Strategik moliyaviy rejalashtirish jarayoni aniqlash masalalari
Strategik rejalashtirishning tarkibiy tuzilishi
Download 174.77 Kb.
|
15 Strategik moliyaviy rejalashtirish jarayoni aniqlash masalalari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Makromuhitni
- Bevosita muhit
Strategik rejalashtirishning tarkibiy tuzilishiStrategik rejalashtirishni boshqarishning bir-biridan kelib chiquvchi, o’zaro bog’liq oltita jarayon yig’indisi sifatida ko’rib chiqish mumkin. Shu bilan bir vaqtda barqaror qarama-qarshi bog’liqlik va har bir jarayonning qolganlariga ta’sir etishi amal qiladi. Strategik rejalashtirish strategik boshqaruvning komponentlaridan biri hisoblanadi, strategiya boshqaruviga esa strategik rejalashtirishning sinonimi sifatida qaraladi. Strategik rejalashtirishning asosiy komponentlarini ko’rib chiqamiz.1.Tashkilot missiyasini aniqlash. Bu jarayon tashkilot mavjudligini, uning ixtisoslashuvini, bozor iqtisodiyotidagi roli va o’rnini belgilashdan iborat. Bozor talablaridan, iste’molchilarning xohishidan, mahsulotning xususiyati va raqobatbardoshlik jihatlarining mavjudligidan kelib chiqib, firmalar biznesdagi o’z yo’nalishini belgilaydi, tashkilot missiyasini aniqlash firmaning ushbu yo’nalishini tavsiflab beradi. 2.Maqsad va vazifalarning shakllanishi. Maqsad va vazifalar iste’molchilarga xizmat kiluvchi faoliyatga olib borishning darajasini aniqlashi kerak. Ular firmada ishlovchilarning maqsadlarini yaratishi lozim. Maqsadli ko’rinish 4 turdagi maqsadga ega: miqdoriy maqsadlar sifatiy maqsadlar strategik maqsadlar taktik maqsad va boshqalar 3.Tashqi muhitni tahlil qilish va baholash. Ushbu jarayon strategik rejalashtirishning boshlang’ich jarayonlaridan hisoblanadi, chunki u firmaning o’z maqsadlariga erishishi va o’z strategik rejasini ishlab chiqishi uchun bazani ta’minlaydi. Muhitni tahlil qilish uning ikki komponentini ko’rib chiqishni taqozo etadi: makromuhit; bevosita muhit Makromuhitni tahlil qilish firmaga ta’sir etuvchi shunday komponentlarni o’rganishni o’z ichiga oladi iqtisodiyotning holati; huquqiy tartibga solish tabiiy muhit va resurslar siyosiy jarayonlar ilmiy - texnologik daraja infratuzilma va boshqalar . Bevosita muhit quyidagi komponentlar yordamida tahlil qilinadi: xaridor; yetkazib beruvchi; raqobatchilar; ishchi kuchi bozori; 5.Strategik muqobillarni tahlil qilish va ishlab chiqish, strategiyani tanlash (5.6-bosqichlar). Bu jarayon strategik rejalashtirishning o’zagi hisoblanadi, chunki unda irmaning o’z maqsadlariga qanday erishishi va korporativ missiyasini amalga oshirishi to’g’risida qarorlar qabul qilinadi. Strategik tanlash aniq va bir ma’noli bo’lishi kerak. 4.Ichki tarkibni tahlil qilish va baholash. Ichki muhitning tahlili firma o’z maqsadlariga erishishi jarayonidagi raqobat kurashida tayanishi mumkin bo’lgan ichki imkoniyat va salohiyatni aniqlash imkonini beradi. Ichki muhit tahlili firmaning maqsadini aniqlash va o’z mafkurasini ro’yobga chiqarishi uchun imkon yaratadi. Ichki muhit quyidagi yo’nalishlarda ko’rib chiqiladi: kadrlar salohiyati; boshqaruvni tashkillashtirish; marketing; moliya; tashkiliy tuzilma va boshqalar. Download 174.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling