Foyda-tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq qism. Sof foyda
Download 445.82 Kb.
|
Xaydarov Elbek soliq oraliq nazorat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Renta
- SWOT tahlili
- 6.65 mlrd - 3.1 mlrd - 0.8 mlrd = 2.75 mlrd 2.75 mlrd so’m *15%=0.4125 mlrd so’m
HBA-81I GURUH Xaydarov Elbek “Soliqlar va soliqqa tortish” Oraliq nazorati-1 Quyidagi tushunchalarga ta’rif bering? foyda, sof foyda, daromad, renta, dividend, royalti. Foyda-tovarlar va xizmatlarni sotishdan olingan daromadning bu tovarlarni ishlab chiqarish va sotish xarajatlaridan ortiq qism. Sof foyda -korxonaning samarali ishlashini aks ettiruvchi eng muhim ko'rsatkichdir, ya'ni u rentabellikni belgilaydi. Daromad-keng maʼnoda kirim boʻlgan har qanday pul mablagʻlari yoki pul qiymatiga ega boʻlgan moddiy boyliklarni olish, iqtisodiy subʼyekt o'z faoliyati natijasiga kura oladigan pul va tovar — moddiy tushum. Renta -keng maʼnoda - mulk egalarining tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanmasdan yer, mol-mulk, kapitaldan muntazam oladigan daromadi Dividend - aksiyadorlar jamiyati foydasidan aksiya egasiga har yili beriladigan va uning daromadiga aylangan qismi. 2. Foyda solig‘i stavkalari va soliq “yuki” qanday bog‘lanishda ekanligini izohlang. Soliq yuki- soliq to‘lovchining muayyan vaqt oralig‘idagi faoliyati natijasida to‘lagan soliqlarining yig‘indisini ifodalaydi. Bunda soliq to‘lovchilarning to‘laydigan barcha soliqlar va soliqsiz majburiy to‘lovlarining yig‘indisi ifodalanadi. Soliq yukining aniq soliq to‘lovchilar zimmasiga qancha to‘g‘ri kelganligini aniqlash ancha murakkab jarayon hisoblanadi. Biroq to‘g‘ri soliqlarda soliq og‘irligi aynan soliqni budjetga hisoblab o‘tkazuvchi soliq to‘lovchilar zimmasiga tushsa, egri soliqlarda esa soliq yuki soliqni to‘lovchilar emas, balki tovar (ish, xizmat)larni iste’mol qiluvchilar zimmasiga tushadi. Muayyan turdagi yuridik va jismoniy shaxslar bo‘yicha soliq yukining bir yilda budjetga to‘langan barcha majburiy to‘lovlar yig‘indisi bilan aniqlash mumkin. Soliq yukining darajasi o‘z navbatida mamlakatning iqtisodiy qudratiga, inflyatsiya darajasiga, davlatning vakolatli funksiyalarni qo‘llashiga, qolaversa, bozor munosabatlarining rivojlanishini va ijtimoiy harakat doirasiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Yuridik shaxslarning foyda solig‘i stavkalari har yili Vazirlar Mahkamasining yoki O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining keyingi yil uchun makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risidagi qarori bilan tasdiqlanadi. 3. Aylanmadan olinadigan soliq amaliyotining SWOT tahlilini amalga oshiring. SWOT tahlili strategik rejalashtirish usuli bo'lib, u tashkilotning ichki va tashqi muhiti omillarini aniqlash va ularni to'rt toifaga bo'lishdan iborat: S kuchlari (kuchlari), Zaifliklar (zaifliklar), Imkoniyatlar haqida (imkoniyatlar), Tahdidlar (tahdidlar). Kuchli ( S ) va kuchsiz ( W ) tomonlar tahlil qilinayotgan ob'ektning ichki muhitining omillari, (ya'ni ob'ektning o'zi nimaga ta'sir qilishi mumkin); Imkoniyatlar ( O ) va tahdidlar ( T ) atrof-muhit omillari (ya'ni, ob'ektga tashqaridan ta'sir qilishi mumkin bo'lgan va ob'ekt tomonidan boshqarilmaydiganlar). Masalan, korxona o'zining savdo assortimentini boshqaradi - bu ichki muhit omili, ammo savdo qonunlari korxona tomonidan nazorat qilinmaydi - bu tashqi muhit omili. SWOT tahlilining ob'ekti nafaqat tashkilot, balki boshqa ijtimoiy-iqtisodiy ob'ektlar ham bo'lishi mumkin: iqtisodiyot tarmoqlari, shaharlar, davlat muassasalari, ilmiy sohalar, siyosiy partiyalar, notijorat tashkilotlar (NPO), alohida mutaxassislar, shaxslar. va boshqalar. 4. Foyda solig‘i amaliyotida eksportni rag‘batlantirishga oid imtiyozni izohlang. Eksportchi tadbirkorlarga yagona soliq va foyda solig‘idan imtiyoz berilgan. Bundan tashqari ularga QQS ham qaytarib beriladi. Eksportchi korxonalar eksportga chiqayotgan mahsulotlar uchun yagona soliq va foyda solig‘idan ozod etildi. Deylik, bir korxona ishlab chiqarayotgan mahsulotining 30 foizini eksport qilsa, o‘sha 30 foiz mahsulot uchun foyda va yagona soliqdan ozod etiladi. Eksportchi korxonalar uchun yana bir soliq imtiyozi bor. Ular qo‘shilgan qiymat solig‘ini (QQS) qaytarib olish imkoniga ega. 5. Masala: Korxonaning soliq to‘lagunga qadar foydasi 6,65 mlrd so‘m, shundan eksportdan foyda 3,1 mlrd. so‘m. Dividendlar – 0,8 mlrd. so‘m. To‘lanishi lozim bo‘lgan foyda solig‘ini hisoblang. 6.65 mlrd - 3.1 mlrd - 0.8 mlrd = 2.75 mlrd 2.75 mlrd so’m *15%=0.4125 mlrd so’m Download 445.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling