11-mavzu. Axloq falsafasi


Siyosat va axloq o‘rtasidagi munosabat


Download 157.21 Kb.
bet4/5
Sana08.11.2023
Hajmi157.21 Kb.
#1756093
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-MAVZU

Siyosat va axloq o‘rtasidagi munosabat.

Falsafa fani yuzaga kelibdiki, axloq va siyosat muammosi oz dolzarbligini yo'qotmagan. "Axloq bizga bashariyatning haqiqiy vazifalari haqida talim berdi " - degan edi buyuk jadidchi Abdurauf Fitrat. Insoniyat jamoasining, hududiy yoki milliy yaqinligi asosida yagona davlatga birlashuvi va xohish irodasi, mentalitetidan kelib chiqib hamma teng va umummajburiy bolgan qoidalar - suverenitet ostida yashashida siyosat namoyon boladi. Inson - Axloq uchun ham siyosat uchun ham obyekt bolib xizmat qilar ekan, ular ozaro uzviy va ajralmasdir.
Axloq insonning jamiyatda yashashi kishilararo o'zaro munosabatlarga kirishishi natijasida yuzaga chiqadi. Ya'ni axloq kishining atrof olamga nisbatan ichgi munosabatining tashqi namoyon bo'lishidir. Axloqning yuzga chiqishida axloqiy ong, bilim va tajriba bilan birgalikda insonning tuyg'ulari va malum vaziyatdagi kayfiyati ham muhim ahamiyatga ega. Chunki kishi madaniyatli, yuqori axloqiy fazilatlarga ega bo'lishi mumkin, ammo ba'zida shunday holatlar ham bo'ladiki, oniy tuyg'ular ta'sirida kishi g'ayriaxloqiy hatti-harakatlar sodir etishi mumkin. Masalan insonning "men"iga, shaniga va u tomonidan qadrlanadigan yuksak qadriyatlarga nisbatan bepisand, hurmatsiz ba'zan shafqatsiz munosabatni ko'rganida har qanday axloq chegarasini buzib o'tishi mumkin. Bunda insonda tabiiy ravishda mavjud bo'ladigan jahl, qahr, kamsitilganlik va tahqirlanish kabi tuyg'ular sabab bo'ladi. Insondagi bunday xissiy tug'yon, g'alayonning kelib chiqishiga tashqi omillar ta'sir ko'rsatar ekan, ayni paytda uning oqibatlaridan , yetkazadigan ma'naviy, ruhiy va moddiy zararidan ham aynan shu omillar mustasno bo'lmaydi. Shu o'rinda Jamiyatshunos G. Mablining: "Siyosat bu - ijtimoiy axloq, axloq esa, xususiy siyosatdir. Yaxshi siyosat sog'lom axloqdan farq qilmaydi. "degan fikri juda o'rinlidir. Chunki,dunyo tarixida bevosita siyosat va boshqaruv orqali nom qoldirgan shaxslarining deyarli barchasi o'zida qanday axloqiy xususiyatlarni namoyon etgan bo'lsa, bu uning siyosiy faoliyatida ham aks etgan. Masalan, Konfutsiy davlat boshqaruvini ota va farzand o'rtasidagi axloqiy munosabatlarga o'xshash tasavvur qilgan, uning o'zi ham shogirdlariga munosabatda axloqiy qoidalarga amal qilgan.
Muallim aytadi:
- Jiddiy bo'l, shunda xalq seni hurmat qiladi. Farzand va ota burchiga amal qil, shunda u senga sadoqatli bo'ladi, layoqatli kishilarni qo'llab - quvvatla, bilmaganlarga o'rgat, shunda xalq ilhomlanadi.
Amir Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning ham siyosat va boshqaruvga oid qarashlari insoniylik, mardlik, muruvvat va ayni paytda adolat hamda haqqoniylik fazilatlariga ahamiyat bergan. Buni "Hayrat ul-abror" dostonida Navoiy nazdidagi odil podshoh obrazlari orqali ko'rishimiz mumkin. Zamondoshlarining yozib qoldirilgan xotirlari va Alisher Navoiyga bevosita bag'ishlab yozilgan tarixiy asarlarda Astrobod amirining yuksak axloqiy fazilatlarga ega bo'lganligi va ba'zi hollarda mamlakat hukmdori Husayn Boyqaro tomonidan chiqarilgan ayгim qaгoгlaгni ham raiyat va adolat foydasida hal qilishga erishgan hollaгi haqida ko'plab tarixiy misollaг keltiгilgan, masalan Navoiy bñ gal Husayn Boyqaгoning davlat xazinasidan harajatlar ko'payib ketgan paytda, soliqlar xalqdan yig'ilsa, ahli muslimga jabr bo'lur, deya o'z xisobidan 25000 dinomi to'lab yuboгgan. Bu Hirot aholisidan yig'ilgan soliqning teng yarmi miqdoгicha bo'lib, qolgan yarmi shaharning badavlat odamlaгidan yigilgan.
Aksincha hokimiyat, boshqaгuvni egallab tuгgan shaxsda axloqiy illatlar jumladan, nomaгdlik, ayyorlik va xudbinlik kabilaг mavjud bolsa u tomonidan olib boriladigan siyosat ham shunday hiylalar, fitnalarga asoslangan bo'ladi. Biг tomondan bunday boshqamv taгixan qisqa vaqt Ichida tanazzulga uchraydi, ikkinchi tomondan bu davrda oddiy xalq - insonlaг ko'plab qiyinchiliklarni boshdan kechiгadilaг. Bunga Sulton Muhammad Xorzamshoh siyosati, davlatining tanazzuli va mo'g'ullarning osonlik bilan ulkan saltanatni egallab olishlarini misol keltirishimiz mumkin. XoгazmshoЫaг saltanatining sharmandali tanazzuli va unga olib borgan omillar haqida ko'plab taгixiy manbalaгda yozib qoldirilgan[5]. Ammo bunday muhim tarixiy vaziyatda hukmdorning shaxsiy axloqiy xususiyatlari muhim, aytish mumkinki hal qiluvchi vazifani bajaгgan. Chunki, sulton butun mamlakat taqdiгi o'z qo'lida ekanligini, haгbiy va siyosiy imkoniyatlaгining dushmannikidan yuqoгi ekanligi va qo'l ostidagi xalqning unga bo'lgan ishinchi mas'uliyatini xisobga olib harakat qilganida balki, tarixiy mag'lubiyat va sharmandali taqdir egasi sifatida nom qoldiгmasdi. Bu fikrning isboti uchun yana tarixga murojaat qilamiz. O'z davгida kuchli qo' shiga va ko'plab harbiy g'alabalarga eгishgan foгslaг hukmdori Kir II ning massagetlaг qabilasi saгdoгi To'maris va uning kam sonli jangchilari tomonidan mag'lub etilishi bunga misoldir. Harbiy tayyorgarlikka ega bo'lgan va ulkan zafarlarga erishgan qo'shin oldida g'oliblik imkoniyati juda kam bo'lishiga qaramasdan hal qiluvchi pallada mas'uliyatni o'z zimmasiga olib, xalqini g'alabaga ruhlatira olgan va pirovard natijada o'z erkini saqlab qolib, tarixda muzaffar nom qoldirgan To'maris va Muhammad Xorazmshohning imkoniyti, salohiyatini hamda axloqiy jihatlarini aslo solishtirb bo'lmaydi.
Siyosat va axloqning et va tirnoq kabi ikki xilda namoyon bo'lib bir butunlik kasb etishini shu kabi tarixiy misollar isbotlaydi. Chunki siyosiy imkoniyatlarga ega bo'lgan shaxslarnig axloqiy yoki g'ayriaxloqiy hatti-harakatlaridan faqat o'zi zarar ko'rib qolmasdan balki butun jamiyat, ko'plab insonlar jabr ko'rishlari, qolaversa kelajak avlod ham isnod yukini ko'tarishga majbur bo'lishi mumkin. Ko'plab xalqlar boshiga kulfat solgan Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga sabab aslida bir guruh manfaatparast va xudbin kimsalarning siyosiy boshqaruvni egallashlari edi. Zahiriddin Muhammad Boburning Hindistonni egallashi va u yerda ulkan davlat barpo etishi ham aslida harbiy yurish va urush orqali amalga oshirilgan. Lekin Boburning g'alabadan so'ng bo'ysundirilgan yurtni obod qilishi va olib borgan bunyodkorlik ishlari uning bosqinchi emas, Boburg'oziy sifatida tarixda nom qoldirishiga sabab bo'lgan. Zahiriddin Muhammad Bobur o'zi fath etgan hududlarda obodonlashtirish ishlarini olib borishga alohida e'tibor qaratgan. Masalan, Kobul atrofida Shahraro, Chorbog', Bog' Jilovxona, O'rta bog', Suvrat bog', Bog'i Mohtob, Bog'i ohuxona, Bog'i vafo bog'larini barpo etgan.
Siyosiy rahbariyatning axloqiylik darajasi ularning axloq tamoyillariga qaysi tomondan qarashlari va o'z nuqtai nazarlariga ko'ra belgilab olgan to'grilik, adolat va yaxshilik tushunchalarining asliga qanchalik mos kelish kelmasligiga bevosita bog'liq. Chingizxon tomonidan Xiva, Urganch, Buxoro, Samarqand, Termiz kabi shaharlarning yo'q qilinishi, Shayboniyxonning Samarqandni egallashi, Chor Rossiyasining O'rta Osiyoni bosib olishidagi vayronaliklar yoki AQSH Prezidenti Garri Trumenning buyrug'iga ko'ra Xirosima va Nagasaki shaharlarining vayron qilinishi shu harakatlarni sodir etgan shaxslar tomonidan qaysi jihatdan adolatli deb baholangani shubhasiz.
Yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, har qanday siyosiy hokimiytning axloqiy xususiyatlari hamda iqtidorga kelishi bilan umuminsoniy axloqiy tamoyillarga bo'lgan munosabati bevosita shu hokimiyatning mazmunini va uning "hukmronlik davri"ning qanchalik davomiy bo'lishini belgilaydi. O'z harakteriga ko'ra siyosat maqsadga yo'naltirishda hissiyotlarga ta'sir etish "imkoniyatidan " foydalanib kelgan. Tarixda sodir bo'lgan ko'p sonli qirg'inbarot urushlar aslida ma'lum siyosiy maqsadni amalga oshirish uchun ommaning -xalqning tuyg'ularini jumbushga keltirish vositasida amalga oshirilgan. Masalan, g'arb va sharq xalqlari tarixida birdek qonli iz qoldirgan salb yurishlari aslida sharqning behisob boyliklarini egallash hamda tinch va farovon o'lkalarda o'z hukmronliklarini o'rnatish maqsadida amalga oshirilgan, bunda kishilarning diniy tuyg'ulariga ta'sir ko'rsatish orqali go'yoki musulmonlar qo'l ostida qolib azoblanayotgan Quddusni va undagi Iso Masih qabrini ozod qilishdek "sharafli vazifa"ni ado etish topshirig'I berilgan. Salb yurishlarining xarakterli tomoni shundaki, unda Yoshi, jinsi, millati, ijtimoiy mavqeidan qat'iy nazar hamma ishtirok etishi mumkin edi. Shuning uchun salibchilar orasida oddiy xristianlar: dehqonlar, hunarmandlar, talabalar, ritsarlar bilan bir qatorda qirollar, sarkardalar, aslzodalar va hattoki yosh bolalar ham bo'lgan.
Bugungi kunimizda ham jamiyatdan o'z maslakdoshlarini topib ko'pchilik insonlarning xissiyotlariga ta'sir qilish orqali o'z siyosiy maqsadlarini amalga oshirishga harakat qiladilar. O'zlari ilgari surayotgan maqsadlarni siyosiy jihatdan ro'yobga chiqarish uchun ular strategiyalar va o'yinning barcha ishtirokchilari tomonidan tan olinadigan qoidalarini ishlab chiqadilar. Bu partiyalar tashkil etish, siyosiy harakatlarga birlashish, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish orqali jamiyatda hamfikrlarini ko'paytirishga harakat qiladilar. Siyosiy kurashda ishtirok etuvchi shaxslarga umumiy talabning yuqoriligi ularning umuminsoniy xususiyatlarga ega bo'lgan me'yorlarga qanchalik mosligiga ham bog'liq. Faylasuf olima L.A. Muhamedjanovaning fikricha - "Ma'lumki, insonning fazilatlari nafaqat insonning balki jamiyatning ham ma'naviy boyligidir. Jamiyatda ezgu insonlar sonining ko'payishi uning ma'naviy va moddiy rivojlanishiga ta'sir qiladi, barcha ijtimoiy sohalarning rivojlanishini tezlashtiradi".
Demak, Siyosat axloqiy qadriyatlarni inkor eta olmaydi. Siyosiy kurash usullari jamoatchilik fikri va axloqiy me'yorlar yo'l qo'yadigan usullardagina olib borilishi mumkin. Shunday qilib, axloqning diqqat markazida nafaqat olijanob kurash usullaridan balki, ularning axloqiyligi ham muhim. Axloq siyosatga yo'naltirish, axloqiy baholash va talablar orqali ta'sir qiladi. Ayni paytda siyosatning ham axloqqa ta'sirni e'tirof etish lozim, bu - real maqsad va vazifalarni shart-sharoitlarni anglash orqali aholining axloqiy ongini va faoliyat vositalarini boyitish orqali ko'rsatadigan ta' sirda namoyon bo'ladi.
Umuman, siyosiy rahbariyat faoliyatining axloqiyligi jamiyat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi va shu bilan bevosita bog'liq bo'lgan davlat taraqqiyotining negizini tashkil etadi. Shuning uchun siyosiy muholifat sifatida yuzaga kelgan guruhlar hukumatga oid shaxslarning nafaqat siyosiy faoliyati bilan balki, shaxsiy axloqiy xususiyatlarini ham jamoatchilikka oshkor qilishga harakat qiladilar. Bu orqali axloqiy jihatdan namunali bo'lgan o'z safdoshlarining hokimiyat boshqaruvini egallashlari uchun "haqliroq" ekanligini isbotlashga urinadilar.

Download 157.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling