Sarkardalar avlodidanmiz
Download 408,02 Kb.
|
Bayram dasturi.
“Sarkardalar avlodidanmiz” nomli bayram dasturi. Nafisa: Shukrona aytamiz ulug’ kunlarga Ma’noga mazmunga to’liq kunlarga Farovon nurafshon qutlug’ kunlarga Hamma: Ey ozod diyorim O’zbekiston Ey obod diyorim O’zbekiston Diyora: Ko’k tagida quyosh bayrog’in o’par Madhiyamni butun tihglaydi jahon Ona O’zbekiston ko’ksimda urur U qondir,u jondir,u hayot,vijdon Davlat madhiyasi ijro etiladi Diyora: Assalomu alaykum,tadbirimiz qatnashchilari.Hurmatli o’qituvchilar,ota-onalar ,mahalla faollari,fahriy harbiylar.Sarkardalar avlodidanmiz deb nomlangan harbiy-badiiy ertaligimizga hush kelibsizlar. Asal: Dunyoda shod bahtiyorman O’zbekistonim bor mening Bog’lari Eram misol Jannatmakonim bor mening Vatan mehri bilan yenggan Telba Doro lashkarlari Cho’pon yigit Shiroqdayin Zo’r pahlavonim bor mening Robiyabonu: Ona yurtim xolos etgan Chingiz,mo’ng’il zulmidan Narasi ko’kni titratgan Sohibqironim bor mening Sevinchdan yayrab farzanding O’zni sezurman baxtiyor Kelajagi buyuk bo’lgan O’zbekistonim bor mening Sarvinoz: Kimki o’bek nomini ,o’zbek millatinining kuch qudratini,cheksiz imkoniyatlarini uning bashariyat rivojiga qo’shgan xissasini anglamoqchi bo’lsa Amir Temur siymisini eslashi kerak.Islom Karimov. Robiyabonu: Darhaqiyqat,Sohibqiron bobomiz ikki daryo oralig’ida ulkan davlat barpo etdilar.Bu davlatning dovrug’I ko’p ellarga borib yetdi.Yillar,asrlar o’tdi. Buyuk bobomiz tuzgan davlat bizning mustaqil O’zbekistonimizga aylandi. O’lmasoy: Demishlarki,o’g’il bola dunyoga kelsa,dalayu bog’lar,darayu tog’lar,sahroyu sarhadlar shirin bir entikib qo’yar ekan-bizni qo’riqlaydigan inson tug’ildi deb Ollohga shukronalar aytarkan. Shodiya: Chunki o’g’lonlar qadim-qadimdan Vatan himoyachisi ,yurtning suyangan tog’i bo’lib kelgan.Ular hali go’dakligidanoq kamonbozlik, nayzabozlik, chavandozlik, merganlik sirlarini o’rganishgan. Anora: Shu sabab ko’hna Turon zaminida Muqanna’Jaloliddin Manguberdi,Amir Temur,Zahiriddin Bobur,Mirkomil Mirsharipov Sobir Rahimov kabi buyik sarkardalar,lashkarboshilari ulg’ayib kamolga yetgan,jonbozlik ko’rsatgan.Biz ana shunday buyuk sarkardalar avlodidanmiz Download 408,02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling