Tabiat va jamiyat 0 ‘rtasidagi munosabatlar
Download 1.4 Mb.
|
TABIAT VA JAMIYAT 0 ‘RTASIDAGI MUNOSABATLAR
2. Ilmiy-texnikaviy taraqqiyotning tabiatga salbiy ta siri; 3. Ekologik inqirozning kelib chiqishi va turlari; Reja: Inson - tirik organizmlar turkumiga kiruvchi murakkab ijtimoiy va mehnat faoliyatini yurgizuvchi individ. Inson tarixiy jamoa jarayoni subyekti bo‘lib, u yer kurrasidagi moddiy va m a’naviy madaniy rivojlanishning asoschisidir. Inson boshqa turdagi tirik mavjudotlar bilan ginetik bog‘langan holda, lekin ulardan ongining yuqoriligi, mehnat qurollarini ishlab chiqara olishi, nutqning rivojlanganligi, ijodiy faolligi hamda axloqiy, ma’naviy va ruhiy o‘z-o‘zini anglay olishi bilan ajralib turadi. Tabiat - keng ma’noda butun borliq olam va uningxilma-xil shakllari; tor ma’noda kishilaming moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirish manbai bo’lgan atrof tabiiy muhit. Jamiyat - keng ma’noda insonlaming tarixan qaror topgan birgalikdagi faoliyatlari majmui yoki tor ma’noda ijtimoiy munosabatlaming konkret tipidir Inson o ‘zining hayoti davomida butun borliqdan emas, balki uni o‘rab turuvchi va uning ta’siri doirasida turgan atrof tabiiy muhitdan foydalanish mumkin. Shu tariqa insoniyat tarixida jamiyat bilan tabiat o‘rtasida to'xtovsiz va xilma-xil o‘zaro ta’sirlar ro‘y bergan. Jamiyat va tabiat, inson va yashab turgan muhit o‘rtasidagi o‘zaro ta’sir muammosi insoniyatning abadiy muammolaridan biridir. Falsafiy tafakkurning butun tarixi davomida u turlicha hal qilib kelingan. XVIII asrda Fransiya sotsiologi Monteske o‘sha davr uchun xos bo‘lgan fikrlami olg‘a suradi. U «Qonunlar ruhi to'g‘risida» nomli asarida jamiyat tabiatga to‘la ravishda qaramligi to‘g‘risidagi g‘oyani rivojlantirib, «Iqlimning hukmronligi barcha kuchlardan ustunroqdir», degan shiomi olg‘a suradi. Tabiatni muhofaza qilishning ahamiyati xilma-xil bo‘lib, ulami umumlashtirib quyidagi iqtisodiy, ilmiy, sog‘lomlashtirishgigiyena, tarbiyaviy, estetik yo‘nalishlarga ajratish mumkin. Tabiatni muhofaza qilish bir necha ming yillik tarixga ega. Lekin ushbu muammoga alohida e’tibor XIX asming oxiri va XX asming boshlarida vujudga keldi. 1864-yili AQSH da J.Mershning «Inson va tabiat» kitobi bosilib chiqdi. Unda tabiatni muhofaza qilishning zarurligi haqida dastlabki fikrlar berildi. 1910-yili Shvetsariyada Yevropadagi birinchi tabiatni muhofaza qilish jamiyati tuzildi. 1913-yili Bemda tabiatni muhofaza qilish bo‘yicha birinchi xalqaro kengash chaqirildi. 1948-yili Tabiatni muhofaza qilish xalqaro ittifoqi tuzildi. Tabiatni muhofaza qilish harakatlari XX asming ikkinchi yarmida, ayniqsa, kuchaydi. 0 ‘zbekistonda tabiatni ilmiy asosda muhofaza qilish amalda 1920-yildan boshlangan Feodalizm tuzumida mehnat vositalarining takomillashuvi, aholi sonining ortib borishi natijasida insonning ta’sir doirasi va sur’ati o‘sib borgan. Feodalizm davriga kelganda ishlab chiqarish kuchlari rivojlanadi, natijada, juda katta territoriyalarda o‘tloq va o‘rmonlar yo‘q qilinib, dehqonchilik uchun foydalariiladi. Ayniqsa, rivojlangan G‘arbiy Yevropadagi davlatlar dengizda suzish, yangi yerlarni zabt etish uchun ko'plab kemalar qurdi va ma’danlami eritish uchun ko'plab o‘rmonlami kesishgan. 0 ‘sha davrda bir kemani qurish uchun 400 ta tup dub daraxti kcsilgan. Istoniyaning «Yengilmas Armada» harbiy flotlarini qurish uchun yarim million dub kesilgan. Natijada Ispaniyada hanuzgacha o‘sha o‘rmonlar tiklangani yo'q. Yuqorida qayd qilingan va tabiatda ro‘y bergan salbiy o‘zgarishlar bilan birga feodalizm davrida ham tabiatni muhofaza qilish choralari ko'rilgan. Bunga 0 ‘rta Osiyoda o‘sha davrda tashkil etilgan qo‘riqxonalami misol qilib ko‘rsatish mumkin. Bundan 1000 yil oldin Buxoro yaqinida atrofi baland devorlar bilan o‘ralgan Shamsobod qo‘riqxonasi tashkil etilgan b oiib, uning ichida bug‘u, kiyik, tulki, ayiq kabi yovvoyi hayvonlar yashaganligini tarixchi geograf Narshaxiy yozib qoldirgan edi. Bulardan tashqari Bobur zamonida Samarqand yaqinida Bedana qo‘rig‘i (bedana ovlangan) mavjud bo‘lgan. Bunday ishlar Yevropa davlatlarida ham amalga oshirilgan edi. Biroq bu qo'riqxonalar podsho, qirol va amaldorlaming ov qilib, dam oladigan manzilgoh yerlariga aylangan edi. Etiboringiz uchun rahmat Download 1.4 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling