Kirish. Ishning umumiy tavsifi I bob


Download 34.82 Kb.
bet1/4
Sana27.02.2023
Hajmi34.82 Kb.
#1235242
  1   2   3   4
Bog'liq
Mamasharipova Nodira


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ALISHER NAVOIY NOMIDAGI TOSHKENT
DAVLAT O‘ZBEK TILI VA ADABIYOTI
UNIVERSITETI

O‘zbek filologiyasi fakulteti


304-guruh talabasi
Mamasharipova Nodira O’razali qizining
“O’zbek adabiyoti tarixi ” fanidan yozgan
KURS ISHI

Mavzu: Qasida va uning tarkibiy qismlari

Topshirdi: Mamasharipova Nodira
Qabul qildi:

Toshkent-2023


1

MUNDARIJA:


Kirish. Ishning umumiy tavsifi …………………………………4
I BOB. Qasida janrining tarkibiy tuzilishi……………………….7
II BOB. Qasida janrida ijod qilganlar…………………………………….15
Umumiy xulosalar………………………………………. 16
Foydalanilgan adabiyotlar ……………………………….17

2
KIRISH. KURS ISHINING UMUMIY TAVSIFI.


Mavzuning dolzarbligi. Ayni kunda Prezidentimiz farmonlari bilan besh tashabbus ni olg’a surish borasida amalga oshirilayotgan islohatlar talaygina. Shulardan biri adabiyot sohasini yanada rivojlantirish, o’sib kelayotgan yosh avlodni adabiyotga, san’atga mehr ruhida tarbiya qilishga ham qaratilgan. Shu o’rinda mumtoz adabiyotga qiziqtirish oldimizda turgan katta vazifalardan hisoblanadi. Bugungi kunda ma’naviyat masalasi ijtimoiy hayotimizning asosiy masalalaridan biriga aylanib qoldi. Istiqlol tufayli ma’naviy hayotimizda tub o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda bu sohaga ulkan va uzluksiz e’tibor qaratib kelinmoqda. Halqimizning milliy ongi, milliy g‘ururi o‘sib, ma’naviy asosini yanada mustahkamlashga poydevor yaratayapti.
Mumtoz lirik janrlar - o‘zbek adabiyoti tarixining, ya’ni xalqimizning ma’naviy-madaniy tarixining tarkibiy qismi ekanligi, barkamol avlod tarbiyasida muhim ta’limiy ahamiyat kasb etishi, o‘zligimizni anglash, milliy qadriyatlarimizni tiklash, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egallashimizda o‘ziga xos o‘rin tutishini talabalarning ongu shuuriga singdirish ham juda keraklidir. Lirikadagi har bir janrning o‘ziga xos xususiyatlarini, farqli jihatlarini va shakliy o‘xshashliklarini misollar bilan tushuntirish, tahlil qilishga o‘rgatish ham katta ahamiyatlidir. Mumtoz adabiyotning janrlar takomilida qasida janri ham alohida ahamiyatlidir.



Download 34.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling