8-Mavzu: Individual talim texnologiyasi


Download 15.75 Kb.
Sana20.06.2023
Hajmi15.75 Kb.
#1634587
Bog'liq
8-mavzu amaliy

8-Mavzu:Individual talim texnologiyasi

Reja :
1. Oqitishni individuallashtirish texnologiyasi
2. Inge Unt, A.S. Graniskaya, V.D. Shadrikov tadqiqotlarida individual
o‘qitish o‘quv jarayonini tashkil etish shakli, modeli sifatida belgilanadi.

Oqitishni individuallashtirish:


• pedagog faqat birgina talaba bilan o'zaro munosabatda bo‘ladi;
• bir talaba faqat o'qitish vositalari (kitoblar, komyuter va b.) bilan
o'zaro aloqada boladi.
Individual o‘qitishda faoliyatning mazmuni, metodlari va surati talabaning xususiyatlariga moslashtiriladi.

Shaxsiy yondoshish deganda:


• pedagogikaning tamoyili bo'lib, unga ko'ra pedagog o'quv — tarbiya
ishlari jarayonida talabalarning shaxsiy xislatlarini hisobga olgan holda
ayrim talabalar bilan individual model bo'yicha o'zaro munosabatda bo'lish
hamda individual xususiyatlarga asoslanish;
• o'quv jarayonida talabalarning individual xususiyatini hisobga olish;
• barcha talabalarning rivojlanishigina emas, balki har bir talabaga
alohida rivojlanish uchun psixologik—pedagogik tadbirlaryaratish tushuniladi.
Oqitishni individuallashtirish
• o'quv jarayonini tashkil etish bolib, unda o'qitish usullari, suratini tanlash talabaning individual xususiyatlari bilan boglanadi;
• individual yondashuvni ta ’minlovchi turli o‘quv-metodik, psixologik pedagogik
va tashkiliy-ma ’muriy tadbirlardir.
Shunday qilib, didaktika bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarga ko‘ra
o'qitishni individuallashtirish o‘quv jarayonining shunday tashkil qilinishiki, unda individual yondashuv va individual shakl ustuvor hisoblanadi.
Oqitishni individuallashtirish quyidagi mualliflik texnalogiyalarida asoslab
berildi:

• Inge Untning o'qitishni individuallashtirish texnologiyasi;


• A.S. Gransikayaning moslashuvchan o‘qitish texnologiyasi;
• V.D. Shadrikovning individuallikka qaratilgan reja asosida oqitish
texnalogiyasi.
Inge Untning o‘qitishni individuallashtirish texnalogiyasidagi asosiy
konsepsiya hoziigi sharoitda o‘qitishni individuallashtirishning muhim shakli o‘quvchilaming maktabdagi щ uydagi mustaqil ishlari deb qoidalashtirilgan.
Inge Unt uning mazmuni va metodikasi deb mustaqil ishlar uchun individual
o ‘quv vazifalari, joriy o ‘quv adabiyotiga moslashtirilgan, individuallashtirilgan mustaqil ishlar qo‘llanmasi asosida nashr etilgan ish daftarlarini tushunadi.
A.S.Graniskaya o‘zining moslashuvchan o‘qitish tizimini sinf-dars tizimida
tashkil etish va unda o‘qituvchi 60-80% vaqtini o‘quvchilar bilan individual
ishlashga ajratish mumkinligini qayd qiladi.
AS.Graniskaya metodikasining o‘ziga xosligi uning darsni muayyan g‘ayriodatiy qurilma asosida tashkil etishidir:
• Birinchi qism — barchani oiqitish;
• Ikkinchi qism — ikki parallel jarayon: oluvchilarning mustaqil ishlari va oiqituvchining ayrim oiquvchilar bilan individual ishlashi, ya ’ni umumlashtirilgan sxemalardan foydalanish, almashinib turuvchijuft oqituvchi bo`lib ishlash, moslashuvchan ko‘p qirrali vazjfalar va boshqalar.

V.D.Shadrikov gipotezasigako‘ra agar bolagamurakkablashib boruvchi vazifalarning tafsiloti berilsa, unga o‘rganish jarayonini motivatsiyalash taklif


etilsa, lekin bolaga shu bugun uning uchun mumkin va qulay ishlash imkoniyati qoldirilsa, o‘quvchilar qobiliyati samarali rivojlanadi deb hisoblanadi. V.D.Shadrikov metodikasi asosini har bir o‘quvchining qobiliyatiga qarab o‘qitishga imkon beradigan olti darajadagi o‘quv rejasi, dastur va metodik qo‘llanma tashkil etadi. Har bir fanning murakkablik darajasiga ko‘ra kuchi yetgan variantni tanlab olib, o‘quvchilar sinfda tez-tez almashib turadi va fanning hajmi va mazmunini qo‘ldan chiqarmay birgalikda o‘quv dasturini o‘zlashtirishga harakat qiladilar. Murakkablik daiajasini tanlash tezlikda amalga oshiriladi va ba'zan uni amalga oshirib bo‘lmaydi. Chunki sinfdagi o‘quvchilaming tenglashish, qobiliyati holatiga bog‘liq bo‘ladi. Murakkablikning olti darajasi amalda barcha bolalarga e’tibor berishga, barchaning kuchi yetadigan hamda o‘quvchining qobiliyatiga, uning rivojlanishiga moslangan, o‘quv jarayonini tashkil etishga imkon beradi.

Xoltu'rayeva Barno Rustam qizi, [22.02.2023 23:22]


Bu o‘qitishni individuallashtirish mualliflik texnologiyasi negizida umumiy tamoyillar mavjud:
• individuallashtirish oiqitish jarayoni strategiyasidir;
• individuallashtirish—individuallikni shakllantirishning zaruriy omili;
• barcha o'rganiladigan fanlarda individuallashtirilgan o‘qitishdan
foydalanishning mumkinligi;
• individual ishlami otquv faoliyatining boshqa shakllari bilan
integrasiyalash;
• individual suratda, uslubda oirganish.
Individuallashtirish texnologiyasining umumiy xususiyatlariga quyidagilar
kiradi;
• ofzlashtira olmaslikka olib keluvchi omillami qayd qilish;

• fikrlash jarayonida bilim, malaka, ko(nikmalanti egallash asnosida


individual kamchiliklami tuzata olish usullari; ”*
• oila tarbiyasidagi motivatsiyaning bof’linmasligj hamda iroda sustligi
kamchiliklarini qayd qilish va yenga olish;
• qobiliyatli va iste’dodli oiquvchilarga nisbatan oiquv jarayonini
optimamshtirish (ijodiy faoliyat, sinf va sinfdan tashqari ishlami hisobga olish);
• oiqitish jarayonini tanlash erkinligini berish;
• umumiy oiquv malakalari va kolnikmalarini shakllantirish;
128
• (fquvchilaming o'z-o'ziga mos baho bera olishini shakllantirish;

• o'qitishning texnik vositalaridan (https://fayllar.org/1-mavzu-texnik-tizimlarda-zamonaviy-kompyuter-texnologiyalarid-v4.html), shuningdek, EHMdan foydalanish.


0 ‘qitishni individuallashtirish texnologiyasiga quyidagilar kiradi:
Batov tizimi. AQShda ishlab chiqilgan bu tizimda o‘quv jarayoni ikki qismgabo‘linadi:
Birinchi qism- butunicha sinf ishi.
Ikkinchi qism- individual mashg‘ulotlar.
Bunday mashg‘ulotlar unga zaruriyat sezgan o‘quvchilar bilan yo umum-
tomonidan qabul qilingan me’yorlardan orqada qolmaslik yoki nisbatan rivojlangan qobiliyatlari bilan ajralib turganlar bilan bir qatorda bo‘lishini
ta’minlash maqsadida o‘tkaziladi.
Yuqori qobiliyatli kategoriya o‘quvchilar bilan o‘qituvchi, nisbatan
kamroq qobiliyatli va qoloq o‘quvchilar bilan o‘qituvchi yordamchisi
shug‘ullanadi.

Tramp rejasi - bu texnologiya AQShda juda mashhur. Bu o‘qitish shakllarining shunday tizimiki, unda katta auditoriyadagi mashg‘ulotlar kichik guruhlardagi individual mashg'ulotlar bilan qo‘shib olib boriladi.


Zamonaviy texnik vositalar yordamida 100-150 kishidan iborat kata guruhlarda yuksak malakali o‘qituvchilar, professorlar leksiya o‘qiydilar. 10- 15 kishidan iborat kichik guruhlar esa leksiya materiallarini muhokama qiladilar, bahs yuritadilar. Individual ishlar esa maktab kabinetlarida, laboratoriyalarida o‘tkaziladi. Leksiya mashg‘ulotlariga 40%, kichik guruhlardagi mashg‘ulotlaiga 20%, kabinet va laboratoriyalardagi individual ishlaiga esa 40% ajratiladi. Odatdagisinf tushunchasi yo‘q, kichik guruhlar ham doimiy emas
Download 15.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling