1-mavzu: Qurish va konstruktorlash markazi uchun ko`rgazmalar tayyorlash


Download 26.55 Kb.
Sana11.10.2023
Hajmi26.55 Kb.
#1698987
Bog'liq
1-mavzu


1-mavzu: Qurish va konstruktorlash markazi uchun ko`rgazmalar tayyorlash
Reja:

  1. Qurish-konstruktorlash markazi faoliyati.

Qurish va konstruktorlash markazi uchun ko`rgazmalar tayyorlash jarayoni
Texnik konstruksiyalash — turli texnik obyektlar yaratishdir. Fikrlash faoliyati va amaliy faoliyat bu o‘rinda o‘zida yangilik elementini mujassamlashtirgan va modellashtirishdan farqli ravishda haqiqiy obyektlarni takrorlamaydigan buyum, predmet yasashga qaratilgandir. Konstruksiyalash jarayonining mohiyati nimadan iborat? Bu ijodiy faoliyatning shunday turiki, unda dastlab hali mavjud bo‘lmagan buyumning, inshootning bo‘lajak obrazi paydo bo‘lishi kerak. Konstruksiyalashni shartli ravishda bir necha bosqichga bo‘lish mumkin.
Birinchi bosqich — bo‘lajak buyum obrazini yaratishni talab qiladigan texnik vazifani aniqlash. Bu bosqichda mashinalar klassi, ularning xususiyatlari aniqlanadi, asosiy qismlarining konstruktiv tuzilishi belgilanadi. Masalan, o‘qituvchi mashg‘ulotda bolalar gugurt qutichalardan yuk avtomobilini konstruksiyalashlari kerak- ligini aytadi. Dastlab o‘quvchilarda bu mashina obrazi paydo bo‘lishi kerak. U quticha ko‘rinishidagi kuzov, kabina, kapot, rama, g‘ildi- raklarga ega.
Ikkinchi bosqich — texnik vazifani hal qilish yo‘llarini aniqlash, texnik hujjatlarni ishlab chiqish. Bolalar konstruksiya eskizini tayyorlaydilar, shaklini, o‘lchamlarini, ayrim detallar qismlarining o‘zaro joylashishini belgilaydilar. Bunda tayyorlash imkoniyatlari qulayligi va boshqa xususiyatlar hisobga olinadi. Eskiz asosida chizma chizadilar. Bolalarning tayyorgarlik darajasi, texnik tafakkuri, taj- ribasi, yoshiga qarab, hatto bir ijrochida ham variantlardan eng muvaffaqiyatlisi tanlab olinadi.
Uchinchi bosqich — belgilangan rejani bajarish. Bunda o‘quv- chilar zarur materiallar, asbob-uskunalarni mustaqil ravishda tanlaydilar. Konstruktorlik hujjatlar — chizma, eskiz, texnik rasmlar bo‘yicha amaliy ishni bajaradilar, ya’ni ish boshida paydo bo‘lgan fikriy obrazni reallikka aylantiradilar.
Download 26.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling