1. Elеktron hukumatni rivojlantirishda davlat xodimlarining roli


Download 24.04 Kb.
Sana25.06.2020
Hajmi24.04 Kb.
#121453
Bog'liq
Eh1-orali


215-17

Mirzaahmatov Aziz


Bilеt № 6

1.Elеktron hukumatni rivojlantirishda davlat xodimlarining roli

2.O‘zbеkistonda elеktron hukumat tizimini joriy etilishini tartibga soluvchi huquqiy xujjatlar

3.Ananaviy usulda davlat xizmatidan foydalanishning avfzalliklari xamda kamchiliklari ma’lum. Ushbu xizmatni elеktron tarzda xizmat ko‘rsatish darajasigacha olib chiqish uchun (davlat, foydalanuvchi, siyosat) qanday ishlar bajarilishi lozim misol tanlab, qanday yangi ko‘rinishdagi avfzalliklar va kamchiliklar va muammolar yuzaga kеlishini tushuntiring.


Tashkilotning me’yoriy hujjatlarda, nizomlari, xizmat vazifalari yo’riqnomalarida qayd etilgan faoliyati tartiblari amaliyotda har doim ham risoladagidek bajarilmaydi. SHu munosabat bilan ham tashkilot ma’lum muddat ichida reinjiniring ob’yektiga aylanib qoladi.

Reinjiniring ob’yekti joriy faoliyatining taxlilini quyidagi bosqichlarda olib borish mumkin:

Me’yoriy-huquqiy hujjatlar xrolnologiyasi va amaldagi ichki xujjatlar taxlil qilish;

Funksiyalar va xizmatlarni inventarizatsiyasini o’tkazish;

Talab darajasi yuqori bo’lgan asosiy xizmatlar ro’yxatini shakllantirish;

Funksiya va xizmatlarning amaldagi reglamentlarini ishlab chiqish;

Funksiya va xizmatlar uchun resurslar sarfini taxlil qilish;

Tashkilotning asosiy jarayonlari joriy xolati diagrammasini “BPMN 2.0.” formatida tayyorlash va faoliyatining joriy xolati xaqida axborot taxliliy hujjat tayyorlash.

Tashkilotning me’yoriy-huquqiy hujjatlari ob’yektning ichki muxitini ochiq manbaalar asosida va ichki muxitini birlamchi o’rganish jarayonlarida ko’rib chiqilgan bo’lsada mazkur bo’limda batafsil taxlil qilinadi.

1) Hususan, me’yoriy huquqiy xujatlar 2 ta asosiy bo’limga bo’lib o’rganiladi. Birinchisi, tashkilotning faoliyatini tartibga solish bo’yicha xukumat darajasidagi me’yoriy-huquqiy aktlar (MXA) bo’lsa, ikkinchisi ichki tuzilmaviyme’yoriy-huquqiy hujjatlar (MXX) hisoblanadi.

Davlat hokimiyati markaziy organlari tomonidan qabul qilingan MXA lar taxlilini 1990-yilda amalda bo’lgan xujjatlardan to shu kunga qadar yangilangan barcha MXAlarni batafsil o’rganib chiqishni taqozo etadi. Ushbu xronologik taxlil tashkilot faoliyati qaysi yo’nalishlarda islox qilinganligi taxlil etish hamda istiqbolli loyihada inobatga olish joiz bo’lgan huquqiy ta’minot masalalarini oydilashtirishga imkoniyatini beradi.

Ichki tuzilmaviy MXX larni taxlili tashkilot faoliyatini tartibga soluvchi me’yoriy huquqiy hujjatlar vertikali bo’yicha xar bir xodimning xizmat vazifalar yo’riqnomasigacha bo’lgan hujjatlar taxlil etib chiqiladi. Bu o’rganish tashkilot zimmasidagi bo’lgan barcha funksiya va xizmatlarning reglamentatsiya qilinganligi xolatini taxlili uchun juda ham muxim. Tashkilotning reglamentatsiya qilinmagan barcha funksiya va xizmatlarning xizmat yo’riqnomalari va reglamentlarini ishlab chiqish tavsiyasi uchun asos bo’lib xizmat qiladi.

2) Funksiyalar va xizmatlarni inventarizatsiyasini o’tkazish tadbiri “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi tomonidan ishlab chiqilgan “Forma-1_BPR” (Ilova 6) jadvalini to’ldirish orqali amalga oshiriladi. Buning uchun tashkilot xodimlariga jadvalni to’ldirish bo’yicha seminar o’tkaziladi. Mazkur jadval tashkilotning ma’muriy va funksional bo’linmalarini iyerarxik bog’liqligini, uning tuzilmaviy majmualari, departamentlari, boshqarma, bo’limlari, bu bo’limlardagi lavozimlar xamda ularning amaldagi barcha xizmat vazifalarining umumiy va to’la ro’yxatini shakllantirish imkonini beradi. Ushbu jadvalga xodimlarning funksiya va vaziflarini kiritishda raxbar, xizmatchi va ishchilarning xar bir vazifasining yakuniy natijasi quyidagilardan qaysi biriga mos kelishini qayd etish joiz:

1. Ruxsatnoma

2. Litsenziya

3. Xulosa

4. Ma’lumotnoma

5. Xisobot

6. Ro’yxatdan o’tkazish

7. Tekshirish

8. Attestatsiya

9. Ekspertiza

10. Tasdiqlash

11. Dekloratsiya

12. Murojaat

13. Rasmiy so’rov

14. Iltimosnoma

15. Talabnoma

16. Taklifnoma

17. Tavsiyanoma

18. Guvoxnoma

19. Ko’rsatma

20. Me’yoriy hujjat

21. Sanksiya

22. Etkazib berish

23. Topshirish

24. Ogoxlantirish

25. Xabar berish

26. Faoliyat natijasining boshqa turi
Tashkilot va uning xizmatchilarining funksiya va xizmatlari “asosiy”, “yuklatilgan” va “qo’shimcha” vazifalar bo’yicha tasniflab o’rganiladi. YUklatilgan vazifalar tasnifiga xodim tarafidan, o’zining asosiy vazifalaridan tashqari raxbar topshirig’iga binoan davriy ravishda bajariladigan, tashkilotning boshqa tuzilmaviy bo’liinmasining asosiy vazifalari kiritiladi. Qo’shimcha vazifalar tasnifiga esa xodim tarafidan, o’zining asosiy va yuklatilgan vazifalaridan tashqari raxbar topshirig’iga binoan davriy ravishda bajariladigan, tashkilot tizimiga va soxaga xos-taaluqli bo’lmagan boshqa tizim yoki soxa tashkilotlarining asosiy vazifalari kiritiladi.

3) Keyingi bosqichda optimallashtirishni talab etuvchi funksiya va xizmatlarga aloxida e’tibor qaratish lozim. Xususan, ortiqcha funksiyalarni, autsorsing tartibiga o’tkazilishi maqsadga muvofiq bo’lgan funksiyalarni, bir birini takrorlovchi funksiyalarni, takomillashtirishni talab etuvchi funksiyalarni, xamda yangidan joriy etilishi lozim bo’lgan, ya’ni yetishmayotgan funksiyalarni topish masalasi nazorat topshirig’i sifatida turishi lozim.

Xar qanday tashkilot xodimlarining amaga oshiradigan va mashg’ul bo’ladigan ishlarini 3 xildagi faoliyat turlariga ajratish mumkin:

- Loyihalar;

- Jarayonlar;

- Funksional faollik.

Tashkilotning funksiyalarining umumiy ro’yxati tarkibidagi xizmatlarni faoliyat turlariga qarab loyiha, jarayon va funksional faollik turlariga tasniflab chiqish lozim (6-jadval). Tashkilot uchun jarayonlar I darajali, loyihalar II darajali, funksional faollik toifasidagi xizmat vazifalari esa III darajali axamiyatga ega ekanligini ta’kidlash joiz. SHuning uchun ularga o’zlarining darajalariga mos ustuvorlik belgilanadi.

Tasniflash natijasida paydo bo’lgan asosiy jarayonlar ichidan talab darajasi yuqori bo’lgan xizmat vazifalari ajratib olinadi. Talab darajasi yuqori bo’lgan xizmat vazifalari “Forma-2_BPR” (Ilova 7) jadvali orqali shakllantiriladi. Mazkur ro’yxatdagi xizmatlar “Forma-2_BPR” jadvali asosida Davlat interaktiv xizmatlari YAgona portalida joriy etilgan “Davlat xizmatlari, forma va blanklari yagona reyestriga (ro’yxatiga) kiritiladi va ularning xar biriga identifikatsion (ma’muriy, adminstrativ) kod biriktiriladi.

Davlat xizmatlari, forma va blanklari yagona reyestriga kiritilgan xizmat jarayonlari uchun optimallashtirish tadbirlari o’tkaziladi. Mazkur ro’yxatga kirmagan, loyiha va funksional faollik toifasidagi, xizmat vazifalari imkon qadar soddalashtiriladi, ixchamlanadi va qisqartiriladi.

4) Talab darajasi yuqori bo’lgan xizmat vazifalar optimallashtirishni talab etuvchi jarayonlar sifatida batafsil o’rganiladi. Mazkur jarayonlarning (vazifalarning) xar birining joriy reglamentlarida qayd etilgan tartiblar va amaldagi real xolatda qanday bajarilishi xaqida batafsil malumot yig’iladi va taqqoslab chiqiladi. Olingan malumotlar asosida jarayonning xozirgi xolatining “BPMN 2.0.” standartidagi modeli (diagrammasi) ishlab chiqiladi.

Ushbu diagramma asosida mazkur funksiya va xizmatlarning joriy xolati modellashtiriladi va sinovdan o’tkaziladi. Oldindan belgilab olingan me’zonlar bo’yicha ularni amalga oshirish uchun xarajat qilinadigan barcha resurslar sarfi taxlili o’tkaziladi. Bu xarajatlar tarkibiga vaqt, jalb etiladigan ishchi kuchi, moliyaviy, tashkiliy-xuquqiy, moddiy-texnik, axborot-kommunikatsiya, kommunal, servis va faoliyat ixtisosligidan kelib chiqadigan va sarflanadigan mutlaqo barcha resurslari kiritiladi.

5) Ushbu bo’lim yakunida davlat va ho’jalik boshqaruv organlari funksiya va xizmatlarining umumiy ro’yxatidan belgilangan me’zonlar asosida tanlab olingan, talab darajasi yuqori bo’lgan funksiya va xizmatlar (asosiy jarayonlar) uchun “BPMN 2.0” formatida joriy xolat (“As-is”) modelini yakuniy diagrammasi tayyorlanadi. (Ilova – 8.1, 8.2.) SHuningdek zarur xollarda jarayon algoritmi dekorativ va xronologik sxema shakllarida xam tayyorlanishi mumkin. (Ilova – 8.3, 8.4.)

SHuningdek, “Tashkilot joriy faoliyati xolati xaqida” axborot taxliliy hujjat tayyorlanadi.

3. Elektron hukumatning joriy etilishi borasida O`zbekiston miqyosida qaraydigan bo`lsak, 2013-yil 16-sentyabrda Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasi aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari Davlat qo‘mitasi (hozir vazirlik) qoshida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi va Axborot xavfsizligini ta’minlash markazlarini tashkil etish to`g`risida”gi qaror qabul qilindi. Bundan tashqari, 2015 yil 9 dekabr kuni O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “Elektron hukumat to`g`risida”gi qonunga imzo chekdi. Bundan ma’lum bo`ladiki, mamlakatimizda ham elektron hukumat (e-goverment)ga talab oshib bormoqda.

Mamalakatimizda davlat organlarida mavjud holatlarni qisman tahlil qilib chiqadigan bo`lsak:

Birinchidan, mamlakatimizda davlat organlari orasida bugungacha qog`oz hujjatlar asosida axborot almashinishi namoyon bo`lmoqdi. Albatta, ba’zi bir holatlarda telefaks orqali ham amalga oshirilmoqda. Lekin, qog`oz hujjatlar asosida axborot almashinishi birinchi o`rinda, vaqtdan samarali foydalana olmaslikga olib kelishi tabiiy. Ikkinchi o`rinda esa, iqtisodiy jihatdan zarar, ya`ni qog`oz hujjatlarning ko`p isrof bo`lishiga olib keladi.

Aynan shu holatlar bo`yicha mamlakatimizning jinoyat protsessi jarayonidan asoslar keltiradigan bo`lsak, jinoyat protsessida ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirishda, ularga yig`ilgan hujjatlarni har biriga taqdim etishda shu o`rinda O`zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining V bobida ko`rsatilgan jinoyat protsessida o`z manfaatlarini himoya qiladigan shaxslarning material va hujjatlardan nusxalar olish kabi huquqlarini amalga oshirilishida qog`oz hujjatlarning ko`p isrof bo`lishiga olib kelishi tabiiy.

Ikkinchidan, fuqarolik hamda jinoiy ishlar bo`yicha davlatlar o`rtasida axborot almashinishining tezkorlik jihatlari hali hanuz sust. Aytaylik fuqarolik holati bo`yicha birgina misol, fuqaroning nikohdan o`tganlik haqidagi ma’lumotni tekshirish uchun notarial idoralarning so`rovnoma yuborib, ushbu so`rovnomaga tegishli tartibda javob kelishini kutishga vaqt ketishini kuzatishimiz mumkin.

Endi bu holatlarga davlat organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni shuningdek, internet vositalarini to`g`ri tatbiq etgan holda qaraylik. Birinchi holat bo`yicha: davlat organlari orasida axborot almashinishining internet vositalari asosida huquqiy jihatdan tartibga solinishi bu esa, o`z o`rnida davlat organlari o`rtasidagi axborot almashinishining birinchi o`rinda tez, ikkinchi o`rinda esa samarali jihatlariga olib kelishi namoyon bo`ladi.

Ikkinchi holat bo`yicha, davlat organlari o`rtasidagi axborot almashishlar qog`oz vositalari bilan emas, balki, davlar organlari o`rtasida joriy qilinuvchi elektron hukumat orqali tez va tejamkor tomonlarini ko`rishimiz mumkin.

Uchinchi holat bo`yicha, jinoyat protsessida ishtirok etuvchi shaxslarga tegishli tartibda taqdim etilishi lozim bo`lgan material va hujjatlardan nusxalar berilishi bugungi kunda amaliyotda biroz qiyinchilik keltirib chiqarmoqda. Nazariy jihatdan qaraydigan bo`lsak, bu kabi hujjatlarni jinoyat protsessi ishtirokchilariga taqdim etilishining “disk yoki boshqa yuklovchi vositalar” bilan taqdim etilishi borasida takliflar kiritilgan. Agarda, elektron hukumatdan samarali foydalangan holda bu kabi munosabatlarda ham axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini to`g`ri qo`llay olsak, jinoyat protsessi ishtirokchilariga elektron tarzda ularning pochtalariga yuborish yoki davlat organlarida AKTning joriy etilishi orqali fuqarolarga hujjatlar bilan tanishib chiqish uchun yetkazilishning yengil usullari joriy qilingan bo`lar edi.

Yuqorida biz keltirib o`tgan holatlar G2G hamda qisman G2C bo`lmish ijtimoiy munosabatlardagi kamchiliklar edi. Quyida bu kabi holatlar bo`yicha xorijiy tajribalarni o`rganish asosida takliflar keltirib o`tamiz.

Endi G2C (government to citizen) hamda G2B (government to biznes) holatlariga to`xtalib o`tadigan bo`lsak.

Elektron hukumat fuqarolar va davlat o‘rtasidagi aloqani kuniga 24 soat, haftasiga 7 kun mobaynida geografik joylashuv va yil faslidan qat’iy nazar ta’minlab berishi kerak. Mamalakatimizda yaqin bir-ikki yil ichida fuqarolarning o`z huquqlarini erkin amalga oshirishlari hamda, buzilgan huquqlarini tiklash borasida bir necha chora tadbirlar amalga oshirildi. Xususan, “ishonch telefonlari”, hududlarda, jamoat joylarida tez yordam chaqirish vositalari (sariq rangli tez yordam chaqirish tugmasi mavjud uskuna), yagona interaktiv davlat xizmat portallari (YaIDXP my.gov.uz) shular jumlasidandir. Fuqarolarning davlat organlari bilan aloqalarini bevosita taminlashning bundanda boshqa interaktiv usullarini qo`llash bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Zero, mamlakatimizda internet vositasining ko`plab aholi punktlarida o`rnatila boshlanganligi aholining ham siyosiy jarayonlarda bevosita o`z internet vositalari orqali ishtirok eta olishlarini taqazo etadi. Jumladan, fuqaro nafaqat o`z uyida balki, boshqa joylarda ham internet vositalari orqali davlat organlariga ushbu organlar joylashgan hududlarga bormasdan ham murojaat etishlari, shu o`rinda huquqiy yordam olishlari mumkin. Elektron hukumat borasida xalqaro tajribalarni o`rganib chiqadigan bo`lsak, United Nations Division for Public Economics & Public Administration hamda, American Society for Public Administration (BMTning Davlat iqtisodiyot va davlat boshqaruvi taqsimoti va Davlat boshqaruvi uchun Amerika jamiyati) bilan birgalikda elektron hukumatning rivojlanish bosqichlarini tavsiflab o`tishgan:

Xususan, birinchidan, davlatning web tizimda ishtirokini bevosita ta’minlash. Mamlakatda bir yoki bir necha rasmiy hukumat saytlarini (emerging web presence) xususan, foydalanuvchilar uchun statistik ma’lumotlarni beruvchi shuningdek, davlat va jamiyatni bog`lab turuvchi vosita sifatida joriy etilishi kerak. Ikkinchidan, davlatning bu tarmoqlardagi ishtirokini kuchaytirish(enhanced web presence): davlat web saxifalarining soni ko`payadi, taqdim etiladigan ma’lumotlar doimiy tusga ega bo`ladi, shu bilan birga foydalanuvchilar davlat web saxifalariga kirish yengilliklari yaratiladi. Uchinchidan, tizimda davatning interaktiv ishtiroki(interactive web presence), bunda davlat organlari hamda foydalanuvchilar bilan ma’lumot almashinishi amalga oshiriladi (shakllarni to`ldirish va onlayn tarzda arizalar yuborish). To`rtinchidan, davlatning tizimdagi ishtirokini shartnomaviy ko`rinishga keltirish(transactional web presence) foydalanuvchilarning ehtiyojlariga mos ma’lumotlarga ega bo`la olishlari, shartnomalarning onlayn tizimda amalga oshirilishi (soliqlar to`lash, ro`yxatga olish to`lovlari va bojxona bojlarini to`lash). Beshinchidan, tarmoqda davlat integratsiyasining to`liq mavjudligi (fully integrated web presence).


bugungi kunda mamlakatimizda elektron hukumatni rivojlantirish muhim vazifalardan biri xisoblanadi. Mamlakatimizda davlat organlari orasida elektron tizimning joriy etilishi hamda bu tizimning barcha fuqarolar uchun ochiqbo`lishi, shuningdek undan foydalanishning teng huquqlilik asosida amalga oshirilishi qaysidir ma’noda korrupsiyaning oldini olishi, hamda fuqarolarning siyosiy jarayonlarda bevosita ishtirok eta olishlari shuningdek, siyosiy jarayonlar borasida o`z fikrlarini elektron tarzda havola etish va o`z huquqlarini amalga oshirish yo`lida bevosita davlat organlari bilan ushbu tizimdan foydalangan holda muloqotga kira olish kabi qulayliklarning vujudga kelishiga olib kelishi tabiiydir. Shunigdek, jismoniy va yuridik shaxslarning elektron hukumat tizimi orqali savdolarni amalga oshirishi jumladan, shartnomalarni elektron tarzda tuza olish kabi qulayliklarning vujudga kelishi namoyon bo`lar edi. Bundan tashqari, davlat organlari orasida elektron tizimning joriy etilishi ular o`rtasidagi axborot almashinishi, shuningdek hujjatlarning tez va ishonchli tarzdan yetkaza olish kabi qulayliklarni vujudga keltirar edi. Bu esa o`z o`rnida fuqarolarning murojaatlaridagi yengilliklar hamda o`z ishlarining “tez yakunlay olish” kabi afzalliklarga olib keladi. Bundan tashqari, davlatlar o`rtasidagi munosabatlarda ham, aytaylik jinoyat, fuqarolik hamda oila munosabatlaridagi vujudga keluvchi davlatlar o`rtasidagi hujjatlar almashinishining alohida bir elektron tizimga keltirilishi va bu tizim asosida ularning axborot almashinishi yengillashtirilishiga olib kelishi tabiiydir.

1. Ortiqcha funksiyalarni, autsorsing tartibiga o’tkazilishi maqsadga muvofiq bo’lgan funksiyalarni, bir birini takrorlovchi funksiyalarni, takomillashtirishni talab etuvchi funksiyalarni, xamda yangidan joriy etilishi lozim bo’lgan, ya’ni yetishmayotgan funksiyalarni topish masalasi nazorat topshirig’i sifatida turishi lozim.

Xar qanday tashkilot xodimlarining amaga oshiradigan va mashg’ul bo’ladigan ishlarini 3 xildagi faoliyat turlariga ajratish mumkin:

- Loyihalar;

- Jarayonlar;

- Funksional faollik.

Tashkilotning funksiyalarining umumiy ro’yxati tarkibidagi xizmatlarni faoliyat turlariga qarab loyiha, jarayon va funksional faollik turlariga tasniflab chiqish lozim (6-jadval). Tashkilot uchun jarayonlar I darajali, loyihalar II darajali, funksional faollik toifasidagi xizmat vazifalari esa III darajali axamiyatga ega ekanligini ta’kidlash joiz. SHuning uchun ularga o’zlarining darajalariga mos ustuvorlik belgilanadi.Xodimlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, hamkorlikda ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish, elektron hukumat sohasida ilmiy-amaliy konferensiya va seminarlar o‘tkazish, iqtisodiyot va ijtimoiy sohaning turli tarmoqlarida axborot tizimlarini joriy etish, jumladan, “elektron ta’lim”, “elektron sog‘liqni saqlash”, “elektron soliq solish”, “elektron bojxona” va boshqalar ko‘zda tutilgan.

— Markazning xalqaro hamkorlik sohasidagi asosiy yo‘nalishlari, kelgusi rejalaringiz haqida ham so‘zlab bersangiz.

— “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi “Elektron hukumat” axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha jamlangan ilg‘or tajribalarni o‘rganish, eng yaxshilarini o‘zi mas’ul bo‘lgan faoliyatda qo‘llash maqsadida xorijiy hamkorlari bilan xalqaro aloqalarni faol va bevosita yo‘lga qo‘ymoqda hamda rivojlantirmoqda. Bugungi kunda elektron hukumatni rivojlantirish sohasida tajriba almashish yo‘li bilan hamkorlik, tadqiqotlar, davlat boshqaruvini modernizatsiyalash jarayonlari bilimlari hamda zamonaviy usullarini o‘rganishni ko‘zda tutuvchi Davlat boshqaruvi Koreya instituti (KIPA) va Axborot jamiyati masalalari bo‘yicha milliy agentlik (NIA) bilan o‘zaro hamjihatlik to‘g‘risidagi Memorandum imzolandi.

Mazkur hujjatlar joriy yil aprel oyida “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi delegatsiyasining Koreya Respublikasiga tashrifi davrida imzolangandi. Shuningdek, ushbu tashrif doirasida delegatsiya “O‘tish davri sharoitlarida davlat boshqaruvi islohotlari: yutuqlarning asosiy yo‘llari va metodlari” mavzusidagi nufuzli xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi. Shu bilan birga, davlat axborot-resurslari va tizimlarini shakllantirish uchun ma’lumotlarni qayta ishlash zamonaviy markazlarini yaratish bo‘yicha tajriba o‘rganish maqsadida Axborot va kompyuterlashtirishni qayta ishlash milliy agentligi (NCIA) bilan, shuningdek, jamoat transporti tizimida AKT’ni joriy etish masalalari bo‘yicha hamkorlik qilish imkoniyatlarining istiqbol yo‘nalishlari masalalarini muhokama etish Seuldagi Transport nazorat-axborot markazi (Seoul TOPIS)da uchrashuvlar o‘tkazildi.

Koreyalik hamkorlar bilan hamkorlikni rivojlantirish doirasida joriy yil mart oyida Axborot jamiyati masalalari bo‘yicha milliy agentlik (NIA) vakillari bilan videokonferensiya o‘tkazildi. NIA xodimlari tomonidan mamlakatda “Elektron hukumat” tizimini joriy etish bo‘yicha tayanch institut sifatida tashkiliy tuzilma va o‘z rivojlanish yo‘li tajribalari haqida taqdimot o‘tkazildi. Shu bilan bir vaqtda, markaz uchun axborot texnologiyalari industriyasini rivojlantirish bo‘yicha milliy agentlik (NIPA) hamda Koreya Axborot jamiyatini rivojlantirish instituti (KISDI) kabi Koreya Respublikasi yetakchi tashkilotlari tomonidan maslahatli hamkorlikka jalb etish bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) bilan hamkorlik doirasida “O‘zbekiston aholisi orasida kompyuter savodxonligi darajasini oshirish tizimini yaratish va rivojlantirish” Konsepsiyasi loyihasi tayyorlandi va Qo‘mita AKT’ni strategik rivojlantirish bo‘limiga topshirildi. Konsepsiyada aholining kompyuter savodxonligini yaxlit va umumiy hajmda oshirish hamda interaktiv davlat xizmatlariga ulanishda teng sharoitlar bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan. Konsepsiya loyihasi O‘zbekiston Respublikasi tegishli vazirlik va idoralariga muvofiqlashtirish uchun tayyorlanmoqda.



Bundan tashqari, BMT rivojlanish dasturi hamkorlik mexanizmi, jumladan, “davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash uchun Elektron hukumatni ilgari surish” loyihasi yo‘lga qo‘yilmoqda. Loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Devonida muvofiqlashtirish bosqichida. “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazi Jahon Banki bilan hamkorlik texnik dasturi doirasida salohiyatli yo‘nalishlarni amalga oshirish, jumladan, e-Hukumat sohasida salohiyatni yaratish; e-Hukumat uchun maqbul sharoitlarni yaratish, jumladan, muvofiq siyosat va qonunlarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, keng polosali aloqani kengaytirish uchun salohiyatlarni yaratish bo‘yicha o‘z takliflari va aniq tadbirlarni taqdim etdi. Bundan tashqari, Markaz faoliyatiga axborot texnologiyalari sohasida faoliyat yurituvchi mamlakatimiz va umuman, hukumat faoliyatiga hamda elektron hukumat tizimi rivojiga chuqur hurmat bilan yondashuvchi ko‘plab SAP, Andmevara AS, Oracle, Microsoft, ESET kabi xorijiy kompaniyalar qiziqmoqda.

Albatta, markaz oldida aholi manfaatlarini ko‘zda tutgan, vaqt va mablag‘ni tejash imkonini beruvchi kechiktirib bo‘lmaydigan muhim vazifalar ko‘p. Davlat organlari, biznes vakillari hamda aholi o‘rtasidagi aloqani mustahkamlashda o‘z vazifalarini muvaffaqiyat bilan amalga oshirish hamda taqdim etiladigan imkoniyatlarda mazkur “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur vazifalar markazning belgilab qo‘yilgan kelgusidagi istiqbol rejalari asosida amalga oshiriladi.
Download 24.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling