Ularga quyidagilar kiradi


Download 16.76 Kb.
Sana05.02.2023
Hajmi16.76 Kb.
#1166969
Bog'liq
Strategik rejalashtirish


Strategik rejalashtirish - bu maqsadlar, ularga erishish yo'llari va vositalari, shuningdek natijalarni o'lchash yoki baholash usuli aniqlangan jarayon.
Rejalashtirish oʼz ifodasini strategik moliyaviy rejalarda topadiki, u tashqi va ichki muhitda oʼzgarayotgan xoʼjalik yuritish subʼekti moliyaviy taraqqiyotining koʼp variantli bashoratidan iboratdir.
Boshqarish funksiyasi sifatida strategik rejalashtirish butun boshqaruv funksiyalari uchun poydevor yoki boshqaruv tizimi funksional tuzilmasining asosi hisoblanadi. Strategik rejalashtirish butun maqsadlarga erishish yo’lidagi asosiy ko’maklashuvchi vosita bo’lib ham xizmat qiladi.
Strategik rejalashtirish o’zida shunday jarayon va qarorlarni mujassam etadiki, ular yordamida korxona shakllanishidagi maqsadlarga erishishni ta’minlovchi strategiyalar ishlab chiqiladi.
Strategik rejalashtirish xo’jalik faoliyatida boshqaruv qarorlari uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi vosita hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi – korxona hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan yangilik va tashkiliy o’zgarishlarni ta’minlashdan iborat.
Jarayon sifatida strategik rejalashtirish o’zi ishlab chiqarishiga 4 xil faoliyatni qamrab oladi.
Ularga quyidagilar kiradi:
resurslar taqsimoti;
tashqi muhitga moslashish;
ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish va tartibga solish;
tashkiliy o’zgarishlar.
1. Resurslar taqsimoti. Ushbu jarayon moddiy, moliyaviy, mehnat, axborot va boshqa resurslar taqsimotini qamrab oladi. Korxonaning shakllanish strategiyasi nafaqat biznesni kengaytirish, bozor talabini qondirish, balki resurslardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish xarajatlarini muntazam kamaytirib borish orqali ham
mustahkamlanadi. Shu bois biznesning turli sohalari o’rtasida resurslarni samarali taqsimlash, ulardan rasional foydalanish yo’llarini axtarish strategik rejalashtirishning muhim funksiyasi hisoblanadi
Strategik rejalashtirish – bu, shunday rejalashtirish turiki, unda korxona faoliyatining asosi sifatida inson omiliga tayaniladi;
ishlab chiqarish faoliyati iste’molchilar talablariga moslashtiriladi;
uzoq muddatda korxonaning yashashi va o’z maqsadiga erishishiga olib boruvchi zaruriy va addekvat o’zgarishlarni strategik yondashuvi
bo’lmasligi bozor raqobat kurashida mag’lubiyatga uchrashining asosiy sabablaridan hisoblanadi.

Birinchidan, korxona o’z faoliyatining rejasini tuzishda tashqi muhitda hech qanday o’zgarish bo’lmaydigan yoki tashqi muhitda o’zgarishlar bo’lgan taqdirda ham tashkilot kelgusidagi o’z maqsadlariga erishish uchun bugun qilinadigan ishlarni ham nazarda tutishi kerak. Strategik rejalashtirishning asosiy vazifasi tashqi muhit holatini o’rganish, uning korxonaga munosabatini anglash va korxona
shakllanishi yo’lidagi maqsadlarga erishishni ta’minlovchi kompleks tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.

Ikkinchidan, rejalashtirishga an’anaviy yondashuvda rejani ishlab chiqish korxonaning resurslari va ichki imkoniyatlarini tahlil qilishdan boshlanadi. Ichki imkoniyatlarni to’liq tahlil qilish korxona qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqara olishi, ya’ni korxonaning ishlab chiqarish quvvati va shuncha miqdorda mahsulot ishlab chiqarishiga ketadigan xarajatlar darajasini aniqlash imkoniyatini beradi.
Ushbu holatda sotilgan mahsulotlar miqdori va savdo bahosi noaniq bo’lib qolaveradi. Shuning uchun rejaning bunday texnologiyasi bozorni o’rganishga asoslangan strategik rejalashtirish fikri bilan qarama-qarshi bo’lib qolaveradi.

Strategik rejalashtirishning asosiy afzalligi shundaki, u yuqori darajada reja ko’rsatkichlariga asoslangan, voqealar rivojining rejali amalga oshirilishini ta’minlaydi.
Iqtisodiyotdagi hozirgi o’zgarishlar sur’ati shunchalik yuqoriki, bunda strategik rejalashtirish o’zini bo’lajak muammo va imkoniyatlarni bashorat qilishning yagona usuli sifatida namoyon qiladi. U firmaning oliy rahbariyatini uzoq muddatli rejalar bilan ta’minlaydi, qarorlarni qabul qilish uchun asos yaratadi, qaror qabul qilishda tavakkalchilikning pasayishiga ta’sir ko’rsatadi, firmaning barcha tarkibiy bo’linmalari va ijrochilarining maqsad va vazifalarini uyg’unlashtiradi.
Strategik rejalashtirish uchun quyidagi xususiyatlar xosdir:
- strategik rejalashtirish joriy to’ldirib borilishi kerak;
- strategik rejalar firma oliy rahbariyatining har yili o’tkaziladigan yig’ilishlarida ishlab chiqiladi;

- strategik rejaning mukammallashtirilishi yillik moliyaviy rejaning ishlab
chiqilishi bilan bir paytda amalga oshiriladi;
- ko’plab xorijiy kompaniyalar, strategik rejalashtirishning mexanizmi
takomillashgan bo’lishi shart deb hisoblaydilar.
Strategik rejalashtirishning afzalliklari bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. Ular strategik rejalashtirishning ko’lami doirasini cheklaydi, turli xo’jalik masalalarini yechishda uni universallikdan mahrum qiladi.

Download 16.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling