Strategik moliyaviy rejalashtirish jarayoni aniqlash masalalari


Download 174.77 Kb.
bet1/4
Sana19.12.2022
Hajmi174.77 Kb.
#1033725
  1   2   3   4
Bog'liq
15 Strategik moliyaviy rejalashtirish jarayoni aniqlash masalalari

Strategik moliyaviy rejalashtirish jarayoni aniqlash masalalari

REJA:

    • Strategik rejalashtirishning mohiyati.
    • Strategik rejalashtirishning tarkibiy tuzilishi
    • Strategik rejalashtirishning afzalliklari va kamchiliklari

Strategik rejalashtirishning mohiyati

Boshqarish funksiyasi sifatida strategik rejalashtirish butun boshqaruv funksiyalari uchun poydevor yoki boshqaruv tizimi funksional tuzilmasining asosi hisoblanadi. Strategik rejalashtirish butun maqsadlarga erishish yo’lidagi asosiy ko’maklashuvchi vosita bo’lib ham xizmat qiladi.

Strategik rejalashtirish o’zida shunday jarayon va qarorlarni mujassam etadiki, ular yordamida korxona shakllanishidagi maqsadlarga erishishni ta’minlovchi strategiyalar ishlab chiqiladi.

Strategik rejalashtirish xo’jalik faoliyatida boshqaruv qarorlari uchun asos bo’lib xizmat qiluvchi vosita hisoblanadi. Uning asosiy vazifasi – korxona hayotiy faoliyati uchun zarur bo’lgan yangilik va tashkiliy o’zgarishlarni ta’minlashdan iborat. Jarayon sifatida strategik rejalashtirish o’zi ishlab chiqarishiga 4 xil faoliyatni qamrab oladi. Ularga quyidagilar kiradi: resurslar taqsimoti; tashqi muhitga moslashish; ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish va tartibga solish; tashkiliy o’zgarishlar.


Resurslar taqsimoti. Ushbu jarayon moddiy, moliyaviy, mehnat, axborot va boshqa resurslar taqsimotini qamrab oladi. Korxonaning shakllanish strategiyasi nafaqat biznesni kengaytirish, bozor talabini qondirish, balki resurslardan samarali foydalanish, ishlab chiqarish xarajatlarini muntazam kamaytirib borish orqali ham mustahkamlanadi.
Tashqi muhitga moslashish. Moslashishni, umuman olganda, korxonaning o’zgaruvchan bozor sharoitlarida faoliyat olib borishga ko’nikuvi sifatida qabul qilish mumkin. Bozor muhiti xo’jalik yurituvchi sub’ektlarga nisbatan doimo maqbo’l va nomaqbul shart-sharoitlarga (ustunliklar va xavflarga) ega bo’ladi. Bu funksiyaning vazifasi - korxona xo’jalik mexanizmini ushbu shartlarga ko’niktirish, ya’ni raqobat kurashida ustunliklardan foydalanish va turli xavf- xatarlarni bartaraf etishdan iborat.
Ishlab chiqarishni muvofiqlashtirish va tartibga solish. Ushbu funksiya firmaning strategik rejasida ko’zda tutilgan maqsadlariga erishishi uchun tarkibiy o’zgarishlarni (korxonalar, ishlab chiqarish, sexlar) kuchaytirishdan iborat. Korxona strategiyasi o’zaro bog’liq maqsad va vazifalarning murakkab tizimini qamrab oladi. Shuning uchun strategik rejaning barcha qismlari resurslar, tarkibiy bo’linmalar va ijrochilar o’rtasida o’zaro bog’liq bo’lishi shart.
Tashkiliy o’zgarishlar. Ushbu faoliyat tashkilotning shunday shakllanishini nazarda tutadiki, bu shakllanish boshqaruvchi xodimlarning murakkab ishini, menejerlar fikrlash qobiliyatining rivojlanishini, strategik rejalashtirishning oldingi tajribalari hisobini olib borishni ta’minlaydi. Natijada, ushbu funksiya korxonada turli tashkiliy o’zgarishlarni o’tkazishda namoyon bo’ladi.
Strategik rejalashtirish – bu, shunday rejalashtirish turiki, unda korxona faoliyatining asosi sifatida inson omiliga tayaniladi; ishlab chiqarish faoliyati iste’molchilar talablariga moslashtiriladi; uzoq muddatda korxonaning yashashi va o’z maqsadiga erishishiga olib boruvchi zaruriy va addekvat o’zgarishlarni strategik yondashuvi bo’lmasligi bozor raqobat kurashida mag’lubiyatga uchrashining asosiy sabablaridan hisoblanadi. Bu maqsad va rejaning ishlab chiqarish tartibini tavsiflovchi ikki shaklda namoyon bo’ladi.
Birinchidan, korxona o’z faoliyatining rejasini tuzishda tashqi muhitda hech qanday o’zgarish bo’lmaydigan yoki tashqi muhitda o’zgarishlar bo’lgan taqdirda ham tashkilot kelgusidagi o’z maqsadlariga erishish uchun bugun qilinadigan ishlarni ham nazarda tutishi kerak. Strategik rejalashtirishning asosiy vazifasi tashqi muhit holatini o’rganish, uning korxonaga munosabatini anglash va korxona shakllanishi yo’lidagi maqsadlarga erishishni ta’minlovchi kompleks tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.
Ikkinchidan, rejalashtirishga an’anaviy yondashuvda rejani ishlab chiqish korxonaning resurslari va ichki imkoniyatlarini tahlil qilishdan boshlanadi. Ichki imkoniyatlarni to’liq tahlil qilish korxona qancha miqdorda mahsulot ishlab chiqara olishi, ya’ni korxonaning ishlab chiqarish quvvati va shuncha miqdorda mahsulot ishlab chiqarishiga ketadigan xarajatlar darajasini aniqlash imkoniyatini beradi. Ushbu holatda sotilgan mahsulotlar miqdori va savdo bahosi noaniq bo’lib qolaveradi. Shuning uchun rejaning bunday texnologiyasi bozorni o’rganishga asoslangan strategik rejalashtirish fikri bilan qarama-qarshi bo’lib qolaveradi.

Download 174.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling