1. Nobank kredit tashkilotlari va ularni tashkil etish Kredit uyushmalari va ularning operatsiyalari Mikrokredit tashkilotlari


Download 24.27 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi24.27 Kb.
#1516745
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
7-мавзу маьруза

Kredit uyushmasi - mikromoliyalash tashkilotlari tarkibidagi asosiy moliya muassasasi hisoblanib, vaqtinchalik bo'sh pul mablag'-larini jalb qilish asosida mikrokredit va kreditlar berish bilan shug'ul-lanadigan tijorat tashkilotidir. Kredit uyushmasiga Markaziy bankning tegishli me'yoriy huj-jatlarida, kredit uyushmasi - kreditlar berish hamda boshqa moliyaviy xizmatlar ko'rsatish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ixtiyoriy teng huquqli a'zolik asosida tuziladigan kredit tashkiloti sifatida ta'rif berilgan. Kredit uyushmalariga iqtisodiy adabiyotlarda notijorat moliyaviy tashkilot sifatida ta'riflar berilgan. Bizningcha dastlabki kredit uyushmalari notijorat asosida tashkil topgan bo'lishi mumkin, biroq hozirgi kunda mamlakatimizda tashkil etilayotgan va faoliyat yuritayotgan barcha kredit uyushmalarining asosiy maqsadi foyda olishga qaratilgan. Kredit uyushmalari faoliyatiga kengroq ma'noda e'tibor qaratadigan bo'lsak, kredit uyushmalari kooperativ tashkilot bo'lib, jismoniy va yuridik shaxslarning vaqtinchalik bo'sh pul mablag'larini tegishli shartlar asosida o'ziga jalb etadi va o'zining a'zolariga ushbu mablag'lar hisobidan kreditlarni taqdim etadi. Ayrim ma'nbalarga ko'ra, dastlabki kredit uyushmalari 1844 yilda Angliyaning Rochdeyl shahrida to'qimachlik korxonasi ishchilari tomonidan tashkil etilgan. XGX - asrning 60 yillarida kredit uyushmalari tashkil etish g'oyalari Germaniya va Avstriyalik Fridrix Rayffayzen va German Shultse - Delichlar tomonidan ilgari surildi. Shu davrda kredit uyushmalari faoliyati rivojlandi va moliyaviy muassasalar sifatida mamlakat moliya tizimiga kirib keldi. Rayffayzen dastlabki qishloq xo'jaligiga xizmat ko'rsatadigan kredit klasslari, shuningdek, savdo - sotiqni kreditlaydigan uyushmalarning asoschisi hisoblanadi. Shultse - Delich tomonidan tashkil etilgan kredit uyushmala­rining asosiy faoliyati shaharlarda faoliyat yuritadigan hunarmand, kosib va mayda tadbirkorlarga xizmat ko'rsatishga qaratildi. Hozirgi kunda, kredit uyushmalari AQSh, Kanada, Irlandiya, Avstraliya, Janubiy Koreya, Tayvan mamlakatlarida juda keng rivojlangan, shuningdek, ayrim MDX mamlakatlarida (Rossiya, Qozog'iston, Estoniya) ham jadal rivojlanish bosqichini o'z boshidan kechirmoqda.
Kredit uyushmalaripassiv operatsiyalari - bu mablag'larni jalb qilish bilan bog'liq operatsiyalardir. Kredit uyushmalari mablag'larni pay badallari, muddatli va jamg'arma depozitlar, boshqa moliyaviy muassasalardan kredit sifatida jalb qilishi mumkin. Shuningdek, kredit uyushmalarining daromad va foydani shakllantirish bilan bog'liq operatsiyalarini ham ularning passiv operatsiyalari sifatida tasniflash mumkin.
Kredit uyushmalarini tashkil etishning asosiy passiv operatsiya­lari va ularni tashkil etishning talablaridan biri ustav kapitalini shakllantirish hisoblanadi. Kredit uyushmalari pay badallari (ustav kapitali) uning ta'sischilari tomonidan shakllantiriladi.
Kredit uyushmalari ustav fondi pul mablag'laridan, shuningdek, mazkur tashkilot ustav fondi miqdorining yigirma foizidan oshmaydigan boshqa mol - mulk hisobidan shakllantirilishi mumkin. Kredit hisobidan va garovga olingan mablag'lardan hamda boshqa jalb etilgan mablag'lardan kredit uyushmalari ustav fondini shakllantirishga ruxsat berilmaydi. Kredit uyushmalarining muddatli va jamg'arma depozitlari unga a'zo jismoniy va yuridik shaxslardan, shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlik subyektlari hisobidan shakllantiriladi. Ta'kidlash joizki, kredit uyushmalarida muddatli va jamg'arma depozitlar bo'yicha to'lanayotgan foiz stavklarining yuqoriligi aholining kredit uyushmalarida omonatlarni jamg'arishga bo'lgan ishtiyoqini oshirmoqda. Biroq, bu omonatlar bilan bog'liq risklarni vujudga kelishiga sabab bo'ladi. Kredit uyushmalari, moliyaviy muassasa sifatida qo'shimcha resurslarga kuchli ehtiyoj sezadi. Kredit uyushmalari, albatta ushbu ehtiyojni ustav kapitali, omonatlar, taqsimlanmagan foyda hisobidan qondirishga alohida e'tibor qaratadi. Shunga qaramasdan, ushbu mo­liyaviy manbalar hisobidan shakllantirilgan mablag'lar yetarli bo'lmaganda tijorat banklaridan qisqa va uzoq muddatli kreditlarni jalb etadi.

Download 24.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling