Avestoda qanday axloqiy qadriyatlar uluglangan? Qadimgi Hindistonda qabnday axloqiy qarashlar shakllangan?


Download 22.26 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi22.26 Kb.
#192967
Bog'liq
axloq falsafasi. 2-mavzu


Savollar

  1. Avestoda qanday axloqiy qadriyatlar uluglangan?.

  2. Qadimgi Hindistonda qabnday axloqiy qarashlar shakllangan?

  3. Qadimgi Xitoy falsafasida axloqiy qarashlar qanday yoritilgan?.

  4. Qadimgi Yunon faylasuflarini ijodida axloqiy qarashlarni izohlang.

  5. Arastu ijodida axloqiy fanini inson va uni jamiyat hayotida tutgan o’rni masalasi qanday yoritilgan.

Javoblar:

1.“Avesto” da yuksak axloqiy me’yorlar, ma’naviy qadriyatlarni ifodalashda ezgulik va yovuzlik kuchlari o’rtasida doimiy qarama-qarshi kurash mavjudligi va baribir ezgulik yovuzlik ustidan g’alaba qiladi degan g’oya bosh mavzu hisoblanadi.

Ezgulik ma’budasi Ahura Mazda, yovuzlik ibtidosi va yaratuvchisi Ahriman o’rtasidagi kurash natijasi insonning ongli ravishda ezgulik tarafida turmog’iga bog’liq. Ahura Mazda bunyodkor ishlarni qiladi, odamlarga ezgulik va yaxshilik ulashadi. Ahriman esa buzadi, yakson etadi, kishilar orasida g’araz va adovatni avj oldiradi. Ikki kuch hech qachon bir-biri bilan chiqisha olmaydi. “Avesto”dagi ko’plab hikoyat, rivoyatlar va mifologik obrazlar asosan ana shu kuch o’rtasidagi qarashni tasvirlaydi. Kitobdagi bunday rivoyat, miflar adabiyotshunos olim Abdurashid Abdurahmonovning “Qadimgi tarixiy adabiyot” nomli kitobida nomli kitobida batafsil keltiriladi. Kitobda bosh g’oya- “Ezgu fikr, ezgu so’z, ezgu amal” haqiqat, adolatning qaror topishga qaratilgandagina ular bir-biriga o’tib mushtaraklashadi. Shundagina ezgulik yovuzlik ustidan ustun keladi, degan falsafiy ma’noni anglatadi. “Ezgu o’y, ezgu so’z va savob ishlar bilan ezgu o’y, ezgu so’z va savob ishni oqlayman,- deyiladi. “Avesto”ning “1-Yasht. Xurmuz yasht” degan qismida. O’zimni bari ezgu o’ylarga, ezgu so’zlarga, yaxshi ishlar amaliga baxshida qilaman, barcha yomon o’ylardan, yomon so’zu ishlardan yuz o’giraman. Shunga ko’ra “Avesto”ning g’oyasi milliy g’oyamizning ma’naviy ildizi hisoblanadi.

2. Qadimgi Sharq axloqshunosligida qadimgi Hindiston axlokiy tafakkuri alohida o‘ringa ega. U tarixan vedachilik, yo‘ta, jaynchilik, buddxachilik, «Bxagavadgita» va «Artxashastra» hamda lokoyata oqimlaridan tashkil topgan. Vedachilik axloqshunosligi qadimga hind jamiyatini to‘rt tabaqa — varnaga bo‘ladi; brahmanlar (kohinlar), ishtariylar (harbiylar), vayshchilar (dexqonlar, kosiblar), shchudralar (qullar). Mashxur «Manu qonunlari» da yozilishicha, braxanning mashg‘uloti — ta’lim berish, Vedani o‘rganish, Qurbonlik qilish, sadaqa ulashish va tuhfalar olish; kshatariylar fuqrolarni quriqlaydilar; vashpchilar chorva, tijorat, sudxo‘rlik va dehqonchilik bilan shug‘ullanadilar; shchudralar esa ana shu uch ijtimoiy guruhga xizmat qiladi. «Xotin, O‘g‘il va qul — uchalasi xususiy mulk egasi xisoblanmaydi, ular kimniki bo‘lsa, o‘shaning qo‘lga kiritgan mulkidir» - deyiladi «Manu qonunlari»da. Vedachilik axloqiga ko‘ra, braxmanlar tug‘ma axloqiy yuksak odamlar, shchudralar esa tug‘ma tuban axloq egalari hisoblanadi. Lekin keyingi oqimlarda, yo‘ta, jaynchilik, ayniqsa, buddhachilik axloqshunosligida, axloqiy fazilatlar egasi bo‘lish insonning zoti ijtimoiy kelib chiqishi bilan emas, balki uning shaxsiy kamoloti bilan bog‘liq degan fikr ilgari suriladi. Buddha ta’limotiga ko‘ra, dunyo iztirobga to‘la va eng muhim muammo ana shu iztiroblardan qutilishning yo‘lini topgan. Naql qilishlaricha, o‘z tengdoshlari bilan ayshu ishratda umr kechirgan shahzoda Sidharta Gautama kunlardan birida sayr qilib yurib, kasat: cholni va janoza marosimini ko‘radi. Har bir kishini kasallik, qarilik va o‘lim kutishini eshitib, larzaga tushadi, odamlardan qochib, tarki dunyo qiladi va to‘rt ezgu haqiqatni anglab yetadi hamda uni odamlarga yetkazadi. Uning qisqacha bayoni shunday:

1. Bu dunyodagi hayot iztiroblarga to‘la.

2. Bu iztiroblarning sabablari bor.

3. Bu iztiroblarga barham berish mumkin.

4. Iztiroblarga barham berishga olib boradigan yo‘llar mavjud



3. Xitoydagi axloqiy tafakkur daochilik va konfusiylik ta’limotlari negizida shakllanadi. Daochilikning asoschisi Lao-Szi (miloddan avval. VI-V asrlar) bo’lib, uning falsafiy-axloqiy qarashlari “Dao de szin” nomli asarida bayon etilgan. Uning fikricha, borliqda “dao” deb ataladigan, uning uyg’unligini ta’minlab turadigan obyektiv qonuniyat amal qiladi. Inson ham ana shu qonuniyatga bo’ysindai. U ana, shu qonuniyat tamoyillariga amal qilgan paytda axloqiy komillikka yo’l tutadi, undagi barcha salbiy xislatlar, axloqsizliklar daocha nisbatan xilof xatti-harakatlarning natijasidir. Lao-Szi hamma joyda mavjud, hamma narsani boshqaradigan, hamma hatti-harakatlarga mayoq bo’ladigan «dao» (yo’l, yo’l-yo’riqlar, tartib, qonun) bor deb biladi.Dao- «sirli ezgu amal»- dir. U- tabiat va jamiyatning oliy qonuni. Ќukmdorlar daoni bilishni, uning talablarini bajarishi kerak. Kishilar daoga itoat etib, o’z burchlarini bajaradi, ezgu amallarga intiladi. Daoni bilmagan, uni inkor etgan hukmdor nafsning quliga aylanadi. Natijada fuqarolar o’rtasida ahillik yo’qoladi. Ko’rinib turibdiki, dao, Lao-szi nazarida, tabiat va jamiyatga taalluqli umumiy qonun bo’lib, kishilar ushbu qonunga amal qilsa, baxtiyor yashaydi, xalq o’rtasida norozilik bo’lmaydi. Konfusiylik axloqiy-siyosiy ta’limot bo’lib, uning asoschisi Kun-szi (Konfusiy – miloddan avval. 551-479) dir. Uning axloqiy qarashlari «Shiszin»(«Љo’shiqlar kitobi»), «Suhbatlar va mulohazalar» («Lun yuy») kitobida aforizm, hikmatlar shaklida bayon etilgan. Konfusiy ta’limotining markazida davlat va jamiyatni urf-odatlar, «zarur xulq- atvor» olrqali boshqarish turadi. «Agar xalq faqat qonunlar vositasida boshqarilib, jazolar yordamida tartib saqlanadigan bo’lsa, deydi mutafakkir, xalq jazodan qochadigan bo’ladi, axloq-odobni pisand qilmay qo’yadi. Mabodo xalq ezgu amallar bilan boshqarilib urf-odatlar orqali tartib saqlanadigan bo’lsa, odamlar uyatni biladi, odob  doirasidan chetga chiqmaydi» (Mudresы Podnebesnoy. Simferopol 1998, s.58). Demak, Konfusiy qonun va jazo choralaridan axloqiy xulq-atvorni ustun qo’yadi, jamiyatda shakllangan urf-odatlar, an’analar, axloqiy qoidalarga amal qilish- boshqarishning asosidir. To’g’ri, Konfusiy huquqiy xulq atvorni alohida kategoriya sifatida talqin qilmaydi, uning fikricha, xulq- atvor axloqiy tushuncha, ezgu amal, xolos. Biroq bu ezgu amal ijtimoiy- siyosiy hayot, davlat va jamiyatni boshqarish tizimiga chambarchas bog’langan. Mutafakkir xulq-atvor bilan boshqarishni davlat va jamiyatni boshqarishning bosh a’moli darajasiga ko’taradi.Uning xulq atvorni «O’zaro kelishuv» - muroqaba bilan bog’laganini esa hozirgi tolerantlik (bag’rikenglik) nazariyasining ibtidosi deyish mumkin.

4. Qadimgi davr axloqiy tafakkuri tizimlashgan ilmiy-falsafiy bilim sohasi sifatida Yunonistonda shakllanadi. Bunga Suqrot, Aflotun, Arastu, Demokrit kabi mutafakkirlar katta hissa qo’shadilar. Demokrit (eram.avval.460-370)ning axloqiy qarashlari asosida aql insonning ma’naviyati, axloqning negizini tashkil etadi va uning takomili bilan kishi baxtga erishishi mumkin, degan g’oya yotadi. Uningcha donolik (aqllilik) axloqiy fazilatlarni, xususan, yaxshi fikrlash, yaxshi xulq-atvorni hosil qiladi. U donishmandlikni eng yuksar fazilat,aqlni esa axloqiy hatti harakatning mezoni deb bladi va donishmandni axloqli, nodonni axloqsiz odam sifatida ta’riflaydi. Suqrot (eram.aaval. 469-399) axloqining negizini donishmandlik tashkil etadi va u o’zgarmas va mutlaq tabiatiga egadir. Donishmandlik esa o’z-o’zini anglashdan boshlanadideb tushuntiradi. Uning «Kuch bilimda», «O’z-o’zini bil» kabi fikrlari hozirgacha ham  “Li” fikrlari  o’z ahamiyatini yo’qotmagan.  Suqrot ham Konfusiy kabi tartibli umumiy qonun qoidalarni axloqning asosi deb hisoblaydi. Uningcha “nimaiki qonuniy bo’lsa, o’sha adolatlidir”. Bu o’z davrida Afinadagi mavjud tuzum qonun, qoidalarini qattiq tanqid ostiga olgan va shunga ko’ra unga siyosiy ayb qo’yib o’limga hukm etiladi. Uning shogirdlari Suqrotni o’limdan qutqarib qolish yo’lini taklif qilganda, bu unga rozi bo’lmaydi va sud hukmiga bo’ysunishni aytadi. Suqrot falsafaning markazida axloq masalalari turadi va bu masalalarning qanday tarzda hal qilinishi jamiyat hayoti ravnaqini belgilaydi deb hisoblaydi. Aflotun (eramizdan avvalgi 347) ning axloqiy qarashlarining falsafiy asosini g’oyalar va jon (ruh) to’g’risidagi ta’limot tashkil etadi. Uning fikricha, bu olamdagi barcha narsa hodisalar, g’oyalar dunyosining soyasidir. Demak, axloq ilohiy asosga ega. Aflotun davlatni boshqarish, siyosatni amalga oshirishda axloqning tutgan rolini o’zining ana shu qarashlaridan kelib chiqgan holda tushuntiradi. Uning bu haqidagi qarashlari “Davlat”, “Siyosat” kabi asarlarida bayon etilgan .



5. Etikani mustaqil fan sifatida ilmiy-falsafiy bilimlar tizimiga kiritgan mashhur yunon faylasufi Arastu “Nikomax etikasi” asarida etikaga insonlar o‘rtasidagi munosabatlar doirasida va oqil, ijtimoiy hayvon-individning axloqini o‘rganuvchi fan, deb nom berdi. Etikaga amaliy fan sifatida qaragan Arastu axloq hodisasiga quyidagicha ma’no yuklab, ta’rif berdi: “Axloq amaliy masalalarni hal etadi, axloqning asosiy tushunchasi yaxshilik maqsadi bilan bog‘liq va u doim yangilikka intiladi. Bu maqsad orqali boshqa g‘arazli maqsadga erishishga intilish bo‘lmasligi kerak” . Arastu fikriga ko‘ra axloq, birinchidan, inson xulqini, tafakkurini tartibga solib, muayyan maqsad sari yetaklaydi. Qo‘yilgan maqsadga teskari natija beruvchi faoliyatni amaliy faoliyat deb bo‘lmaydi. Ikkinchidan, axloq insonga o‘zi yashayotgan olamni yaxshi bilish va o‘zgalar olamidan boxabar bo‘lish imkonini beradi, zero, o‘rganish yashashning asosi. Faqat shu tarzda odam atrof bilan muloqot qila oladi va muhim munosabatlar o‘rnatishga yordam beradi. Arastu qarashlarining ilg‘or tomoni uning quyidagi fikrlari bilan ham tavsiflanadi: – axloqli inson, hatto, o‘z hayotidan mahrum bo‘lgan taqdirda ham do‘stlari va vatan yo‘lida ko‘p ishlarni bajaradi; – kimki fanda ilgarilab ketsa-yu axloqda oqsasa, u oldinga emas, orqaga ketadi; – inson qo‘lidan keladigan, o‘ziga yarashadigan ishga qo‘l urishi kerak; – aqlli kishi ko‘ngliga nima ma’qul kelsa, ketidan quvmaydi, uni ko‘ngilsizlikdan nima qutqarsa o‘shaning ketidan quvadi. Arastu “Siyosat” asarida 3 omil, ya’ni tabiat, odat va aql uyg‘unligi odamlarni yaxshi va ezgu xislatli qilishini ta’kidlaydi. Inson tirik mavjudod sifatida tabiatdan tashqarida yashay olmaydi va shu sababli tabiatga nisbatan ongli munosabatda bo‘lishi kerak. Inson o‘zi mansub bo‘lgan xalqning odatlarini o‘zlashtirmasdan jamiyat a’zosi bo‘la olmaydi. Arastu talqiniga ko‘ra aqlni inson belgilamaydi, balki aql insonni belgilaydi, faqat aql huzur-halovat va azob-uqubatni bir-biridan ajratadi, ehtiroslarni tiyadi, yomon odatlarning rivojlanishiga yo‘l qo‘ymaydi. Arastu axloqning jamiyat hayotidagi muhim ahamiyatini ochib: “Tabiat inson qo‘liga qurol – aqliy va axloqiy kuch bergan, ammo u shu qurolni teskari tomonga nisbatan ham ishlatishi mumkin; shu sababli axloqiy tayanchlari bo‘lmagan odam, eng insofsiz va yovvoyi, o‘zining jinsiy va did mayllarida eng tuban mavjudod bo‘lib qoladi” deb, ta’kidlaydi. Arastu kabi boshqa yunon olimlari ham chunonchi, Demokrit, Aflotun, Epikur va Lukretsiy Karlar axloq masalalariga alohida to‘xtalganlar. Ularning qarashlaridagi umumiylik - aql, adolat, do‘stlik, ezgulik, farovonlik, oqillik kategoriyalari tahlili va mazkur kategoriyalarning inson hamda jamiyat hayotini boshqarishning asosiy sharti sifatida tavsiflash bilan xarakterlanadi.
Download 22.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling