Sarkardalar avlodidanmiz


Sardor: O’zbekiston kengsiz jahonim Jahonlarga bermasman seni Istiqlol chun sharafing o’zga Zamonlarga bermasman seni Mavlon


Download 408.02 Kb.
bet2/3
Sana26.02.2023
Hajmi408.02 Kb.
#1233428
1   2   3
Bog'liq
Bayram dasturi.

Sardor:
O’zbekiston kengsiz jahonim
Jahonlarga bermasman seni
Istiqlol chun sharafing o’zga
Zamonlarga bermasman seni
Mavlon:
Kindik qonim to’kilgan tuproq
Har narsada muqaddas o’zing
Shukronasiz ko’rnamak olchoq
Shaytonlarga bermasman seni
Shohruxxon:
Muhabbating bilan tug’ildim
Bag’ringda erk topdim onalon
Saqlagayman iymon tig’ini
Olchoqlarga bermasman seni
Aziz:
O’zbekiston Turon yuldizi
Sen do’stlarning ko’rar ko’zisan
Chiroy ochar sendan er yuzi
Yomonlarga bermasman seni
Asad:
Oqdi qancha qancha ko’ yoshlar
Kesildi ne begunoh boshlar
Farzandlarning qonlarin so’rgan
Ilonlarga bermasman seni.
Diyorbek:
Aziz Vatan Bashar quvonchi
Paxtaday oq oydin yo’llaring
Suyanch tog’im komil ishonchim
Yoig’onlarga bermasman seni
Sarvinoz:
O’z tiliga,madhiyasiga,bayrog’iga gerbiga ,konstitutsiyasiga ega davlat o’zining tinchligini saqlovchi milliy qurolli kuchlarini tashkil etadi. Bu haqida 1992 yil 14 yanvar kuni Respublikamiz Prezidenti Farmon chiqardi.Qariyib 26 yilldan buyon tarix sahifalaridan joy olgan bu kun keng miqiyosda bayram qilinib kelinadi.
Nodir:
Ko’kka yetar bo’yingiz bor
Vatan degan uyingiz bor
Hali qancha to’yingiz bor
Vatanimning shunqorlari
Ham nomusu ham orlari.
Sherzod:
Askarlikni burchim degan
Adolatda kuchim degan
Dushmanda bor o’chim degan
Vatanimning shunqorlari
Ham nomusu ham orlari
Samandar:
Yov ko’ngliga qo’rquv solgan
Alpomishni yodga olgan
Tinchlik kuyin baland chalgan
Vatanimning shunqorlari
Ham nomusu ham orlari
Ozod:
O’g’loniman Turon yurtning
Ozod obod bo’ston yurtning
O’zim beklar zurriyodiman
Vatanimga xizmat qilaman.
Abdulaziz:
Sohibqiron Amir Temurday
Jahongashta Mirza Boburday
Haq yo’lida oqishmay tolmay
Vatanimga xizmat qilaman
Ashula xor ijrosida
Tonglar otar,bonglar urar
Shafaqlari qirmizi oq
Ona yurtim barno yurtim
Keldi senga istiqlol
Bir sarhadi Sirga tutash
Biri Amu daryoga
Ona yurtim barno yurtim
Dunyoga chiq dunyoga
Axil bo’lsak,faxr bo’lsak
Yo’g’imiz ham bor bo’lgay
Yo Vatan deb xizmat qilsak
Bizga zafar yor bo’lgay
Robiya:
So’z mulkining sultoni hazrati Mir Alisher Navoiy bobomiz ham Vatanni
sevish haqida kerak bo’lsa o’zga yurtning oltinidan o’z yurtingni jezi yaxshi qabilida ko’plab misralar yaratganlar.
Nafisa:
G’urbatda g’arib shodmon bo’lmas emish
El anga shafiqu mehribon bo’lmas emish
Oitin qafas ichra gar qizil gul bitsa
Bulbulga tikandek oshyon bo’lmas emish
Hadislarda ham Vatanni sevmay turib uni himoya qilib bo’lmaydi.uni
yurak-yurakdan sevish shart.bu esa tinchlikning asosiy poydevorlaridan
biridir qabilidagi davit bilan Vatanni sevmoq iymondandir deyiladi.
Sarvinoz:
Afsuski Vatanimiz ravnaqini ,ozodligi,obodligini ko’ra olmaydigan yovuz kimsalar ham uchrab turadi.Ularning tinch osuda hayotimizga rahna
Solish maqsadida amalga oshirgan bir qancha teroristik xarakatlarida
Ko’plab vatandoshlarimiz ,yurtimiz posbonlari mardlarcha halok bo’ldilar .Bu insonlar tom ma’noda vatan himoyachilari edilar.Ularning porloq xotiralari qalbimizda mangu yashaydi.Biz ular bilan haqli ravishda faxrlanamiz.

Download 408.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling