Baxt va shodlik kuychisi yoxud biz bilgan,bilmagan hamid olimjon
Download 14.52 Kb.
|
Hamid Olimjon o\'zbek tilida
BAXT VA SHODLIK KUYCHISI YOXUD BIZ BILGAN,BILMAGAN HAMID OLIMJON......(HAMID OLIMJONNING 113 YILLIGIGA BAG'ISHLANADI) O'zbek adabiyoti gul ko'p,chaman ko'p.Ularning har birining o'z ifori,o'zhidi,bo'yi.Mana shunday ijodkorlardan bir baxtva shodlik kuychisi shoir Hamid Olimjondir.Har bir ijodkor ijod olamiga kirib kelar ekan,o'ziga xos ovoz bilan keladi.Uning she'rlari adabiyotga chinakam baxt va shodlik kuylari bilan yoritdi.O'zidan oldingi va keyingi ijodkorlar uchun munosib ibratli umr qoldirdi.Biz bugun adabiyot olamidagi Hamid Olimjon nimalarni bilamiz?Mustaqillik yillarida ijodkor haqida nimalarni kashf etdik?.Eng avvalo Hamid Olimjonning hayot va ijod yo'liga qarasak. Hamid Olimjon 1909-yil 12 dekabr kuni Jizzax viloyatida tug'ilgan.Hamid Olimjon 5 yoshida otasidan yetim qolgach,onasi va bobosi Azim bobo qo'lida tarbiyalanadi.Hamid Olimjonning onasi va bobosining aytgan ertaklari,dostonlari ta'sirida,shuningdek buyuk baxshi Fozil Yo'ldosh o'g'lining mehmonga tez-tez kelishi adabiyotga mehr uyg'ondi.Hamid Olimjon eytti yoshga yetganida Jizzaxda qo'zg'olon ko'tariladi.Tinch ahloini cho'lga haydashganida Hamid Olimjon o'shalar orasida edi.Oradan ikki yil o'tib maktabga chiqadi.Samarqanddagi bilim yurtiga o'qishga kiradi.Uning she'rlari Zarafshon gazetasida bosiladi.Uning birinchi she'riy to'plami "Ko'klam" deb nomladi.Shundan so'ng adabiyotga o'ziga xos o'ktam ovozga ega ijodkor kirib kelishidan darak berar edi.Hamid Olimjon ijod qilar ekan,uning ijod davri g'oyatda qiyin davrga to'g'ri keldi.Uning ijod davrida jadidlarning qatag'on davrida kechdi.Uning she'rlarida vatanparvarlik tuyg'ulari,xalqning dardi asarlaridagi obrazlari orqali ko'rsatishga haraka qildi.G'oyat qisqa umri davomida 10 jildlik asarlar to'plami yaratgani uning naqdar buyuk ijodkor ekaniga guvoh bo'lamiz.Shuningdek 29 yoshida Yozuvchilar uyushmasini boshqarishi,33 yoshida akademik unvonini oladi.U haqida zamondosh shoir Mirtemir shunday degan edi:“Hamid Olimjon tugʻma va nodir talant edi, deb yozgan edi Mirtemir. Uning qonida, oʻzligida, koʻz qorachigʻida, toʻqson ikki tomirida tugʻma bir zukkolik, shoirona bir sajiya, bilgichlik, burrolik, nurbaxshlik, yorqin qalb, odob ayon, peshanasida va yirik koʻzlarida ulugʻlik ochiq-oydin edi. Uning bilmagani oz, oʻqimagani kam edi. Hammadan, har narsadan xabardor, qisqaroq aytganda, chin maʼnosi bilan oʻqimishli qalamkash edi”.U avlodlar uchun bebaho meros qoldirdi.Uning she'rlarini o'qigan insonda faraxbash tuyg'ularini his qiladi.Hamid Olimjon o'zbek adabiyotini dramatik asarlari bilan yana bir pog'onaga ko'tardi.Zamonaviy mavzuda "Jinoyat" va shuningdek tarixiy mavzuda "Muqanna" nomli drama yaratdi.Uning tarixiy asari "Muqanna" asari bilan xalqimizning tarixining buyukligini undan ibrat olish kerakligini uqtiradi.Mustaqillik yillarida Hamid Olimjonning ijodi qaytdan xalqqa yetkazildi.Hamid Olimjon ilmiy ishlar,risolalar va maqolalar yaratildi.Adibning nomi ko'chalarga,metro bekatlariga qo'yildi.Adibning umr yo'ldoshi Zulfiyaxonimning haykali Toshkent shahridagi Milliy bog'ga o'rnatildi.Hamid Olimjon orzu qilgan mustaqillikka biz bugun yetib kelgan.Hamid Olimjonning xalqimizga xizmatlarini elimiz hech qachon unutmaydi.Hamid Olimjon millatning asl farzandlari kuylagan erk kuyiga jo’r bo’la oldiki, to’la asos bilan «Men elimning yuragida yashayman, Erk deganning tilagida yashayman» deyishga haqli edi.Hamid Olimjonning she'rlari insonlarga hamisha xushkayfiyat va eng aziz tuyg'ularni tufha etaveradi. Keldiyev Elbek Ulug'bekovich Agentlik tizimidagi Chinoz tumanidagi ixtisoslashgan prezident maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi Download 14.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling