Mavzu: Menejment tamoyillari


Download 31.62 Kb.
Sana07.01.2023
Hajmi31.62 Kb.
#1081687
Bog'liq
6.12.2022 menejment


“Tasdiqlayman”
Kafedra mudiri:
Mavzu:Menejment tamoyillari.
Amaliy mashg’ulot topshiriqlari
1. Tamoyil tushunchasi.
2.Menejmentda tamoyil nimalarda namoyon bo’ladi.
3.Menejmentda asosiy tamoyil qaysilar va ularning mazmuni.
Tamoyil - bu faoliyat yuritish, xulqning asosiy qoidasi, yetak-
chi g'oyadir. Ilmiy adabiyotlarda odatda menejment tamoyillari
deganda iqtisodiyotga rahbarlik qilishda asoslaniladigan asosiy
qoida, yo‘l-yo‘riq, hulq me’yorlari tushuniladi. Menejment tamoyil­
lari iqtisodiyot qonunlari ta’siri natijasida menejment usullariga
bog'liq hodisalar mohiyatini aks ettiradi. Menejment mexanizmi
sxemasini quyidagicha ifodalash mumkin:
Qonunlar ---- Tamoyillar ----- Usullar ----- Uslublar
Menejment tamoyillari o'zaro bog'liq va birgalikda qo'llanilishi
lozim. Asosiy tamoyillarga quyidagilar kiradi.
1.Menejmentda yakkaboshchilik va kollegiyalik tamoyili. Yakkaboshchilik tamoyili bevosita ishlab chiqarishda ishlab chiqarish personali a’zolarining yagona rahbar buyruqlariga qat’iy bo'ysunishini talab qiladi. Yuqori darajadagi rahbar quyi bo'g'in rahbari vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etmasligi lozim. Bu tamoyilni amalga oshirishning asosiy sharti har bir ijrochining huquq, burch, majburiyatlarini qat’iy belgilab qo'yishdir. Yagona boshchilik, kollegiallik qabul qilinadigan qarorlar oshkoraligi bilan qo'shib olib borilishi kerak. Kollegiallik intizom, rahbar, yagona shaxs iro- dasiga so'zsiz bo'ysunish bilan birga amalga oshishi kerak.
Demokratiya, oshkoralik har bir kishiga o'z fuqarolik qarashlarini namoyon qilish, menejment qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda faol qatnashish uchun imkon yaratadi. 2.Ilmiylik tamoyili. Menejment tamoyillari orasida valyutarizm-
ni inkor qiluvchi har bir rahbar iqtisodiy qonunlar, jamiyat rivojlanishining obyektiv yo'nalishlari, bu sohada milliy va chet el
tajribasini qo'llashini taqozo qiluvchi o‘rin egallaydi.
3. Rejalilik tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab
chiqarishni rejali boshqarish, biznes va strategik rejasini tuzish iqti­
sodiy siyosatlarni amalga oshirishning muhim shartidir. Bu tamoyil
ishlab chiqarish rivojlanishining uzoq muddatga mo'ljallangan
yo‘nalishlari, sur’atlari va nisbatlarini belgilashni ifodalaydi.
Ishlab chiqarishni rejalashtirish menejmentning asosiy vazi-
falaridan biridir. U iqtisodiy qonun, ishlab chiqarishning hozirgi
holatini ilmiy tahlil etish, ehtiyojlarning istiqbolini aniqlash,
texnikaviy va tashkiliy qarorlar qabul qilish asosida amalga oshiri-
ladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida strategik rejalashtirish u yoki
bu tarmoq rivojlanishining maqbul nisbatlarini, eng muhimi, resurs-
lardan samarali foydalanish yo'llarini belgilovchi iqtisodiy rivojlanish parametrlarini aniqlash muhim ahamiyatga ega bo'ladi.
4. Menejment shakl va usullarini takomillashtirib borish
tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida menejmentning uch shakli
mavjud: xususiy, jamoa, davlat boshqaruvi. Menejmentning xususiy
shaklida mulkdor yakka o‘zi qaror qabul qiladi va butun ish uchun
javobgar bo'ladi. Menejment xususiy shaklining ijobiy tomoni mulk
egasi ishlar borishini o‘zi to'liq nazorat qilish imkoniyatiga egaligi,
kamchiligi esa, sarmoyaning uncha katta bo'lmasligi va bir kishi
menejmentning turli vazifalarini bajarishga majburligidir. Mulkdor
menejmentning barcha vazifalarini amalga oshiradi: rejalashtirish,
tashkil etish, rag'batlantirish, yo'qotish, zarar va boshqalarga shax-
san javobgar bo'ladi. Kuchli raqobat sharoitida mulkdor sinmasligi
uchun doimo o‘z bilimlarini ko'paytirib, menejment usullarini ta­
komillashtirib, ya’ni ishchilarga ta’sir etish yo'llarini bozorda mavjud holatga mos ravishda o'zgartirib borishi kerak.
Menejmentning jamoa shaklida ikki yoki undan ko'p jismoniy
va yuridik shaxslar menejment qarorlarini birgalikda qabul qiladilar.
va korxona yoki aksiyadorlar jamiyati faoliyati uchun javobgar
bo'ladilar. Sherikchilik nisbatan malakali boshqaruv qarorlarini qabul
qilishga, menejmentning xususiy shakli esa kamchiliklarini bar-
taraf etishga imkon yaratadi. Menejment jamoa shaklining afzalligi
sheriklarning aksiya sotish yo‘li bilan qo‘shimcha sarmoya jalb
qilish imkoniyatiga ega bo'lishidadir. Menejmentning jamoa shakli
direktorlar kengashi tomonidan amalga oshirilib, u asosiy menej­
ment siyosatini va menejmentning majud vaziyatga mos iqtisodiy,
tashkiliy-boshqaruvchilik, ijtimoiy-psixologik, huquqiy usullarini tan-
laydilar. Menejment jamoa shaklining asosiy kamchiligi barcha
sheriklar - aksiya egalari boshqaruvda va korxona faoliyatini na-
zorat qilishda qatnasha olmaydi. Uning yana bir kamchiligi - kor-
poratsiya, aksiyadorlik jamiyati yoki korxona aksiyadorlaridan «ikki
yoqlama» soliq olinishidir, chunki korxona foydadan, aksiyadorlar
esa qo'shimcha ravishda dividentdan soliq to‘laydilar.
Davlat boshqaruv shakli davlat yoki mahalliy mulk bo'lgan
korxonalarda amalga oshiriladi. Davlat bu korxonalar faoliyati uchun
to'liq javob beradi.
5. Kadrlar tanlash va joylashtirish tamoyili. Bozor iqtisodiyoti
sharoitida kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo'yish tamoyili muhim
ahamiyat kasb etadi. Bozor munosabatlari boshqaruv kadrlariga
qat’iy talablar qo'yadi, ularning ishbilarmonlik sifatlari, ishlab chiqarish
oldida turgan masalalarni belgilaydi.
6. Agentlarning mustaqilligi va erkinligi tamoyili. Bozorda
agentlar faoliyati iqtisodiy javobgarlik bilan birgalikda amalga oshi-
shi kerak.
7. Shaxsiy tashabbus tamoyili. Bozorda ishbilarmon, omilkor,
shaxsiy foyda uchun harakat qiluvchi, tadbirkor kishilar faoliyat
yuritishi kerak.
8. Javobgarlik va tavakkalchilik tamoyili. Tadbirkor o'z
faoliyati uchun javobgar bo'lishi, bunda ma’lum tavakkalchilik ham
hisobga olinishi, ya’ni tadbirkorning o‘z huquq va majburiyatlari
bo'lishi kerak.
Download 31.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling