1. Elementar hodisalar fazosi. Hodisalar ustida amallar. Ehtimolning taʼriflari
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
01 PR
15. Qutida m ta oq va n ta qora sharlar bor. Qutidan tavakkaliga bitta shar
olinadi. Olingan sharning oq bo`lishi ehtimolini toping. 16. Bitta o`yin kubi tashlangan. Unda a) juft ochko tushishi; b) 5 ochkodan kam bo`lmagan ochko tushishi hodisalarining ehtimollarini toping. 17. Ikkita tanga tashlangan. Agar tangalar bir hil tomoni bilan tushishi hodisasi, tangalar turli tomonlari bilan tushishi hodisasi bo`lsa, qaysi hodisaning ehtimoli kattaroq? 18. 10 nafar talaba ichida faqat ikki talaba bir guruhda o`qiydi. 10 nafar talabani yumaloq stol atrofiga tavakkaliga o`tkazilganda bir guruhda o`qiydigan ikki talabaning yonma-yon o`tirib qolish ehtimoli qanday? 19. 52 ta kartali dastadan tavakkaliga uchtasi olinadi. Ularning “3”, “7” va “tuz” bo`lishi ehtimoli qanday? 20. Kotiba 5 ta xatni oldindan tayyorlab qo`yilgan 5 ta manzili ko`rsatilgan konvertlarga tasodifiy ravishda joylashtirdi. Hech bo`lmaganda bitta xatning kerakli manzilga to`g`ri yetib borish ehtimolini toping. 21. Telefon raqami 7 ta raqamdan iborat. Telefon raqamlarining: a) turli hil bo`lishi; b) 3 ga karrali bo`lishi ehtimollarini toping. 22. Qutida faqat ranglari bilan farqlanuvchi 22 ta shar bor: 9 ta ko`k, 5 ta sariq va 8 ta oq. Qaysi hodisaning ehtimoli kattaroq: qutidan sariq sharning chiqishimi yoki o`yin kubi tashlanganda 5 ochko tushishimi? 23. 10 ta biletdan ikkitasi yutuqli. Tavakkaliga olingan 5 ta bilet orasida bittasi yutuqli bo`lish ehtimolini toping. 24. b, o, k, i, t harflarining har biri 5 ta kartochkalardan biriga yozilgan. Kartochkalarni tasodifan bir qatorga terganda “kitob” so`zining hosil bo`lish ehtimolini toping. A B 25. O`qishni bilmaydigan bola alifbening kesilgan “A”, “A”, “A”, “N”, “N”, “S” harflarini ixtiyoriy ravishda terib chiqdi. Bunda “ANANAS” so`zining hosil bo`lish ehtimoli qanday? 26. Alohida kartochkalarga 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9 raqamlari yozilgan. Kartochkalar yahshilab aralashtirilgach, tavakkaliga to`rttasi olinadi va ketma-ket qator qilib teriladi. Hosil bo`lgan sonlar 1, 2, 3, 4 dan iborat bo`lishi ehtimolini toping. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling