1. Nobank kredit tashkilotlari va ularni tashkil etish Kredit uyushmalari va ularning operatsiyalari Mikrokredit tashkilotlari
Kredit uyushmalari aktiv operatsiyalari
Download 24.27 Kb.
|
7-мавзу маьруза
Kredit uyushmalari aktiv operatsiyalari - bu passiv operatsiyalar natijasida shakllantirilgan moliyaviy mablag'larni tegishli foydani shakllantirish maqsadida samarali maqsadlarga joylashtirishi bilan bog'liq faoliyati majmuidir. Kredit uyushmalari aktiv operatsiyalari iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqqan holda moddiy va nommoddiy aktivlarga, riskli va risksiz aktivlarga, daromad keltiradigan va daromad keltirmaydigan aktivlar sifatida guruhlash mumkin. Kredit uyushmalarining moddiy aktivlariga bevosita qiymat va buyum ko'rinishida mavjud bo'lgan aktivlar kiradi. Masalan, kassadagi naqd pullar, kreditlar, asosiy vositalar shular jumlasidandir. Nomoddiy aktivlarga kredit uyushmasini faoliyatini tashkil etish uchun sotib olingan dasturiy mahsullar, gudvill va boshqa shu kabilarni kiritish mumkin. Ma'lumki, kredit muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan barcha operatsiyalarning asosiy qismi bevosita risk bilan bog'liq. Shuningdek, kredit uyushmalarining faoliyati ham bundan holi emas. Shu jihatdan ularning aktiv operatsiyalari ham riskli va risksiz aktivlardan iboratdir. Kredit uyushmalarining riskli operatsiyalari bevosita ularning daromadlarini shakllantirish bilan bog'liq operatsiyalari jarayonida vujudga kelib, risk darajasi qanchalik yuqori bo'lsa ularning daromadlari hajmi ham shu darajada yuqori bo'ladi va aksincha. Kredit uyushmalarining riskli operatsiyalari sifatida berilgan kreditlar, investitsiyalar, lizinglar va boshqa shaxslardagi omonatlarini keltirish mumkin. Risksiz aktivlar tarkibiga esa kassadagi naqd pullar, tijorat banklaridagi mablagiari, asosiy vositalar va shunga o'xshash aktivlarini kiritish maqsadga muvofiqdir. Kredit uyushmalarining barcha operatsiyalari ham daromad keltirmaydi, shunday bo'lsada, uyushmaning faoliyatini tashkil etish maqsadida ular daromad keltirmaydigan operatsiyalarni amalga oshi-rishga ham majburdirlar. Masalan, kassadagi naqd pul bilan bog'liq operatsiyalari, asosiy vositalar, bankdagi hisobvaraqlaridagi mablag'larni daromad keltirmaydigan aktivlar sifatida ta'kidlash mumkin. Kredit uyushmalarining daromad keltiradigan aktivlari tarkibiga kreditlar, investitsiyalar, lizing va boshqa muassasalarga qo'yilgan muddatli jamg'armalarni kiritish mumkin.
Download 24.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling