Yo‘l joylashgan hududning tabiiy-iqlim sharoiti


Download 0.72 Mb.
bet1/20
Sana19.06.2023
Hajmi0.72 Mb.
#1600931
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Asadbek BMI



KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Umumiy foydalaniladigan avtomobil yo‘llarini loyihalashtirish, qurish va rekonstruksiya qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 25-oktabrdagi PQ-499-son qaroriga asosan avtomobil yo‘llarini joriy ta’mirlash –avtomobil yo‘llarining ayrim uchastkalari va elementlari ishonchliligi hamda qulayligini ta’minlashga yo‘naltirilgan foydalanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadidagi tiklash bo‘yicha kompleks ta’mirlash ishlari nazarda tutilgan.
Bunda eski qoplamani qisman qoplash, uning tekisligini va ilashish sifatlarini tiklash va yaxshilash, yo‘l qoplamasi, yo‘l ko‘tarmasi , yo‘l inshootlari, avtomobil yo‘llarini jihozlash va obodonlashtirish ,harakat xavfsizligini tashkil etish va ta’minlash elementlarining barcha buzilishlari va shikastlanishlarini bartaraf etish bo‘yicha kompleks ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
2020-yil 10-yanvarda qabul qilingan “2020-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qaroriga asosan 2020-2022 yillarda Navoiy viloyat hududidan o‘tuvchi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llaridagi jami 8 ta obyektda 200.5 km uzunlikda ta’mirlash qilish ishlarini amalga oshirildi.
Viloyat korxonasi tasarrufidagi Navoiy viloyatidagi IV toifali 4N361 “Qalqonota q.- Sarmish q.” avtomobil yo‘lining jami uzunligi 49 km bo‘lgan yo‘lda joriy ta’mirlash ishlari olib borish bo‘yicha texnoligik jarayonlar olib borilmoqda.


Yo‘l joylashgan hududning tabiiy-iqlim sharoiti
Navoiy viloyati Pomir-Olay tog‘larining g‘arbiy chekkasida, Zarafshon daryosining o‘rta qismida joylashgan. Reylefi asosan kenglik bo‘ylab cho‘zilgan va shimoldan Turkiston tog‘ tizmalaring tarmoqlari (Nurota togi, balandligi 2169 m), Oqtog‘-2003m, janubdan Zarafshon tog‘ tizmalari bilan o‘ralgan Zarafshon daryosi vodiysidan iborat. Vodiy sharqdan (750-800m) g‘arbga qarab (350 m) pasayib boradi. Vodiydan shimolga va janubga tomon qiya tekisliklar va tog‘larga yaqinlashganda adirlar boshlanadi. Zarafshon tizmasi (g‘arbiy kismi) janubda Qashqadaryo viloyati bilan bo‘lgan chegara bo‘ylab cho‘ziladi. Bu tizma (2388 m), asosan, paleozoyning kristalli slanetslari va ohaktoshlaridan tarkib topgan. G‘arbga tomon tizma asta-sekin pasayadi va Kattaqo‘rg‘on janubda past-baland tepaliklardan iborat tekislik bilan qo‘shilib ketadi. Asosan , qumtosh, slanets va magmatik jinslardan tashkil topgan Nurota tog‘i bir necha yirik orografik birliklarda parchalanib ketgan . Iqlimi kotinental, quruq iqlim. Bulutli kunlar kam bo‘ladi . Tekisliklarda qish iliq. Yanvarning o‘rtacha temperaturasi shimolda -2°, tog‘larda -4,8°. Yozi issiq iyulning o‘rtacha tepraturasi 25,9° - 27,8°, eng past tempratura -25°, eng yuqori tempraturasi 42° (Kattaqurg‘on). O‘rtacha yillik yog‘in 282 – 459 mm. Yog‘inning 80 % kish va baxorda yog‘adi . Qor 16 - 20 kungina saqlanadi . Vegetatsiya davri 324-334 kun. Baland ko‘tarilgan sari temperatura pasayadi. Iqlim sharoiti va sug‘orish Navoiy viloyatida paxta, tamaki, shaftoli, urik, uzum, anjir, anor etishtirish uchun qulay. Vegetatsiya davri 200—210 kun. Yog‘in miqdori yiliga 78—79 mm tashkil qiladi. Shimol va shimoliy sharqiy shamollar esadi. Yagona daryosi — Zarafshon viloyat hududida keng vodiy bo‘ylab oqadi, qirg‘oqlaripast, shu sababli toshqin bo‘lib turadi.

Download 0.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling