O’quvchilar “O’quvchilarni maktab hayotidan qoniqqanligini o’rganish”
so’rovnomasi savollariga javob beradilar. (3-ilovaga qarang).
Psixolog. Agar ko’p tasdiqlarga ko’nsang, demak sen o’z kuchingga
ishonasan va ko’p narsalarni mustaqil bajara olasan.
Aksincha keltirilgan
tasdiqlarning ko’pchiligi
sengga mos kelmasa, unda qayg’urish
kerak emas, hali
hammasi oldinda!
4. Refleksiya. “Yaxshi kun uchun rahmat” mashqi. (5 daqiqa).
Bu mashg’ulotni yakunlash uchun so’nggi mashq bo’lib,
uning yordamida
bolalarda tashakkur bildirish va do’stona munosabat kabi muhim sifat shakllanadi.
Ko’rsatma: Iltimos, doira bo’lib turing. Hozir
Siz bilan bir-birimizga
do’stona munosabatlarimizni va tashakkurimizni namoyon etishga yordam beruvchi
kichik mashq o’tkazamiz. O’yin quyidagi tarzda kechadi: bir kishi doira markaziga
kelib turadi, boshqa ishtirokchi uni yoniga kelib, qo’lini siqib “Shu bugungi kunimiz
juda maroqli o’tdi, buning uchun rahmat!” deydi. Ikkala ishtirokchi ham qo’lini
ushlab turgan holda markazda turadi, so’ngra uchinchi o’quvchi ham kelib birinchi
yoki ikkinchi o’quvchining qo’lini tutib “Bugungi kun uchun rahmat” deydi. Shu
tariqa markazdagi doira kengayadi. Boshqa o’quvchilar ham navbatma-navbat kelib
bir-birlarining qo’llarini mahkamroq ushlagan holda yuqoridagi so’zlarni qaytarib
mashg’ulotga yakun yasaydilar.