5-sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan psixologik tadbirlar Yangi muhitga moslashish davridagi xavotirlanishni aniqlash


Download 251.77 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana02.05.2023
Hajmi251.77 Kb.
#1422009
  1   2   3   4   5
Bog'liq
5 sinf o\'quvchilari uchun oktabr oyida qilinadigan psixologik diagnostika



5-sinf o’quvchilari bilan o’tkaziladigan psixologik tadbirlar 
 
Yangi muhitga moslashish davridagi xavotirlanishni aniqlash 
5-sinfga o’tish davri bilan bog’liq bo’lgan xavotirlanishni boshidan 
kechirayotgan o’quvchilarni qanday aniqlash mumkin? Buning uchun bir nechta 
metodikalar (Filipsning “Maktabdagi xavotirlanish testi”, Spilbergning “O’z-o’zini 
baholash shkalasi”, Teylorning “Xavotirlanish paydo bo’lishining shaxsiy shkalasi”) 
mavjud. Ushbu testlar bolalarning maktabdagi turli vaziyatlarda stress xolatiga 
tushishini aniqlash imkonini beradi. 
Bular: 
1. maktabdagi umumiy xavotirlanish; 
2. ijtimoiy stressdan tashvishlanish; 
3. yutuqlarga erishishda ehtiyojlarning frustratsiyasi; 
4. o’zini namoyon qilishdan qo’rqish; 
5. bilimni tekshirish oldidagi qo’rquv; 
6. atrofdagilarning ishonchini oqlay olmaslik qo’rquvi; 
7. ruhiy zarbaga past fiziologik qarshilik
8. o’qituvchi bilan munosabatlardagi qo’rquv va muammolar. 
Ko’p hollarda “bilimni tekshirish oldidagi qo’rquv”, “o’zini namoyon 
qilishdan qo’rqish”, “atrofdagilarning ishonchini oqlay olmaslik qo’rquvi” 
xavotirlikning yetakchi parametrlari hisoblanadi. 
Quyidagi 5-sinf o’quvchilarining moslashuv davrida kuzatiladigan xavotirlik 
darajasini tez va holisona aniqlaydigan ekspress metodikani ikki marta: oktyabr va 
yanvar oylarida o’tkazish taklif etiladi. Bu maktab amaliyotchi psixologiga 
o’quvchilarda xavotirlik darajasining o’sishi va pasayishini kuzatish imkonini 
beradi. Bu ma’lumotlarni o’quvchilar bilan korreksion mashg’ulotlar 
o’tkazilayotganda hisobga olish lozim, chunki xavotirlikning me’yor darajasi ruhiy 
faoliyatni safarbarlashtiradi, yuqori darajasi esa shaxslararo munosabatlarga va 
ta’lim olishga to’sqinlik qiladi. 
Bolalarga oxirgi paytda kayfiyatlaridagi o’zgarishlarni baholash taklif etiladi. 
Ijobiy tasdiq faqatgina o’zgarish ro’y bergan bo’lsa qabul qilinadi. Masalan, bola 
ilgari tez charchagan va hozir ham huddi shunday tez yoki kamroq charchayotgan 
bo’lsa, u holda bu “yo’q” javobidir. 
Taklif etilgan har bir tasdiqni “Oxirgi paytda…....” jumlasidan boshlash 
kerak. 

Download 251.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling