Suvsiz eritmalar


Download 22.04 Kb.
bet2/2
Sana10.01.2023
Hajmi22.04 Kb.
#1087372
1   2
Bog'liq
20-ma\'ruza matn

MOYLI ERITMALAR
Normal sharoitda tiniq, qovushqoq suyuqliklar kimyoviy jihatdan palmitin, stearin, olein kislotalarini glitscrin bilan bcrgan uch atomli cfirlari. Tibbiy amaliyotda ishlatiladigan moylar sovuq usulda presslab olingan bo'lishi kcrak.
Ko‘p ishlatiladigan moylarga bodom moyi Oleum Amygdalarum - achchiq va chuchuk bodom danagidan olinadi. Shaftoli moyi - Oleum Persicorum - oddiy shaftoli, o'rik, olxo'ri va olcha danaklaridan olinadi.
Bu moylar tibbiy amaliyotda dorivor moylar hisoblanib, dorilarning moyli eritmalarini va inycksion eritmalar tayyorlashda ishlatiladi. Moyli eritmalarni tayyorlashda kungaboqar moyi (Olcum Helianthi) araxis moyi - yeryong‘oqdan olinadi, kunjut moyi (Oleum Ricini) va boshqa moylar qo'llaniladi.
Moylarda mcntol, fenol, fenilsalitsilat, alkaloid asoslari, efir moy- lari, kamfora va boshqa moddalar yaxshi eriydi. Erituvchi sifatida moylarni ishlatilganda uning erituvchi xususiyati bilan birga, moddalar turg'unligini saqlash hamda dori ta'sir davrini uzaytirish kabi xusu- siyatlari ham muhim o‘rinda turadi
Dorixona sharoitida moylarni shisha va metall idishlarda to'ldirib saqlanadi.
Rp: Phenoli puri 0,13 Olei Helianthi 10, 0 M. D. S. Quloq tomchisi.
Moyli eritmalar faqat og'irlik usuli bilan tayyorlanadi. Eritmaning umumiy og‘ir!igi dori modda va erituvchi og‘irligi bilan birga olinadi. Fenolning tozasi va suv bilan aralashgani boMadi Suv bilan aralashgani - suyuq fenol deb ham yuritiladi. Toza fenolning har bir qismiga - I qism suv qo'shib suyuq fenol olinadi. Suyuq fenol suvli eritmalar tayyorlashda ishlatiladi. Suv bilan turli nisbatda yaxshi aralashadi. Ko'rsatilgan retseptni tayyorlashda toza fenoldan 0,15 tortib olinib, bcriladigan rangli idishga solinadi. Fenol bilan ishlashda ehtiyot boMish kerak. Fenol teriga tegsa, uni o'yib yuboradi. Shuning uchun uni tortish va idisbga solishda to'kmay, ehtiyotlik bilan ishlatish kerak. Tortib olingan fcnol ustiga 10 g kungahoqar moyidan solib yaxshilab aralashtiriladi. Mexanik iflosliklar boMsa paxta orqali o'tkazib tozalanadi
Rp: Solutio Camphorae oleosae 10% - 100,0 D. S.
Toza va quritilgan 100,0 ml hajmda moMjallangan shisha idish olinadi.
10,0 kamfora solib, idishni posongili tarozidan muvozanatga keltiriladi va unga 90,0 g moy tortiladi. So‘ng chayqatib eritiladi. Zarur boMmasa suzilmaydi. Eritma ifloslanganda ikki qavatli doka orqali suziladi. 0‘simlik moylari, vazelin moyi va glitserin qovushqoqligi yuqori suyuqliklar boMganidan bu suyuqliklarda moddalar erishi qiyin boMadi. Eritishni tezlatish maqsadida hu suyuqliklar qisman isitiladi. 0‘simlik moylari va vazelin moyida tayyorlangan eritmalar quruq idishlarda tayyorlanish kerak.



RP:

Natri tetraboratis 2,0 Glycerini ad 10,0 M. D. S. Surtish uchun.

Rp:

Tannini 1,0
Glycerini 10,0
M. D. S. Surtish uchun.

Rp:

Acidi borici 3,0
Glycerini 30,0
M. D. S. Surtish uchun.

148

RP:

Iodi 1,0
Kalii iodidi 0,2 Glycerini 100,0 M. D. S. Surlish uchun.

Rp: Levomycetini 2,5 Acidi borici 2,0 Glycerini 4,0


Spiritus aethylici 70%-50,0 M. D. S. Teriga surtish uchun.
2,0 bor kislotasi 4,0 glitscrinda critiladi, 2,5 g levomitsetinni esa 50 ml 70% spirtda eritiladi. Har ikkala eritma bir-biri bilan aralashtiriladi, hosil bo'lgan tiniq aralashma beriladigan shisha idishga solinadi.
Rr: Mentholi 0,2
Ol. Vaselini 20,0
M.D.S. Sirtga ishlatish uchun.
Quruq flakonga 0,2 g mcntol solib texnik tarozida muvozanatga keltiriladi va ustiga 20 g vazelin moyi solinadi. Og'zi berkitilgan idishdagi aralashmani suv hammomida 70-80°C gacha qizdiriladi. Bunda mentol to'liq eriydi.
Rp: Natrii tetraboratis 20,0 Glycerini 80,0
M.D.S. Og'izning shilliq pardalarini artish uchun.
Quruq flakonga 20 g natriy tctraborat solib texnik tarozida muvozanatga keltiriladi va ustiga 80 g glitserin solinadi. Idishning og‘zi berkitilib, natriy tctraborat erib kctguncha suv hammomida qizdiriladi. Tegishli yorliq yopishtiriladi.
Suvsiz eritmalar sifatini baholash. Suvsiz eritmalar sifatini baho- lashda avval ularning hujjatlari (retsept, pasport), yorlig‘i, rangi, hidi, mexanik zarrachalarning bor-yo'qligi tekshiriladi. Glitserinli va moyli eritmalarning umumiy og‘irligi, spirtli eritmalarning esa hajmi tekshiriladi.
Download 22.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling