Mavzu: inflyatsiya sharoitida kreditlar va muddati o'tgan qarzlar


Download 92.38 Kb.
bet1/6
Sana11.02.2023
Hajmi92.38 Kb.
#1189784
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Inflyatsiya Tojimatov Humoyun St52


MAVZU: INFLYATSIYA SHAROITIDA KREDITLAR VA MUDDATI O'TGAN QARZLAR

REJA:
KIRISH………………………………………………………………………2


1. Inflyatsiya sharoitida kreditlar va muddati o'tgan qarzlarning dolzarbligi va oʻrni……………………………………………………………………………..5
2. Inflyatsiya sharoitida kreditlar va muddati o'tgan qarzlarning hozirgi vaziyatdagi ahamiyati…………………………………………………………10
3.inflyatsiya sharoitida kreditlar va muddati o'tgan qarzlarning joriy holatdagi tahlili…………………………………………………………………………24
4. Hozirgi kundagi inflyatsiya sharoitida kreditlar va muddati o'tgan qarzlarning tadqiq etish istiqbollari……………………………………………………..33
XULOSA……………………………………………………………………36
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR ROʻYXATI………………………38

KIRISH
Mustaqillik yillarda O’zbekiston oldingidan tubdan farq qiluvchi yangi
iqtisodiy munosabatlarga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning navbatdagi bosqichlariga o’tib bormoqda. Bozor iqtisodi asosida tovar-pul munosabatlari yotadi. Tovar-pul munosabatlari – tovar ishlab chiqarish, tovarlarning ayirboshlash va pul muomalasiga xos munosabatlarni ifoda qiladi. Bozor iqtisodi erkin tovar-pul munosabatlarga asoslangan iqtisodiy monopoliyani inkor qiluvchi, ijtimoiy taraqqiyotga, aholini ijtimoiy muhofaza qilish yo’nalishiga ega bo’lgan va boshqarilib boriladigan iqtisoddir.
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarini qaror toptirish dolzarb tadbirlardan bo’lgan pul, kredit va banklar tizimida ham chuqur o’zgarishlarni amalga oshirishni taqozo qiladi. Bozor munosabatlariga o’tish iqtisodiy kategoriya sifatida pulning, kreditning, foiz, soliq va boshqa kategoriyalarning mohiyati va ahamiyatiga boshqacha yondashish zarurligini taqozo qiladi.
Bozor munosabatlariga o’tish sharoitida bank-moliya tizimining ahamiyati
tubdan o’zgarmoqda. Bozor munosabatlarini boshqarish sohasida davlat tomonidan olib boriladigan barcha ishlarning og’irlik markazi ana shu tizimlarga ko’chdi. Shu sababli, bank tizimini takomillashtirish, banklarning mustaqilligini va pul muomalasidagi ahvol uchun javobgarligini oshirish, pul-kredit munosabatlarini tartibga solish, so’mning barqarorligi va yuksak nufuzini ta’minlash sahasidagi muammolarni o’rganish, shuningdek, tegishli ilmiy xulosalar chiqarish va tavsiyalarni ishlab chiqish o’ta dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Bugungi kunda quyidagi savollar ilmiy nuqtai nazardan javoblarini kutmoqda:
- naqd pul va kredit emissiyasining o’sishiga sabab nima?
- aholi qo’lidagi pulning harakatsiz turib qolishiga qanday qilib yo’l qo’ymaslik
mumkin?
- mahsulot ishlab chiqarishning o’sishini ta’minlamagan korxona (firma) ularga
kredit berilishiga yo’l qo’ymaslik uchun qanday chora-tadbirlar ishlab chiqish lozim?
- milliy valyuta kursini almashuvi va barqarorlashuvini ta’minlash uchun qanday
tadbirlar amalga oshirilishi kerak?
- inflyatsiyani oldini olish va uni pasaytirish omillari nimalardan iborat?

Bozor munosabatlarini talab darajasida tashkil qilish, ishlab chiqarishni rivojlantirish, kengaytirish va shu asosida iqtisodiy taraqqiyotga erishish kreditdan foydalanishni, banklar faoliyatini samaradorligini oshirishni, kreditdan foydalanishdasalbiy hollarning oldini olishni taqozo qiladi. Yoozirgi vaqtda tijorat banklari tomonidan beriladigan kreditlarning salmog’i va sifati sohasida ancha muammolar mavjud.


Yoar bir jamiyatda bank tizimi uning iqtisodiy tizimining muhim va ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Tarixan tovar ishlab chiqarish va muomalajarayonining rivojlanishi banklarning rivojlanishi bilan o’zaro bog’liq holda taraqqiy qilib borgan. Banklar xo’jaliklarga kredit bera turib, korxona, tashkilotlar o’rtasida hisob-kitoblarni o’tkaza borib, kapital harakatida vositachi sifatida maydonga chiqadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida bank tizimida katta tarkibiy o’zgarishlar yuzaga keldi va banklarning tarkibi va ular bajaradigan funktsiyalar va ularga yuklangan vazifalarning mohiyati va sifati o’zgarib bormoqda. Banklar ma’muriy-buyruqbozlik tizimida ishlashdan yangi - bozor munosabatlari sharoitida ishlashga o’tdi. Bozor munosabatlari sharoitida ishlash banklardan yangi xizmat turlarini tadbiq qilish, mijozlarni qiziqishlarini hisobga olish, ularga xizmat ko’rsatishning yangi usullarinijoriy qilish, yangi kredit vositalarini bank faoliyatida qo’llash, turli xil kredit institutlarining barpo qilinishi bilan bog’liq jarayonlarni yuzaga kelishiga olib keldi. Bozor iqtisodi sharoitida banklarning o’rni hamda faoliyatini muhimligi, pul, kredit va bank tizimining takomillashib borishi, shu sohada malakali kadrlar tayyorlashni va mavjud muammolar echimini taqozo qiladi.
Ma'lumki, inflyatsiya darajasi (narxlarning oshishi) mamlakatning bevosita makroiqtisodiy rivojlanishi, aholi daromadlari va turmush farovonligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta'sir qiluvchi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Biz xalqimizning turmush farovonligini yuksaltirish, ularning yaxshi yashashlari uchun sharoit yaratish yo‘lidan borayotgan ekanmiz, eng avvalo, ichki bozordagi narxlarning barqarorligini ta'minlashga erishishimiz zarur.
Mazkur masalaning dolzarbligi Prezidentimizning O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan yig‘ilishdagi ma'ruzasida ham yaqqol o‘z aksini topdi. Ushbu ma'ruzada inflyatsiya darajasini jilovlash maqsadida aynan nimalarga alohida e'tibor qaratish lozimligini aniq ko‘rsatib berildi. Jumladan, imtiyozli kreditlar ajratish tizimini tubdan qayta ko‘rib chiqish asosiy vazifalardan biri etib belgilandi. Haqiqatdan ham, iqtisodiyotda narxlarning o‘sishiga ta'sir qiluvchi eng asosiy omillardan biri, bu - muomaladagi ortiqcha pul massasi ekanligi iqtisodiyot nazariyasidan hammamizga ma'lum. Imtiyozli kreditlar - bu davlat byudjeti yoki Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan bozor stavkasidan ancha past bo‘lgan stavkada taqdim etiladigan kreditlar hisoblanadi. Mazkur kreditlar oxir-oqibat qo‘shimcha pul massasi sifatida chiqarilib, iqtisodiyotda qo‘shimcha talabni vujudga keltiradi hamda agar ulardan samarali foydalanish ustidan qat'iy nazorat o‘rnatilmasa, iqtisodiyotda narxlarning oshishiga sabab bo‘lishi mumkin.
Shu sababdan ham ma'ruzada imtiyozli kreditlarni ajratish bo‘yicha aniq mezon o‘rnatildi, ularni ajratish hisobiga Davlat byudjeti va Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi xarajatlari 2019 yilda oshmasligi lozim. Mazkur holat muomaladagi pul massasi oshishining oldini oladi va narxlar barqarorligini ta'minlashga xizmat qiladi.

Download 92.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling