etika psixologiya, sotsiologiya, siyosatshunoslik, ekologiya kabi qator fanlar bilan ham mustahkam aloqador, ular muammolarini hal qilishda axloqiy nuqtai nazar, axloqshunoslik nazariyalari muhim ahamiyatga ega. Etikaga doir dastlabki tushunchalar shumerliklarning «Me» qonunlar majmuida uchraydi. Undagi «namlul» tushunchasi insonparvarlik, ezgulik ma’nolarini anglatgan. Bobil podshosi Xammurapi qonunlarida, «Pxatoten o’gitlari», «Misr mayyitlar kitobi», Avesto kabi qadimiy yodgorliklarda axloqiy tamoyillar va me’yorlar qonunlar, e’tiqodiy da’vatlar shaklida berilgan; Hindistonning «Manuqonunlari», «Dhammapada», «Patanjali» kabi yodgorliklarida esa pandnoma va hikmat usuli ustuvor. qadimiy Xitoy daochidonishmandlari insonni tabiatning bir qismi sifatida olib qaraydilar va uning vazifasi fazilat yo’lidan borish ekanini, barcha yovuzliklar, baxtsizliklar insonning tabiat joriy etgan qonunlardan chekinishi oqibati ekanini ta’kidlaydilar. Konfutsiy va uning izdoshlari fazilat egasi bo’lishni urf-odatlarga so’zsiz bo’ysunishda ko’radilar. qadimiy Sharqdagi, xususan, Misr va Hindistondagi axloqiy g’oyalar, qarashlar antik davr estetikasiga ilmiynazariy asos bo’ldi; yunon mutafakkirlari Sokrat va Platon qarashlarida ilohiylik axloqning asosi, insonga axloqiylik azaldan berilganligi ta’kidlansa, Aristotel inson kamolotga bilish faoliyati, voqelikka faol munosabati orqali, hirsu ehtiroslar ustidan hukmronlik qila olishi tufayli erishadi, deydi. Tsitseron, Seneka, Epiktet singari qadimiy Rim axloqshunoslarining qarashlarida esa qullik, erk, hayotning ma’nosi, baxt muammolari o’rtaga tashlanadi. O’rta asrlar Etikasida qadimgi Sharq mutafakkirlari (Roziy, Forobiy, Ibn Sino, Ibn Rushd) asarlari va fiqhiy tasavvufiy yo’nalishlarda Abu Lays Samarqandiy, G’azzoliy, Rumiy, Aziziddin Nasafiy, Navoiy, Koshifiy tomonidan yozilgan kitoblar Etika taraqqiyotiga katta hissa bo’lib qo’shildi; Uyg’onish davri faylasuflari o’z axloqiy qarashlarida ulardan samarali foydalandilar (Valla, Monten). Bu ta’sirni yangi davr axloqshunosligida ham yaqqol sezish mumkin; Gobbs, Spinoza, Gelvesiy, Golbax, Russo kabi ma’rifatchilar axloqning shaxs va jamiyat hayotidagi o’rniga, demokratik o’zgarishlarning axloqiy ildizlariga e’tiborni qaratdilar. Bu davrda nemis mumtoz axloqshunosligi alohida ahamiyatga ega bo’ddi; u bir tomondan rasional nazariyalarni (Kant, Shiller, Fixte, Shelling, Gegel, Feyerbax), 2-tomondan, noratsional qarashlarni (Kerkegor, Shopengauer, Nisshe) o’rtaga tashladi; Kant burchga asoslangan imperativ (qat’iy amr) g’oyasini ilgari surdi, Gegel axloqning miqyosiyligini, huquqning asosi, jamiyatning qoni va joni ekanini, Feyerbax axloqiy hatti-harakatlarda hissiyotning, ayniqsa, muhabbat hissining ahamiyatini ta’kidladilar. Norasional yo’nalish tarafdorlari insonni tushunchalar (aql) yordamida bilish mumkin emasligini, yovuzlikning ezgulikdan g’olib kelayotganligi axloqsizlikni axloqiy niqob bilan berkitishga doimiy urinish bilan bog’liqligiga, inson ixtiyor iskanjasida, manfaat va hukmronlik yo’lida hech narsadan toymaydigan jonzotga aylanib borayotganiga diqqatni qaratdilar. 19-asrning 2-yarmi — 20-asr boshlaridagi rus mumtoz axloqshunosligi axloqiylikni diniylik bilan yaxlitlikda olib qaradi (V.Solovyov, F.Dostoevskiy, N.Berdyaev, B.Visheslavtsev), ezgulik bilan yovuzlikning dialektik aloqadorligi masalasini o’rtaga tashladi. Etik tafakkurlar tarixida axloq tabiati haqidagi turli ta’limotlar vujudga kelgan. Hozirgi paytda g’ayrizo’ravonlik axloqshunosligi (Gandi, King, Sharp, Guseynov) muhim ahamiyatga ega. U yovuzlikka qarshi zo’ravonlik ishlatmasdan kurashishni tavsiya etadi — terror qilish, qon to’kish, isyon ko’tarish bilan emas, muhabbat, kechirimlilik, yuksak axloqiylik, ezgu ixtiyor va Iroda vositasida ish tutish lozim. Shuningdek, bugungi kunda hayotga ehtirom yoki universal Etika (A.Shveytser), yangi tasavvuf Etikasi (M.Qutqu, M.Jo’shon) insoniyat oldiga dolzarb axlokiy vazifalarni qo’ymoqda. Hayotga ehtirom insondan mavjudlikdagi har bir jonzotga — o’simlikka ham, hayvonlarga ham o’z hayoti kabi oliy qadriyat deb qarashni talab etsa, yangi tasavvuf axloqshunosligi industrial jamiyatda nafsga qarshi kurashishning muhimligini isbotlab beradi. Endilikda Etika oldida qator global muammolar turibdi; insoniyat hozir noosfera (texnikaviy muhit)da yashab, biosfera (biologik muhit)dan tobora uzoqlashib bormoqda, inson tafakkuri vujudga keltirgan fantexnika taraqqiyoti endilikda insonning o’ziga, uning mavjudligiga qarshi xavf sifatida ham maydonga chiqmoqda: atom, vodorod, neytron bombalarning, yadroviy kallakli ballistik raketalarning yaratilishi, olamiy okeanning, yer osti va yer usti suvlarining zaharlanishi kabi hodisalar ekologik tozalikdan ham ko’ra axloqiy poklikni talab qilmoqda. Klonlashtirish, bir inson a’zosini boshqa insonga ko’chirib o’tkazish, evtanaziya (bemorning o’z o’limini tezlashtirish to’g’risidagi iltimosini qondirish) va boshqalar muammolar ham axloqiy aralashuvga muhtoj. O’zbek milliy Etikasi boshqa falsafiy fanlar kabi mintaqaviy tabiatga ega bo’lib, uning ildizlari Avestot borib taqaladi. Avestoda ilgari surilgan 3 fazilat — ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal yaxlitligidan iborat axloqiy g’oya barcha davrlar o’zbek Etikasi uchun umumiy tadqiqiy asos bo’lib keldi. Tasavvufiy Etikada mazkur yaxlitlik 4 fazilat yaxlitligi (ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal va ma’rifat) shaklida namoyon bo’ldi (Aziziddin Nasafiy, Koshifiy). Naqshbandiya tariqati axloqshunosligida esa asosiy e’tibor insonning zamon va makondagi roliga, axloqiy hatti-harakatning zamon ehtiyojlarini hisobga olishi, ilohiy va insoniy fazilatlarning uyg’unligi masalasiga qaratildi (Bahouddin Yaaqshband, Alisher Navoiy). O’rta asrlar o’zbek Etikasida nazariy fikrlar bilan pandnoma usulidagi hikoyatlar omuxtaligi ko’zga tashlanadi (Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Yassaviy, Poshshoxoja). Bu jihatdan Temuriylar davridagi pandnomalar, ayniqsa, Navoiyning «Mahbub ulqulub» asari noyob hisoblanadi. Keyingi davrlardagi eng e’tiborli pandnoma Gulxaniyning «Zarbulmasal» asaridir. Jadidchilik harakati davrida axloqshunoslikka e’tibor yanada kuchaydi; jadidlar milliy ozodlikka erishish yo’lini xalq axloqiy darajasini va ma’rifatni yuksaltirishda ko’rdilar; Anbar Otinning «qarolar falsafasi», Avloniyning «turkiy Guliston yoxud axloq», Fitratnining «najot yo’li», «oila» asarlarida shaxs axloqiy hayotining jamiyat taraqqiyotiga ta’siri, yangicha turmush tarzining axloqiylik bilan bog’liqligi masalalari ko’tarildi. Axloqiylikni sinfiylik va partiyaviylik kabi tamoyillarga bo’ysundirgan sho’rolar davri Etikasi soxta fan sifatida o’z vazifasini o’tay olmadi. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng, kechmish axloqiy qadriyatlari, an’anaviy urf-odatlar, milliy va axloqiy tamoyil hamda me’yorlar jamiyatda o’z o’rnini egallagach, Etika fani ham taraqqiyot yo’liga kirdi, Etika tarixi va nazariyasiga doir yirik tadqiqotlar e’lon qilindi.
Etika “ Falsafa” fanining ajralmas qismi bo’lib, ijtimoiy ongning o‘ziga xos
shaklidir. Etika jamiyatning ishlab chiqarish munosabatlarini aks ettiruvchi, jamiyatning umumiy, ma’naviy hayot darajasini ifodalovchi his, tuyg‘u, g‘oya va qarashlarning majmuidir. Ijtimoiy ong jamiyatdagi siyosiy, huquqiy, axloqiy, falsafiy, diniy, estetik qarashlar kechinmalar shaklida namoyon bo‘ladi. Talabalar
bu falsafiy kategoriyalarning mohiyatini bilib olishlari kerak.
Axloqiy - xulqiy qoidalar, etika nazariyalari ijtimoiy ongning boshqa shakllari bilan chambarchas aioqada, bog‘lanishda, munosabatdadir. Axloq - xulq qoidalari, siyosat, huquq, falsafa bilan ayniqsa yaqin va o'zaro aloqadadir. Axloq-xulq, estetik, pedagogik bilimlar tibbiy xususan, gigiyena bilan aloqadadir. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, albatta har qaysi ijtimoiy ong shakllarining o‘ziga xos xususiyati, vazifalari bor. Biroq, ular bir-biri bilan hamroh. Umumiy mushtarak vazifa-tarbiya vazifasini yechishga xizmat qiladi. Falsafa etikaning ilmiy-metodologik sohalarini tashkil etadi. Axloqiy ong ijtimoiy hayot bilan chambarchas bog‘liqdir. Inson ijtimoiy hayotdan tashqarida ekan, unda axloqiy ong shakllanmaydi, chunki u shaxs bo’la olmaydi. Etika ijtimoiy muhit asosida tabiatda, janiiyatda va inson tafakkurida sodir bo'layotgan jarayonlardan falsafiy xulosalar chiqaradi. Axloq ijtimoiy hodisa bo'lib, o‘z mazmunini axloqiy ong, axloqiy qarashlar, axloqiy munosabat, axloqiy tarbiya kabi tushunchalar orqali ifodalab boradi. Axloqiy ideal orqali o‘z maqsadi, orzu-istaklarini ro‘yobga chiqarishni maqsad qilib qo'yiladi. Axloqiy kishilardagi axloqiy qarashlar, g‘oyalar, ichki kechinma va hissiyotlaming darajada anglanganligi aniqlanadi. Demak, Etika “ Falsafa” fanining ajralmas qismi sifatida shakllanib, ijtimoiy taraqqiyotda o‘zining mazmuni va mohiyatini kengaytirib boradi. Chunki, unga ijtimoiy muhitning ta’siri bo'ladi. Axloq ijtimoiy ongning shakllaridan biri bo‘lib, ijtimoiy hayotdagi barcha jabhalarini qamrab oladi, hayotda
to'plangan tajribalar asosida uni boyitib boradi, jamiyatning ijtimoiy kamolotini tasavvur qilish mumkin emas. Uning mazmunida barkamol avlodni tarbiyalash vazifa qilib qo'yiladi.
Hozirgi kunda Etika umumjahon global muammmolarni hal qilishda katta ahamiyat kasb yetmoqda. Bu muammolardan biri axloqiy muhit - “ etosferani” yaratishlikdir. XIX asr oxiri va X X asr boshlarida ilmiy-texnika taraqqiyoti, uning yuksak bosqichi bo'lish ilmiy-texnika inqilobi natijasida biosfera (hayot qobig'i) ichida noosfera (aql qobig‘i) - texnikaviy muhit yaratildi. Bugun texnika insonlaming yashash muhitiga aylanib qoldi. Hozirgi kunda inson o‘zi yashayotgan butun boshli sayyoraga o‘z ta’sirini ko'rsata boshladi. Inson birinchi marta ulkan geologik kuch bo‘lib maydonga chiqdi. Insoniy tafakkur biosferadagi o‘zgarishlarning asosiy sababiga aylandi. Yaratilayotgan kashfiyotlarning ijobiy tomonlari bilan birga salbiy oqibatlarga olib kelishi ham e’tibordan chetda qolmadi. Atom, vodorod, neytron bombalarining kashf etilishi, yadro tallaqli yadrolarning yaratilishi ana shunday salbiy hodisadir.



Download 157.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling