6-laboratoriya ishi yuqori molekulyar birikmalarning bo‘kish kinetikasini va darajasini aniqlash ishdan maqsad


Download 79.11 Kb.
Sana27.01.2023
Hajmi79.11 Kb.
#1131655
Bog'liq
lab 6


6-LABORATORIYA ISHI


YUQORI MOLEKULYAR BIRIKMALARNING BO‘KISH KINETIKASINI VA DARAJASINI ANIQLASH


Ishdan maqsad: Turli erituvchilarda (benzol, toluol, atseton, etil spirt va boshqalar) yuqori molekulyar birikmalarning (kauchuk, jelatina va boshqalar) bo‘kish darajasini va bo‘kish tezlik konstantasini aniqlash.
Yuqori molekulyar birikmalarniig bo‘kishi va uning bo‘kish darajasi bilan harakatlanadi:

Bunda: α – bo‘kish darajasi;
m – bo‘kkan namunining og‘irligi, g,
mo – quruq namunaning og‘irligi, g,

Bo‘kkan namunaning og‘irligi namunaga yutilgan quruq moddaning og‘irligi, mo va g – suyuqlik og‘irligining yig‘indisidan iborat.





o‘z navbatida
ga teng, bu yerda,
V – yutilgan suyuqlik hajmi ml;
d – suyuqlikning zichligi, g/sm3 (benzolning d=0,88, toluolniki d=0,87).

Tegishli o‘zgarishlar kiritib bo‘kish darajasi uchun hisoblash formulasini topamiz:



Bo‘kish jarayoni ma’lum vaqt ichida sodir bo‘ladi. Bo‘kish tezligini quyidagi tenglama bilan hisoblash mumkin:

bunda: αmax - maksimal bo‘kish darajasi,
α – ayni vaqtdagi bo‘kish darajasi,
K – bo‘kish jarayonining tezlik konstantasi.
Bu tenglamani integrallanganida quyidagi ifoda kelib chiqadi:


bo‘lganda
bundan u holda




o‘zgarish bilan τ ning o‘zgarishini ifodalovchi =f(τ) grafik tuziladi. Grafikdagi to‘g‘ri chiziqning og‘ish burchagi tangensi tgα=K/2,3 bo‘ladi, so‘ngra bo‘kish tezlikning konstantasini hisoblanadi. K=2,3tgα.


Kerakli asbob va reaktivlar:
nabuxometr asbobi, rezina bo‘lagi, benzol yoki toluol eritmasi, analitik tarozi.

«Nabuxometr» asbobi



Ishni bajarish tartibi:
«Nabuxometr» asbobida bo‘kish darajasi o‘lchanadi. Bo‘kish darajasi aniqlanishi kerak bo‘lgan yuqori molekulyar moddani massasini analitik tarozida tortib (taxminan bir bo‘lak 80, 100, 120mg modda) olinadi. «Nabuxometr»ni ochib unga benzol yoki toluol erituvchisi solinadi, suyuqlikning sathi yuqori rezervuardan pastroq bo‘lishi kerak. Yuqori rezervuarga rezina bo‘lagini solib, probka bilan berkitiladi. Suyuqlikning dastlabki sathi belgilab olinadi. So‘ngra asbobni aylantirib, ma’lum vaqt o‘tgandan keyin asbobni dastlabki holatiga aylantiriladi, suyuqlik sathi asbobning ikkala tomonidan tenglashganda suyuqlik sathi belgilanadi. Har 15 minut o‘tgandan keyin tajriba 3 marta takrorlanadi. Tajriba natijalarini 3-jadvalga yoziladi.
3-jadval



Tajriba boshlangandan o‘tgan
vaqt, τ min

Suyuqlik hajmi, V sm3

Bo‘kish darajasi, α

Maksimal bo‘kish darajasi, αmax





1

0
















2

15
















3

30
















4

45
















So‘ngra bo‘kish tezlik konstantasi aniqlanadi:




K=2,3tgα
Download 79.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling