Mavzuning dolzarbligi
Download 36.75 Kb.
|
2 5377650357147012676
Kirish Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritganidan buyon 30 yil mobaynida mamlakatimiz o’z taraqqiyotida ulkan yutuqlarga erishdi. Mustaqilligimiz yillarida O`zbekiston oldingidan tubdan farq qiluvchi yangi iqtisodiy munosabatlarga asoslangan iqtisodiy rivojlanishning navbatdagi bosqichlariga o`tdi.Bozor iqtisodiyoti asosida tovar pul munosabatlari yotadi.Pul hayotimizda juda katta ahamiyat va o`ringa ega va shu pullardan o’qilona foydalanish, aholini farovon xayot kechirishi uchun va rivojlanishi uchun sarflanadigon pullarni davlat nazoratga olishi kerak va bu ishni davlat budjeti ijrosiga topshirdi. O`zbekiston Respublikasi iqtisodiyotida bozor munosabatlarini qaror toptirish dolzarb tadbirlardan, pul, kredit va banklar tizimida ham tubdan o`zgartirishlar bajarilishi kerak. Bozor munosabatlariga o`tish iqtisodiy kategoriya sifatida pulning kreditning,foiz,soliq va boshqa kategoriyalarning mohiyati va ahamiyatiga boshqacha yondashish kerakligini taqazo qiladi. Mamlakatimiz mustaqillikga erishgandan iqtisodiy islohotlar amalga oshirishning dastlabki davrlaridan, davlatimiz byudjet hisobi munosabatlariga katta e`tibor qaratib kelinmoqda,sababi hech qaysi davlat pul sohasidagi munosabatni yo`lga qo`ymasdan iqtisodiyotni to`laligicha rivojlantira olmaydi. Tashqi iqtisodiy munosabatlar va ichki aloqalarni Respublikamiz tanlagan bozor iqtisodiyoti yo`lida mos ravishda rivojlanishning davlat budjei daromadlari hisobini rivojlanish darajasiga bog`liqligini takidlab o`tish zarur.Jahon miqyosida konvertatsiya qilinadigan asosiy valyutalarning beqarorligi jiddiy havotir uyg`otmasdan qolmaydi.Bu birinchidan ushbu valyutalarga bo`lgan ishonchsizligiga sabab bo`ladi.Pul sohasidagi munosabatlarni rivojlantirish uchun ular to`g`risidagi turli nazariyalarni o`rganish,umumlashtirish va ulardan O`zbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga erishishi yo`lida foydalanish zarur.Shu bilan birga Respublika pul munosabatlarining ilmiy asosda rivojlanishi Iqtisodiy tashkilotlar va Xalqaro moliya instutlari bilan o`rnatiladigan munosabatlarning keng qamrovliligi belgilashda katta ahamiyatga ega. Ushbu kurs ishida O'zbekiston Respublikasida Davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini tashkil qilish, moliya organlarida Davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobi va budjet tashkilotlarida xarajatlar smetasi ijrosining buxgalteriya hisobi O'zbekiston Respublikasining «Budjeti tizimi to‘g‘risida»gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standartlari va O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat budjeti ijrosining buxgalteriya hisobini olib borishga doir me’yoriy hujjatlarni yoritishga xarakat qilingan.
Download 36.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling