1. Elementar hodisalar fazosi. Hodisalar ustida amallar. Ehtimolning taʼriflari
Download 0.65 Mb. Pdf ko'rish
|
01 PR
27. Yashikda 3 ta oq va 7 ta qora shar bor. Yashikdan tavakkaliga 2 ta shar
olinadi. Olingan ikkala sharning ham qora bo`lish ehtimolini toping. 28. Ulug`bek, Karim va yana 10 kishi kutubxonada kitob olish uchun navbatga turdi. Ulug`bek bilan Karim o`rtasida navbatda turganlar soni roppa-rosa beshta bo`lish ehtimolini toping. 29. R radiusli doiraga nuqta tashlanadi. Bu nuqta doiraga ichki chizilgan kvadrat ichiga tushish ehtimolini toping. 30. R radiusli doiraga nuqta tavakkaliga tashlangan. Tashlangan nuqtaning doiraga ichki chizilgan muntazam uchburchak ichiga tushishi ehtimolini toping. 31. Kvadratga doira ichki chizilgan. Kvadratga tavakkaliga tashlangan nuqtaning doira ichiga tushishi ehtimolini toping. 32. Parabola kvadratning pastki asosiga urinadi va uning yuqori uchlari orqali o`tadi. Kvadratga tavakkaliga tashlangan nuqtaning kvadratning yuqori tomoni va parabola bilan chegaralangan sohaga tushishi ehtimolini toping. 33. R radiusli doiraga muntazam oltiburchak ichki chizilgan. Doira ichiga tavakkaliga tashlangan nuqtaning oltiburchak ichiga tushishi ehtimolini toping. 34. Uzunligi 12 sm bo`lgan AB kesmaga tavakkaliga C nuqta qo`yiladi. AC kesmaga qurilgan kvadrat yuzi 36 sm 2 va 81 sm 2 lar orasida bo`lishi ehtimolini toping. 35. Portning tayin bir joyiga ikki paroxod kelib to`xtashi kerak. Har ikkala paroxod bir-biriga bog`lik bo`lmagan holda sutkaning ixtiyoriy vaqtida teng imkoniyat bilan bir marotaba portga kiradi. Agar birinchi paroxodning to`xtash vaqti bir soat, ikkinchi paroxodning to`xtash vaqti ikki soat bo`lsa, u holda paroxodlarning biri-biriga joy bo`shatish vaqtida uchrashib qolishlari ehtimolini toping. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling