Strategik moliyaviy rejalashtirish jarayoni aniqlash masalalari


Strategik rejalashtirishning afzalliklari bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. Ular strategik rejalashtirishning ko’lami doirasini cheklaydi, turli xo’jalik masalalarini yechishda uni universal


Download 174.77 Kb.
bet4/4
Sana19.12.2022
Hajmi174.77 Kb.
#1033725
1   2   3   4
Bog'liq
15 Strategik moliyaviy rejalashtirish jarayoni aniqlash masalalari

Strategik rejalashtirishning afzalliklari bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. Ular strategik rejalashtirishning ko’lami doirasini cheklaydi, turli xo’jalik masalalarini yechishda uni universallikdan mahrum qiladi.

Strategik rejalashtirishning afzalliklari bilan bir qatorda kamchiliklari ham mavjud. Ular strategik rejalashtirishning ko’lami doirasini cheklaydi, turli xo’jalik masalalarini yechishda uni universallikdan mahrum qiladi.

Bunga qo’yidagi kamchiliklar va cheklangan imkoniyatlarni kiritish mumkin:


1.Strategik rejalashtirish o’z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakning aniq holatini tasvirlab bera olmaydi. U quyidagilarni bera olishi mumkin: firmaning kelajakda qanday harakat qilishi kerakligi, biznes va bozorda qanday o’rinni egallashi mumkin va kerakligi, kelajakdagi raqobat kurashida firma yashab qoladimi yoki yo’qmi va shu kabilar;
2.Strategik rejalashtirish rejani tuzish va amalga oshirishning aniq hisob- kitobiga ega emas, uning nazariyasi biznesni olib borishning ma’lum bir falsafasi va mafkurasidan kelib chiqadi. Shuning uchun bu jarayon ko’pincha menejerlarning o’z xususiyatlariga bog’liq. Umuman, strategik rejalashtirish bu oliy menejment xislatlari va san’atining birikuvi, menejerning firmani strategik maqsadlarga olib borish qobiliyatidir.
3.Strategik rejalashtirish jarayoni amal qilishi uchun an’anaviy istiqbolli rejalashtirishga nisbatan ma’lum resurs va vaqtni talab etadi. Bu strategik rejaga qat’iy talablar qo’yilishi bilan bog’liqdir. U egiluvchan bo’lishi, ichki va tashqi muhitning har qanday o’zgarishlariga moslasha olishi lozim. Strategik rejalashtirishda band bo’lgan xodimlar soni istiqbolli rejalashtirishdagidan ko’pdir.
4.Srategik rejalashtirishdagi xatolarning oqibati, odatda, an’anaviy va istiqbolli rejalashtirishdagidan ko’ra jiddiyroqdir. Ayniqsa, muqobilsiz xo’jalik yurituvchi korxonalar uchun noto’g’ri bashorat qilish oqibatida korxona faoliyati fojiali yakunlanishi mumkin. Istiqbolli rejalashtirishdagi tavakkalchilikning yuqori darajasi strategik rejalashtirishda qabul qilinadigan xo’jalik ishlab chiqarish faoliyatiga doir qarorlar bilan izohlanadi. Bunga quyidagilar kiradi: yangi mahsulot chiqarish to’g’risidagi qaror; sarmoyalar kiritishning yo’nalishlari; biznesni amalga oshirishning yangi imkoniyatlari va boshqalar.
5.Strategik rejalashtirishning o’zi ma’lum bir natijaga olib kelmaydi. U strategik rejani amalga oshirishning mexanizmlari bilan to’ldirilgan bo’lishi kerak, ya’ni samarani rejalashtirish emas, balki o’zagini strategik rejalashtirish tashkil etuvchi strategik boshqaruv beradi. Bu, birinchi navbatda, korxonada strategiyani amalga oshirishga, mehnatni rag’batlantirish tizimini yaratishga, boshqaruvni mustahkam tashkil etishga va boshqalarga imkon beruvchi tashkiliy muhit yaratilishini taqozo qiladi.
Download 174.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling