Suvsiz eritmalar


Download 22.04 Kb.
bet1/2
Sana10.01.2023
Hajmi22.04 Kb.
#1087372
  1   2
Bog'liq
20-ma\'ruza matn




SUVSIZ ERITMALAR
Erituvchisi suv bo'lmagan va sirtga ishlatishga mo'ljallangan suyuq dori shakllari suvsiz eritmalar deyiladi.
Sirtga ishlatish uchun mo'ljallangan critmalarni ko'pchiligi tayyor- langanda ularning ta'sir muddatini uzaytirish maqsadida, dori modda cruvchanligini hisobga olgan holda crituvchilardan spirt, cfir va xloroform, o'simlik moyi, vazelin moyi va glitscrin ishlatiladi. Bunda shuni nazarda tutish kcrakki, ishlatiladigan erituvchilar Davlat Farmako- peyasi talablariga javob berishi zarur. Tibbiy amaliyotda ishlatishga ruxsat etilgan bo'lishi kerak. Suvsiz eritmalar tayyorlanadigan idish toza va quruq bo'lishi kcrak. Suvsiz crituvchilarni (moy, glitserin, xloroform) qovushqoqligi yuqori bo'lgani sababli ularni og'irlik usulida tayyorlanadi.
SPIRTLI ERITMALAR
Tibbiyotda ishlatiladigan spirt - etil spirti bo‘lib, amalda vino spirti deb ham yuritiladi, 95%, 90%, 70%, 40% konsentratsiyalari ishlatiladi. Spirtli eritma yozilganda konsentratsiyasi shifokor tomonidan ko'rsatilmasa, unda 90% spirt ishlatiladi. Etil spirti kraxmal saqlovchi donlardan bijg‘itish yo'li bilan olinadi. Uni tozalab (rektifikatsiya) ma'lum bir darajaga yetkazilgandan so'ng iste'molga chiqariladi. Toza etil spirti oson chayqaladigan, tiniq, rangsiz, achchiq kuydiruvchi mazaga ega boigan, o'ziga xos hidli suyuqlik. Uchuvchan xususiyatga ega, oson alangalanadi. Etil spirti ko‘pchilik dori moddalar uchun yaxshi erituvchi hisoblanadi. Ya’ni organik kislotalar, efir moylari, smolalar, yod va boshqalar spirtda yaxshi eriydi.
Spirt boshqa erituvchilar bilan, chunonchi suv, glitserin, xloroform, cfir bilan yaxshi aralashadi.
Suvni spirt bilan aralashtirilganda aralashma isib, umumiy hajm kamayadi, buni amaliyotda kontraksiya hodisasi deb yuritiladi. Shu sababli ham suv-spirt aralashmasining maMum darajasini olish uchun uni, albatta oldindan hisoblab, hajmlari belgilanib, so‘ng aralashtirish kerak. Hisoblashda spirt-suv aralashma nisbatlarini ko‘rsatuvchi alkogolometrik jadvallardan foydalanish mumkin.
Erituvchi sifatida etil spirti ichish va surtish uchun moMjallangan dori preparatlarini tayyorlashda ishlatiladi. Ba'zi hollarda esa inyeksiyaga moMjallangan dori prcparatlari tarkibiga ham spirt kiritilishi mumkin.
Spirtda eritiladigan moddalarning eruvchanligi spirtli aralashmadagi spirt miqdori bilan bogMiqtigini hisobga olib, spirtli aralashmadagi aniq miqdori belgilangan boMishi ahamiyatlidir.
Spirtli eritmalarning 15-20% dan yuqorilari bakterisid ta'sirga ega boMib, ulardan idishlarni, qoMni, xirurgik asboblarni artishda qoMlash mumkin.
Spirtni og‘zi mahkamlangan shisha idishlarda, salqin yerda «B» ro'yxat bo'yicha saqlash zarur.

Eritmalar tayyorlanganda olinadigan spirtni darajasi shu eritmani tayyorlash bo‘yicha tuzilgan normativ hujjatlarda ko'rsatiladi va shunga asosan shifokor ko‘rsatmasi boiishi ham mumkin.


Agar retseptda aniq ko'rsatma boimasa, 0‘zR SSVning 2002-yil 29-dekabrdagi 582-sonli buyrug'iga asosan:
5-10% li yod eritmasi - 96% li etanolda (X DF);
1-2% li yod eritmasi - 96% li etanolda;
1,5% li vodorod peroksid critmasi- 96% li etanolda;
1% li sitral eritmasi - 96% li etanolda;
1-2% salitsil kislotasi - 70% li etanolda;
0,5%; 1-3%; 5% li borat kislotasi eritmalari -70% li etanolda;
1-2% li brilliant yashili - 60% li etanolda tayyorlanadi;
1% li metilen ko‘ki eritmalari - 60% li etanolda tayyorlanadi.
Etanol eritmalari og‘irlik-hajm usulida tayyorlanadi.
Rp: Acidi borici 0,3
Sp. aethylici 70% - 10 mi M.D.S. Sirtga ishlatish uchun.
Quruq flakonga 0,3 g borat kislotasi, 10 ml 70% li etanol solib eritiladi (og‘zi tez berkitiladi). Erishni tezlashtirish uchun idishni iliq suvga (40-50°C) solib isitish mumkin.
Ba'zan 70% li etanol olish uchun 95% li etanolni suyultirish lozim boiadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin:
X=V*B/A
Masalan, 50 ml 70 %li etanol eritmasini tayyorlash kerak.
X = 50 x 70 = 36,8 ml.
Silindrga 36,8 ml 95% li etanol solib hajmi 50 ml ga yetguncha tozalangan suv qo‘shiladi. Oichov silindri boimagan hollarda XI DFning 3-4 alkogolometrik jadvalidan foydalanish murnkin.
Moyli, glitserinli eritmalar og'irlik usulida tayyorlanadi. Erishni tezlashtirish uchun eritma suv hammomida qizdiriladi. Eritma to‘g‘ridan- to‘g‘ri bemorga beriladigan idishning o‘zida layyorlanadi, ya’ni filtrlanmaydi.
Rp: Acidi salicylici 1,0
Spiritus aethylici 95% -10 ml Viridi niientis 0,1

Collodii ad 100,0


M. D. S Sirtga ishlatish uchun.
Og'irlik usuli bilan tayyorlanadi. 10 g 95% spirt tortib olib, unda
1,0 g salitsil kislotasi critiladi. Zarur boMsa bir chimdim paxta orqali suzib tozalanadi, so'ng unda 0,1 brilliant ko‘ki critiladi va ustiga 100 grammgacha kollodiy solinadi.
Tiniq qovushqoq, ko‘k rangli suyuqlik, efirga xos hidli. Teriga surtilganda yupqa parda hosil qilib qotadi.
Rp: Anacsthesini
Novocaini aa 1,0 Menlholi 2,5
Spiritus aelhylici 70% - 100 ml M. D. S. Sirtga ishlatish uchun.
Yozilgan miqdordagi dori moddalar beriladigan idishga tortib olinib, ustiga 100 ml 70% spirt solinadi, chayqatib critiladi. Tiniq rangsiz mcntolga xos hidli eritma. Sirtga og'riq qoldirishda, ustki nerv yallig'lanishi yoki mushak to'qimalari shamollaganda, teri, tcri osti mushaklar shamollashi ta'siridagi qichimalami to'xtatish uchun ishlatiladi. «B» ro‘yxati bo‘yicha salqin joyda saqlanadi.



Download 22.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling