1. Elementar hodisalar fazosi. Hodisalar ustida amallar. Ehtimolning taʼriflari


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana23.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1049662
1   2   3
Bog'liq
01 PR

15. Qutida m ta oq va n ta qora sharlar bor. Qutidan tavakkaliga bitta shar 
olinadi. Olingan sharning oq bo`lishi ehtimolini toping. 
16. Bitta o`yin kubi tashlangan. Unda 
a) juft ochko tushishi; 
b) 5 ochkodan kam bo`lmagan ochko tushishi hodisalarining ehtimollarini 
toping. 
17. Ikkita tanga tashlangan. Agar 
tangalar bir hil tomoni bilan tushishi 
hodisasi, 
tangalar turli tomonlari bilan tushishi hodisasi bo`lsa, qaysi hodisaning 
ehtimoli kattaroq? 
18. 10 nafar talaba ichida faqat ikki talaba bir guruhda o`qiydi. 10 nafar 
talabani yumaloq stol atrofiga tavakkaliga o`tkazilganda bir guruhda o`qiydigan ikki 
talabaning yonma-yon o`tirib qolish ehtimoli qanday? 
19. 52 ta kartali dastadan tavakkaliga uchtasi olinadi. Ularning “3”, “7” va 
“tuz” bo`lishi ehtimoli qanday? 
20. Kotiba 5 ta xatni oldindan tayyorlab qo`yilgan 5 ta manzili ko`rsatilgan 
konvertlarga tasodifiy ravishda joylashtirdi. Hech bo`lmaganda bitta xatning kerakli 
manzilga to`g`ri yetib borish ehtimolini toping. 
21. Telefon raqami 7 ta raqamdan iborat. Telefon raqamlarining:
a) turli hil bo`lishi;
b) 3 ga karrali bo`lishi ehtimollarini toping. 
22. Qutida faqat ranglari bilan farqlanuvchi 22 ta shar bor: 9 ta ko`k, 5 ta sariq 
va 8 ta oq. Qaysi hodisaning ehtimoli kattaroq: qutidan sariq sharning chiqishimi 
yoki o`yin kubi tashlanganda 5 ochko tushishimi? 
23. 10 ta biletdan ikkitasi yutuqli. Tavakkaliga olingan 5 ta bilet orasida bittasi 
yutuqli bo`lish ehtimolini toping. 
24. b, o, k, i, t harflarining har biri 5 ta kartochkalardan biriga yozilgan. 
Kartochkalarni tasodifan bir qatorga terganda “kitob” so`zining hosil bo`lish 
ehtimolini toping.
A

B



25. O`qishni bilmaydigan bola alifbening kesilgan “A”, “A”, “A”, “N”, “N”, 
“S” harflarini ixtiyoriy ravishda terib chiqdi. Bunda “ANANAS” so`zining hosil 
bo`lish ehtimoli qanday? 
26. Alohida kartochkalarga 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 raqamlari yozilgan. 
Kartochkalar yahshilab aralashtirilgach, tavakkaliga to`rttasi olinadi va ketma-ket 
qator qilib teriladi. Hosil bo`lgan sonlar 1, 2, 3, 4 dan iborat bo`lishi ehtimolini 
toping. 

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling