1. Elementar hodisalar fazosi. Hodisalar ustida amallar. Ehtimolning taʼriflari


Download 0.65 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana23.12.2022
Hajmi0.65 Mb.
#1049662
1   2   3
Bog'liq
01 PR

27. Yashikda 3 ta oq va 7 ta qora shar bor. Yashikdan tavakkaliga 2 ta shar 
olinadi. Olingan ikkala sharning ham qora bo`lish ehtimolini toping. 
28. Ulug`bek, Karim va yana 10 kishi kutubxonada kitob olish uchun 
navbatga turdi. Ulug`bek bilan Karim o`rtasida navbatda turganlar soni roppa-rosa 
beshta bo`lish ehtimolini toping. 
29. R radiusli doiraga nuqta tashlanadi. Bu nuqta doiraga ichki chizilgan 
kvadrat ichiga tushish ehtimolini toping. 
30. R radiusli doiraga nuqta tavakkaliga tashlangan. Tashlangan nuqtaning 
doiraga ichki chizilgan muntazam uchburchak ichiga tushishi ehtimolini toping. 
31. Kvadratga doira ichki chizilgan. Kvadratga tavakkaliga tashlangan 
nuqtaning doira ichiga tushishi ehtimolini toping. 
32. Parabola kvadratning pastki asosiga urinadi va uning yuqori uchlari orqali 
o`tadi. Kvadratga tavakkaliga tashlangan nuqtaning kvadratning yuqori tomoni va 
parabola bilan chegaralangan sohaga tushishi ehtimolini toping. 
33. R radiusli doiraga muntazam oltiburchak ichki chizilgan. Doira ichiga 
tavakkaliga tashlangan nuqtaning oltiburchak ichiga tushishi ehtimolini toping. 
34. Uzunligi 12 sm bo`lgan AB kesmaga tavakkaliga C nuqta qo`yiladi. AC 
kesmaga qurilgan kvadrat yuzi 36 sm

va 81 sm
2
lar orasida bo`lishi ehtimolini 
toping. 
35. Portning tayin bir joyiga ikki paroxod kelib to`xtashi kerak. Har ikkala 
paroxod bir-biriga bog`lik bo`lmagan holda sutkaning ixtiyoriy vaqtida teng 
imkoniyat bilan bir marotaba portga kiradi. Agar birinchi paroxodning to`xtash vaqti 
bir soat, ikkinchi paroxodning to`xtash vaqti ikki soat bo`lsa, u holda paroxodlarning 
biri-biriga joy bo`shatish vaqtida uchrashib qolishlari ehtimolini toping.

Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling